Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua



Download 6 Mb.
bet77/249
Sana03.05.2023
Hajmi6 Mb.
#934650
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   249
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENT

2020-yildagi dunyo.
Oʻzgaruvchan tashkilotlar.
2020-yilga borib, nisbatan kamroq aholi toʻliq vaqtli ishga ega boʻladi. Tashkilotlar asosan qisman ishlovchi ishchilarga va ma’lum vazifani bajaruvchi yollanma ishchilarga tayanishni boshlashadi, bu esa tashkilotga yana oʻzgaruvchan boʻlishga imkoniyat yaratadi. Ishchining nuqtai nazaridan tahlil qilsak, bu ishchi uchun ish beruvchiga bogʻliq boʻlib qolishdan xalos qilib, koʻproq mustaqil faoliyat olib borishga imkon beradi.
Kelajak ishchilari toʻliq band boʻlgan ishchilar emas, balki chetdan turib ishlovchi konsultantlar boʻlishadi. Bunday ishlar bir necha hafta yoki bir necha yil davom etishi ham mumkin, ammo asosiy ehtimol shuki – ishchilar va ish beruvchilarning nuqtasidan qarasak – ularning oʻrtasidagi munosabat doimiy boʻlmaydi. Shunday ekan, siz yangi loyihalarda bir qancha hamkor guruhlar bilan birga ishlayotgan boʻlasiz.
Qoʻshimcha ravishda aytish mumkinki, yirik kompaniya ofislari va markazlashgan korporatsiyalar ham kamayadi.Ishga boʻlgan talab kompaniyani katta miqdordagi ishchilarni bir joyda saqlashga ehtiyoj qoldirmaydi. “Markaziy” shaharlar – Nyu-York, Toronto va Londondagi qator yirik ofislar boʻshab qolishi ham mumkin. Natijada esa, ishlash imkoniyati geografik jihatdan teng taqsimlanadi va qator hollarda ishchilarning qaerda ekanligiga umuman bogʻliq boʻlmay qoladi. Katta miqdordagi ishchilar oʻz uylarida turib ishlashadi. Koʻplab tashkilotlar esa ishchilar uchrashishi yoki ishlashi mumkin boʻlgan hududiy satellit markazlar qurishadi. Bugday markazlar katta hajmdagi ofislarga nisbatan kamharjroqdir va ishchilarning uzoq yoʻl bosib oʻtishiga ehtiyoj qoldirmaydi.23
Tashkilotlar tomonidan foydalaniladigan oʻzgaruvchan ish sharoitlari.
Hech bir tashkilot yoʻqki, u oʻzining biron bir ish uslubi yoki ish hsaroitlariga ega boʻlmasa. Har qanday tashkilot hajmi yoki moliyaviy qudratidan qat’iy nazar foydalanadigan ish koʻlami hamda sharoitlarini yaratadi va ulardan foydalanadi.
Tashkilotlarning ish uslubi va shroitlaridan kelib chiqgan holda u yerda faoliyat olib borayotgan ishchi xodimlarning ham ish sharoitlari mavjud boʻlib, ular ham vaqti vaqti bilan ob’yektiv va sub’yektiv omillar ta’sirida oʻzgarib turadi.
Konsultant Keyer Patelning ish shakli mustasnolikdan normal holatga aylanmoqda. Soʻnggi konsultatsiya vaqtida uning stolida uchta soat turgan edi: birinchisida Manila vaqti (bu erda uning dasturchilari joylashgan), ikkinchisida Bangalor vaqti (bu erda boshqa dasturlovchi jamoa ishlar edi), uchinchisida San-Frantsisko vaqti ifodalangan edi, bu erda esa haftasiga toʻrt kun yirik IT riteyleriga savdolarni oshirish uchun yordam beradi. Uning telefonida esa Atlantaning vaqti koʻrsatilgan. Bu erda uning uyi joylashgan va har payshanba u oʻz uyiga qarab yoʻl oladi.
Mana bunday yangi mutaxassisliklar uchun, hayot ofis va uy, ish va dam olish vaqtining qorishmasidir. Texnologiyaning rivojlanishi tufayli, bugungi kunda ish istalgan joydan turib, istalgan vaqtda bajarilishi mumkin.Tashkilotlar oʻzlarining strukturaviy dizaynini yangi realliklarga moslashtirayotganligi uchun, hozirda koʻpgina kompaniyalar oʻzgaruvchan ish vaqtlarini taklif qilmoqdalar.Bunday kelishuvlar nafaqat texnologiyadan koʻproq foydalanish imkonini, balki tashkilot tomonidan ishchilardan kerakli vaqtda, kerakli joyda foydalanish imkonini beradi. Bu boʻlimda biz masofadan turib ishlash, intensiv ishlash, oʻzgaruvchan vaqtda ishlash va ishni boʻlishish kabi turlarni koʻrib chiqamiz. Biz koʻrib chiqqan boshqa strukturaviy shakllar kabi, menejerlar bunday ishlash turlarini ham kommunikatsiya, boshliqlar bilan munosabat, natijaga erishish nuqtai nazaridan tahlil qilib chiqishlari zarur.

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish