Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua


Masofadan turib ishlash. “



Download 6 Mb.
bet78/249
Sana03.05.2023
Hajmi6 Mb.
#934650
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   249
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENT

Masofadan turib ishlash. “Ivi Gelb SCAN Health Plan” kompaniyasida menejer boʻlib ishlayotganligida, oʻz ishiga borib kelish uchun ertalab va kechqurun jami 1, soat vaqt sarflar edi. Hozirda esa, u oʻz garajini ofisga aylantirib oldi va endi masofadan turib ishlamoqda. U kompaniya ofisiga borishiga toʻgʻri kelgan kunlarda, u oʻz joyini oʻziga boʻysunuvchi, oʻzgaruvchan vaqt asosida ishlovchi 3 ta xodimi bilan boʻlishadi. Texnologiya bugungi kunda masofadan turib ishlashga imkon bermoqda va tashqi ta’sirlar tufayli koʻpgina tashkilotlar bunga majbur boʻlmoqdalar. Masofadan turib ishlash – bu ishchining oʻz uyidan turib, ish joyiga kompyuter orqali bogʻlanib ishlashidir. Garchi barcha ishlarni bu shaklda tashkil qilishning iloji boʻlmasada, koʻpgina ishlarni bu tarzda tashkil qilish mumkindir.
Masofadan turib ishlash koʻpchilik ishchilar uchun oʻziga xos sovgʻa boʻlishi mumkin, ammo bunday ish hammaga ham taklif qilinavermaydi. Hozirda esa, koʻpchilik kompaniyalar uchun masofadan turib ishlash biznes uchun ehtiyojdir. Masalan, SCAN Health Plan kompaniyasida,kompaniyaning bosh hisobchisi aytishiga qaraganda, qoʻshimcha ishchilarni masofadan turib ishlash asosida ishga olish koʻshimcha oʻzgarmas xarajatlar (qoʻshimcha ofis xonalari, jihozlar) paydo boʻlishining oldini oldi. Qoʻshimchasiga, bu qimmat yoqilgʻi xarajatlaridan qochish va koʻproq erkinlik xohlovchi iqtidorli ishchilarni jalb qilish imkonini berdi.
Buning ochiqchasiga qoʻllanilishiga qaramasdan, koʻpchilik menejerlar ishchilarning noutbuklarga bogʻlanib qolishlariga qarshidirlar.Ularning ta’kidlashicha, ishchilar koʻproq vaqtini internetni titkilash yoki onlayn oʻyinlar oʻynash bilan oʻtkazib yuboradilar. Natijada esa, ular oʻz mijozlari va ish joylaridan uzoqlashib boradilar. Buning ustiga, menejerlarning oʻzida bunday ishchilarni nazorat qilish uchun aniq javob yoʻqdir.Qanday qilib ishchi bilan yuzma-yuz uchrashmasdan turib uning ishonchini qozonish mumkin? Agar ish rejalari oʻz vaqtida bajarilmasa nima boʻladi? Qanday qilib ularga ishni yaxshilash uchun maslahatlar bera olasiz? Yana bir muammo esa kompaniyaning sirlari ishchilar uydan turib ishlayotganda ham sirligicha.
Ishchilarni oʻylantiradigan asosiy jihat esa, ishdan chetda qolib ketishdir. Oʻz ishchilarini dunyoning turli burchaklarida joylashtirgan Accenture kompaniyasi kadrlar boʻlimi boshligʻining ta’kidlashicha, bunday sharoitda jamoaviy ruhni ushlab turish juda qiyindir. Shunga qaramasdan, kompaniya ishchilarning mazkur kompaniyaga tegishli ekanligi hissini saqlab qolish uchun turli xil dasturlar ishlab chiqmoqda. Bundan tashqari, endilikda masofadan turib ishlovchi ishchilar uchun uy va ish oʻrtasidagi masofa noaniqdek koʻrinishi va bu ularni asabiylashtirishi mumkin. Menejerlar masofadan turib ishlovchi ish oʻrinlarini taklif qilayotganida aynan mana shu narsalarni inobatga olishlari kerak.
Xoʻsh, agar tashkilot oʻz ishchilarini masofadan turib ishlashga undamoqchi boʻlsa, buning uchun qanday choralar qabul qilishi kerak? Eng avvalo, ular ishchilarni masofadan turib ishlashga koʻndirishlari kerak. Masalan, SCAN Health Plan kompaniyasi ishchilarning uylarida yuqori tezlikda ishlovchi internet va bepul ofis mebellarini taklif qilishdi. Boshqa ishchilarga esa ularning yoqilgʻi va tushlikdan pul tejab qolishlari mumkinligi eslatib oʻtildi. Yana ba’zi kompaniyalar ularning yoʻl uchun yoqilgʻi sarflamasligi ekologiya uchun foydali ekanligiga urgʻu bermoqdalar. Ishchilarni boshqarish esa ularni oʻz ish joylariga bogʻlangan ekanligini tushuntrish bilan bogʻliqdir.

Raqamlarda:
- 8 foiz kompaniyalarning 40 foizdan ortiqroq ishchisi o’z vazifalarini virtual tarmoq orqali bajarishadi.
- 44 foiz ishchining aytishicha, uydan turib ishlashning asosiy salbiy jihati yuzma-yuz ko’risha olmaslikdir.
- 40 foiz mijozlarning fikricha, mijozlar va etkazib beruvchilar bilan hamkorlik qilish yangi mahsulotlarni bozorga olib chiqishda juda muhim faktordir.
- 20 foiz amerikaliklarda “nostandart” ish bor (haftasiga 3 soatdan kamroq ish, mustaqil yollanma ishchilar, kunlik ishchilar, va h.z.).
- 12 foiz ishchilarning aytishicha, masofadan turib ishlash ular uchun juda muhimdir.
- 81 foiz ish beruvchilar o’zgaruvchan ish sharoitlarining qandaydir turini taklif qiladi.
- 70 foiz AQSh ishchilari hech bo’lmaganda kunning yarmida qandaydir sayohat uyushtirishadi (ish joyiga).
Intensiv ish haftasi, oʻzgaruvchan vaqt va ishni boʻlishish. Buyuk Britaniyadagi soʻnggi iqtisodiy inqiroz vaqtida KPMG auditorlik kompaniyasi oʻz xarajatlarini qisqartirishiga toʻgʻri keldi. Buning uchun esa kompaniya oʻzgaruvchan ish vaqtlarini joriy qilishni taklif etdi. Kompaniyaning Flexible Futures dasturi ishchilarga quyidagi variantlardan birini tanlashni taklif qildi: 20 foiz kamroq ish haqi bilan haftasiga 4 kun ishlash, 2 haftadan 12 haftagicha ish haqining 30 foizini olish bilan mehnat ta’tiliga chiqish; bu variantlarning har ikkisi; yoki oʻzlarining doimiy ish tartiblarini saqlab qolish. Britaniyaning 8 dan koʻproq ishchilari haftadagi ish kunlarini qisqartirishga rozidirlar. “Koʻplab ishchilar oʻzgaruvchan ish vaqtlarini tanlaganligi tufayli, KPMG kompaniyasi ish haqi uchun harajatlarni 10 gacha qisqartirishga muvaffaq boʻldi”. Natijalarning eng yaxshisi shu boʻldiki, KPMG ishchilarni ishdan boʻshatishiga toʻgʻri kelmadi.KPMG kompaniyasi oʻzining audit, soliq va konsultativ xizmatlar koʻrsatuvchi firmasi orqali oʻzgaruvchan ish vaqtlarini butun dunyoga tarqatdi. Kompaniyaning Britaniyadagi ishchilari qisqartirilgan ish haftasi, ishni boʻlishish, uydan turib ishlash sharoitini ma’qul koʻrishadi. Olib borilgan tadqiqotlarga koʻra, hozirda oʻzgaruvchan ish vaqtlarini taklif qilish juda muhimdir, chunki bunda ishchilar oʻzlarining ishi va shaxsiy hayotini bir muvozanatga keltirib oladilar. Ishchilar oʻz erkini taqdim qilgan holda, kompaniya eng yaxshi mutaxassislarni saralab olish imkoniyatiga ega boʻldi.
Mazkur misolda koʻrsatilganidek, ba’zi hollarda tashkilotlarda ishchilarning ish vaqtlarini oʻzgartirish ehtiyoji tugʻulib qoladi. Bunday yondashuvning bir echimi intensiv ish haftasidir, bunda ishchilar kuniga koʻproq soat, ammo haftasiga kamroq kun ishlashadi. Buning uchun eng yaxshi misol 4 kun 10 soatdan ishlashdir.Energiya uchun xarajatlarni tejash maqsadida esa juma kunlari ofislar yopib qoʻyiladi.Bir yil mobaynida ishlangan4 kunlik ish haftasidan keyin, xisob kitoblarga qaraganda, energiya uchun xarajatlar 13 foizga qisqargan, ishchilar esa yoqilgʻi narxlaridan 6 million dollar tejab qolishgan. Yana boshqa bir yoʻl esa oʻzgaruvchan ish vaqtini joriy qilishdir. Bunda ishchilar haftasiga belgilangan ish vaqtini ishlashlari kerak boʻladi, ammo ular oʻz vaqtlarini oʻzlari belgilashlari mumkin boʻladi.Odatda, bunday sharoitlarda ishchilardan ma’lum bir vaqt mobaynida barcha ishchilarning toʻplanishi ham belgilanadi, ammo ishni boshlash, tugatish va tushlik vaqtlarini ishchilarning oʻzlari belgilaydilar. Family and Work Institute ning olib borgan tadqiqotlariga qaraganda, 81 foiz kompaniyalar oʻzlarining ishchilariga oʻzgarib turuvchi ish haftasini taklif qilmoqchilar.Watson Wyatt tomonidan olib borilgan izlanishlarga qaraganda, oʻrta va yirik kompaniyalar uchun oʻzgaruvchan ish vaqtlari eng asosiy taklifdir.
Buyuk Britaniyada, Makdonalds kompaniyasi oʻz restoranlarida xodimlarning yoʻq boʻlib qolmasligini ta’minlash uchun noodatiy eksperimentni sinab koʻrmoqda. Family Contract deb ataluvchi bu tizimda, bir oilaga kiruvchi ishchilar bir-birlarining ish oʻrinlarini menejerlardan soʻrab oʻtirmasdan almashtirishlari mumkin. Ish vaqtini bunday oʻzgartirish ish boʻlishish deb ataladi. Bunda 2 yoki undan koʻproq ishchilar bir toʻliq ishni oʻzaro boʻlib oladilar. Garchi bunday mexanizm odatda yuqori kvalifikatsiya talab qilmaydigan ishlar uchun xos boʻlsa-da, boshqa tashkilotlar bu mexanizmni ishlamoqchi boʻlgan, ammo toʻliq stavkada ishlashni xohlamaydigan insonlarga taklif qilishi mumkin. Masalan, Ernts&Young kompaniyasi ishchilari turli xil ish vaqtlaridan oʻzlari uchun eng ma’qulini tanlab olishlari mumkin. Bundan tashqari, koʻpchilik kompaniyalar iqtisodiy inqiroz vaqtlarida ishchilarni oʻz ish oʻrinlarida olib qolish maqsadida, ish boʻlishish mexanizmini taklif qilganlar.24

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish