Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua


Hamjihatlikda ishlashning ijobiy va salbiy tomonlari



Download 6 Mb.
bet75/249
Sana03.05.2023
Hajmi6 Mb.
#934650
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   249
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENT

Hamjihatlikda ishlashning ijobiy va salbiy tomonlari

Ijobiy tomonlar

Salbiy tomonlar

  • kommunikatsiya va koordinatsiyaning kuchayishi;

  • innovatsiyaning oʻsishi;

  • kompleks muammolarni yechish uchun imkoniyatning ortishi;

  • ma’lumotlar va eng yaxshi amaliy ishlar bilan boʻlishish.

  • Shaxslar oʻrtasida nizoning yuzaga kelishi ehtimoli;

  • turli xil qarashlar va maqsadlar oʻrtasidagi raqobat;

  • koordinatsiya logistikasi

Manba: R.Vagner va G.Myullerning “Hamkorlikning choʻqqisi” nomli maqolasiga asoslangan, Gallup Management Journal Online [http://gmj.gallup.com], 18-fevral, 2010-yil; M.T.Xansen, “Ichki hamkorlikning kompaniya uchun salbiy tomonlari”, Harvard Business Review, 2009-yil aprel, 83-88-sahifalar; G.Axudja, “Hamkorlik tarmoqlari, strukturav va innovatsiya: uzoq muddatli izlanish”, Academy of Management Proceedings Online, 1998; va M.Pincher, “Hamkorlik: Birlikdagi yangi kuch”, Computer Weekly, 27-noyabr, 2007, 18-sahifa.
Turli funktsiyali jamoalar. Tashkilotlar bunday boshqaruv metodini tanlashining asosiy sababi ular buni an’anaviy boshqaruv boʻlimlari yoki muntazam ishlovchi guruhlarga qaraganda, yangiliklarga tezroq moslashuvchan deb hisoblashadi. Bunday jamoalarning asosiy xususiyati ular tezlik bilan yigʻilishi, e’tiborini yangi loyihaga qaratishi va yana tarqalishi ham mumkin. 10-bobda, biz turli funktsiyali jamoalarni boʻlimlarga boʻlishning turli shakllari sifatida muhokama qilgan edik. Shuni yodda tutingki, jamoalar turli mutaxassisliklarga ega boʻlgan shaxslardan iborat boʻladi. Turli funktsiyali guruhlar shakllanganda esa jamoa a’zolari ularning funktsional sohalariga ta’sir qiluvchi umumiy muammolarni echish uchun birikishadi. Nazariy jihatdan, ularning funktsiyalarini ajratib turuvchi sun’iy toʻsiqlar gʻoyib boʻladi va jamoa tashkilotning maqsadiga erishish uchun birga ishlashadi. Masalan, dunyoning eng yirik poʻlat ishlab chiqarish kompaniyasi – ArcelorMittal kompaniyasida, turli funktsiyali tadqiqotchilar, menejerlar va sotuvchilarning jamoasi mahsulot innovatsiyasini tahlil qilishadi. Turli funktsiyali jamoalar kontseptsiyasi sogʻliqni saqlash sohalarida ham qoʻllanilmoqda. Masalan, Merilend shtatining Betesda shahridagi gospitalda doktor, farmatsist, ijtimoiy ishchi, oziqlantiruvchi, bosh hamshira, terapevt va ruhoniydan iborat intensiv parvarish jamoasi ham kuni bemorning holatini muhokama qilishadi. Gospital bu orqali xatoliklarni kamaytiradi, bemorlarning gospitalda qolish vaqtini qisqartiradi va bemorlarning oilasi va gospital hodimlari oʻrtasidagi aloqani kuchaytiradi. Biz bunday jamoalarni 13-bobda yanada chuqurroq muhokama qilamiz.
Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi dunyoda uch oʻlchamli LED televizorlarini ishlab chiqargan eng birinchi kompaniya boʻldilar. Samsung kompaniyasining muvaffaqiyatlarida innovatsiya juda ham muhim oʻrin egallagani uchun, kompaniya oʻz ichida ishchilar oʻrtasida ichki hamkorlikni, oʻz mijozlari bilan esa tashqi hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga chaqiradi. Dunyoning 42 davlatida joylashgan tadqiqotchilik markazlari yangi texnologiyalar ustida hamkorlik qilishadi. Oʻzining ichida esa kompaniya mahsulotlarni tezroq ishlab chiqish uchun kesishuvchan funktsional jamoalardan foydalanadi.


Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish