Ko’pchilik tashkilotlarda ishchilar o’zlarining ish va tajribalarini ishdan tashqari joylarda o’tkaziladigan ichki va tashqi trening, sink-tank sessiyalari, utilizatsiya
Maxsus qoʻmita. Tashqilotlar foydalanishi mumkin boʻlgan yana bir boshqaruv turi bu maxsus qoʻmitadir, bunda ishchilar bir necha boʻlimlarga ta’sir qilayotgan qisqa muddatli muammoni yechish uchun vaqtinchalik qoʻmitalarga birlashadilar.Bunday jamoalarning vaqtinchalik tuzilishi ularni turli funktsiyali jamoalardan farqlantirib turuvchi asosiy xususiyatidir. Bunday jamoadagi ishchilar nafaqat jamoa oldiga qoʻyilgan vazifani, balki oʻzlarining kundalik vazifasini ham bajarish imkoniyatiga ega boʻladilar. Shunga qaramasdan, bunday ishchilar maxsus qoʻmita ichida oʻzlariga aloqasi boʻlmagan vazifalarni bajarishlariga toʻgʻri keladi. Vazifalar bajarilganidan soʻng esa, maxsus qoʻmitaning keragi boʻlmay qoladi va ishchilar oʻzlarining kundalik vazifalarini bajarish uchun tarqalishadi. Davlat idoralaridan tortib universitetlargacha, koʻpchilik tashkilotlar maxsus qoʻmitalardan foydalanishadi. Masalan, San-Frantsisko shahrida joylashgan Eichstaedt&Devereaux buxgalteriya firmasida ishchilarning maxsus qoʻmitasi rekruting, mentoring va trening dasturlarini ishlab chiqishga yordam berdi.PepsiCo kompaniyasining shoʻ’basi Frito-Lay kompaniyasidagi resurs guruhi ishchilarini oʻz ichiga olgan maxsus qoʻmita kartoshka va tortilya chipslarini ishlab chiqarishga xissa qoʻshishdi.
Amaliyot jamoasi. 2008-yil boshlarida, Afgʻoniston va Iroq armiyasida hizmat qilayotgan amerika askarlari roketaga bogʻlangan granatalardan foydalanishda qiyinchiliklarga duch kelishayotgan edi.Bundan xavotirga tushgan komandir esa AQSh armiyasining onlayn forumiga savol qoldirdi. Bir necha kundan soʻng, bunday granatadan foydalanishda oʻsha qiyinchiliklarni boshdan kechirgan bir askar uni qanday qilib toʻgʻri ishlatish mumkinligini yozib qoldirdi. Muammo echildi! Ichki hamkorlikning bunday turlari amaliyot jamoalari deb ataladi. Bunda qaysidir sohada tajribasi va koʻnikmalari boʻlgan mutaxassislar guruhi aynan mana shu sohada qiyinchiliklarga duch kelayotgan ishchilar bilan oʻzlarining fikrlarini boʻlishadilar.Masalan, Xerox kompaniyasidagi tadqiqotchi texniklar oʻzlarining tajribalarini boʻlishish va mashinalarni tuzatishdagi muammolarni yechishda yordam berish uchun oʻzlarining boshdan kechirganlarini yozib oʻtishadi. Pfizer farmatsevtik firmasida, amaliyot jamoalari kompaniyaning formal strukturasiga qiritilgan. Ishchilar tarmogʻi deb nomlangan bunday jamoalar boshqalarga xavfsizlik kabi nozik masalalarda oʻzlarining tajribasi bilan boʻlishib boradilar. Pfizer kompaniyasining bunday tajribasi hozirda yanada ommalashmoqda. Ammo bunday amaliyot jamoalari qanchalik samarali? Oʻtkazilgan tadqiqotlarning birida shu narsa aniqlandiki, bunday amaliyot jamoalari ishchilarning samaradorligi bilim va tajriba almashish orqali yanada kuchayar ekan. A-jadvalda mana shunday jamoalarning samarali ishlashi uchun ba’zi maslahatlar keltirib oʻtilgan.22
Do'stlaringiz bilan baham: |