Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua


-jadval. Mehnat resurslari xilma xilligining rivojlanish bosqichlari33



Download 6 Mb.
bet110/249
Sana03.05.2023
Hajmi6 Mb.
#934650
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   249
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENT

1-jadval. Mehnat resurslari xilma xilligining rivojlanish bosqichlari33

Bu menejerlar va tashkilotlarning xodimlarni umumiy sifati darajasi, shuningdek, ularni ajratib turuvchi tafovutlar mavjudligi tariqasida qabul qilishi lozim ekanligi toʻgʻrisidagi ishonchimizni mustahkamlaydi. Bu xilma-xillikning muximligi kamroq ekanligini anglatmaydi, ammo bizning menejer sifatidagi diqqatimiz ishchi kuchi bilan mustahkam munosabatlarni rivojlantirish yoʻllarini topishga va barcha ishchi kuchlarimiz bilan shugʻullanishga qaratilgan boʻlishi lozim. Biz bildirgan tavsifimiz haqidagi yakuniy fikr sifatida bir narsaga diqqatni qaratmoqchimiz: mexnat zaxiralari xilma-xilligi bu demografik xususiyatlar boʻlib, ularda biz yosh, irq, jins, etnik mansublik va boshqalarning xilma-xilligi haqida oʻylaganlarimizdir. Biz, odatda, mana shular haqida oʻylashga moyillik bildiramiz.


Bu aysbergning tepasigina xolos. Bu demografik farqlar xilma-xillikning yuzaki sathini aks ettiradi, ular farqni oson idrok etadi, muayyan stepeotiplarning yuzaga kelishiga sabab boʻlishi mumkin, ammo bu odamlarning qanday oʻylashi yoki his etishini ifodalashi majburiy emas. Yuzaki sathdagi bunday farqlar odamlar boshqalarni qanday qabul qilishiga, ayniqsa, gap farazlar yoki stereotip tasavvurlar haqida borsa, ta’sir koʻrsatishi mumkin. Ammo adamlarning bir-birini qanday qabul qilishi va bilishi orasidagi farqlar unchalik ham muximlik kasb etmaydi.34


7.2. Boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil qilish.
Mehnat jamoasini boshqarishda boshqaruv mehnatining uchta turini ajratish mumkin: evristik, ma’muriy va operatorli.
Evristik mehnat- bu hammadan avval rahbarlar va mutaxasislarning mehnatidir. U ijodiy aqliy faoliyatining tabiati, ularning psixofiziologik mohiyatini toʻliq darajada aks ettiradi.
Oʻzining mazmuniga koʻra evristik mehnat operatsiyalarning ikkita turidan tashkil topadi: tahliliy va konstruktiv.
Tahliliy operatsiyalar qarorlar qabul qilish uchun zaruriy axborotlarni qabul qilish va idrok etishdan iboratdir. Bunday operatsiyalarga, ularni bajarishning shakllari va usullariga koʻra, koʻyidagilar kiradilar: har xil hujjatlar va adabiy manbalarni koʻrib chiqish va oʻrganish; ogʻzaki suhbatlar, soʻrovlar va bevosita kuzatishlarning oʻtkazish, tahlil natijalarini tegishli hujjatlarda (ma’lumotnomalar, ma’ruzalar, tahliliy obzorlarda) bayon etish, mavjud holatning tashxisini qoʻyish yoki aniqlash.
Konstruktiv operatsiyalar har xil turdagi qarorlarni tayyorlash va qabul qilish bilan bogʻliqdir. Bu operatsiyalar qarorlarning mazmuni, xarakteri va murakkabligi, hamda ularning yakka tartibda va jamoaviy qidirishning tegishli usullariga muvofiq ajratadilar.
Ma’muriy mehnat - bu aqliy mehnatning oʻziga xos turi boʻlib, uning vazifaviy belgilanishi odamlar harakati va hulqini ularning mehnat faoliyatlari jarayonida bevosita boshqarishdan iborat boʻladi.
Ma’muriy mehnat jarayoni quyidagi tashkiliy–ma’muriy operatsiya- larni bajarishda vujudga keladi: xizmatli kommunikatsion (ogʻzaki axborotni telefonda soʻzlashishlar yoʻli bilan uzatish va qabul qilish, ish joylarini aylanib chiqish, xodimlar va keluvchilarni qabul qilish, korxona doirasida harakatlanishlar); yoʻriqnomaviy (qarorlarni ijrochilarga ogʻzaki farmoyishlar, yozma boʻyruqlar, koʻrsatmalar berish yoʻli bilan etkazish; ijrochilarga vazifalarni belgilash yoki ular tomonidan tuzilgan ishning shaxsiy rejalarni tasdiqlash, vazifalar va topshiriqlarni bajarish jarayonidan ogʻzaki yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatish, yozma yoʻl-yoʻriqlarni tuzish va tasdiqlash); muvofiqlashtiruvchi (boʻlinmalar va xizmatlar ishini kengashlar va majlislar oʻtkazish yoʻli bilan oʻzaro bogʻlash; ishni bajarilishi reja-jadvalini ijrochilar va muddatlarni koʻrstatish bilan tuzish); nazoratli- baholovchi (buyruqlar, kengashlar qarorlari, rejalar, vazifalar, topshiriqlarni bajarilishini nazorat qilish, boʻlinmalar va ijrochilarni ishini baholash, ragʻbatlantirish va jazolash).
Operator mehnati - bu asosan texnik ijrochilarning ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini axborotli ta’minlash uchun zarur boʻlgan stereotipli (bir xildagi), takrorlanuvchi operatsiyalarni bajarish boʻyicha mehnatidar.
Ta’qidlash kerakki, ma’muriy-boshqaruv xodimlari mehnatining mazmuni oʻzgarmasdan qolmaydi. Ta’qiqotlarning koʻrsatishiga, hisob, axborot va hujjatli operatsiyalar ularda hozircha ish vaqtining 70% gachasini egallaydi. Ammo rahbarlar va mutaxassislar tomonidan texnik vositalarni qoʻllanishi, bir xildagi, kam mazmunli operatsiyalarni mashi- nalarga topshirilishi, mehnatning yangi usullari va vositalarini yaratilishi, boshqaruvni tashkil qilishni takomillashuvi natijasida ularning mehnatining mazmuni ancha oʻzgaradi, ularning ishida ijodiy operatsiyalarning salmogʻi oshadi.
Boshqaruv mehnati va uni ratsional tashkil qilish-tashkilotning biznes jarayonlarini samaraliroq amalga oshirilishining muhim omillaridir, shuning uchun boshqaruv mehnatini takomillashtirish masalalari alohidagi dorzarblikni kasb etadilar.
Ilmiy ostida boshqaruv xodimlari mehnatining shunday tashkil qilishni tushunish kerakki, u fan yutuqlari va ilgʻor tajriba, xoʻjalik yuritishning ilgʻor shakllaridan foydalanish, texnik vositalarni qoʻllashga asoslanadi. U xizmatchilarni bir birlari va ishchilar bilan, hamda ishlab chiqarish(tijorat)ni boshqarish va muxandislik-texnik va iqtisodiy ta’minlash vazifalarini amalga oshirish jarayonida foydalaniladigan texnik vositalar bilan oʻzaro hamkorligini yaxshiroq tarzda oʻrnatish va muntazam ravishda takomillashtirishga imkon beradi. Mehnatni ilmiy tashkil qilishning maqsadi mehnat unumdorligini ishlovchilarning sogʻliklarini saqlab qolgan holda oshirishdan iboratdir.
Bizning mamlakatimizda avvaldan boshqaruv jarayonlarini ratsionallashtirish va takomillashtirish faoliyatini belgilash uchun “mehnatni ilmiy tashkil qilish” (MITQ) atamasidan foydalanilgan boʻlib, u ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlariga nisbatan tubdan farqsiz boʻlgan. Taxminan 60 yillarda “boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil qilish” (BMITQ) atamasi ajralib chiqqan. Bunga korxonalarga boshqaruv mehnatini oldindan tashkil qilishni talab qiluvchi hisoblash texnikasining qudratli vositalarini tadbiq etilishi yordam bergan.
Boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil qilish oʻz ichiga quyidagi yoʻnalishlarni oladi:

  • xodimlar mehnatini taqsimlanishi va ularni ham korxona koʻlamlarida, va ham har bir boʻlinmalar doirasida kooperatsiyalashuvi;

  • xodimlarni tanlash va joy joylariga qoʻyish va lavozimli vazifalarga muvofiq ularning malakalari darajasini ta’minlash;

  • boshqaruv xodimlarining ularni boshqarish boʻyicha ishlab chiqarish jamoasi tarkibidagi va uni muxandisi–texnik ta’minlash boʻyicha faoliyatini tashkil qilish;

  • ish joylarini tashkil qilish va jihozlash;

  • ishning ilgʻor usullaridan foydalanish;

  • mehnatning qulay sharoitlarini yaratish;

  • mehnatni me’yorlashtirish;

  • boshqaruvning texnik vositalari, axborot texnologiyalari, shaxsiy kompyuterlardan foydalanish;

  • mehnatni ragʻbatlantirish.

Keyinchalik (70 yillarning boshlarida) bizning mamlakatimizda BMITQ rivojlanish tendentsiyalarini aks ettiruvchi “tashkiliy loyihalashtirish” tushunchasi paydo boʻlgan. Tashkiliy loyihalashtirish bu boshqaruv mehnatini boshqaruv apparati ishining samaradorligini oshirish maqsadida MITQ talablari va zamonaviy tashkiliy va hisoblash texnikasi bazasida ratsionallashtirish loyihalarini ishlab chiqish va tadbiq etish jarayonidir. Tashkiliy loyihalashtirishni quyidagi asosiy yoʻnalishlari boʻyicha amalga oshirish taklif qilingan:

  • boshqaruv apparatining tashkiliy va vazifaviy tuzilishini ratsionallashtirish;

  • ishlarning asosiy va eng ommaviy turlarini bajarish texnologiyasi, mehnat sharoitlari va xodimlarning ish vaqtidan foydalanishni ratsionallashtirish;

  • boshqaruvning ushbu apparati faoliyatini hujjatlashtirish va hujjatlar bilan ta’minlashni ratsionallashtirish;

  • boshqaruv apparatini tashkiliy va hisoblash texnikasi bilan jihozlanganligini oshirish va xodimlar mehnatini avtomatlashtirish.

Xorijda yana boshqaruv mehnatini takomillashtirish(ratsional- lashtirish) jarayonini ta’riflovchi bir qator atamalar qoʻllaniladi. Masalan, AKShda “Tizimlar va usullar”, ”Tizimli loyihalashtirish”, “Biznes jarayonlarning reinjiniringi”, Buyuk Britaniyada “Ishni tadqiqot qilish” va “Tashkil qilish va usullar” atamalaridan foydalaniladi.
Boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish zaruriyati bizning mamlakamizda xorijga nisbatan yaqinda, ya’ni XX asr 0 yillarning oxiri va 60 yillarning boshida vujudga kelgan. Xorijiy mualliflar “ma’muriy boshqaruvdagi inqilobni” boshqaruv apparati va unga xarajatlarni oʻsishi, ma’muriy(idora) ishining hajmlarini oʻsishi, korxonalarda boshqaruv vazifalarining yangi turlari (reklama faoliyati, ijtimoiy sugʻurta, jamoatchilik bilan aloqalar va x.k.) paydo boʻlishi, axborotlar va hujjatlar aylanishi hajmlarini keskin oʻsishi va buning natijasida boshqaruv mehnatini aniq tashkil qilish, boshqaruv jarayonlarini ratsionallashtirish, ya’ni boshqaruv faoliyatini takomillashtirish boʻyicha majmuaviy harakatlar zarurligi bilan bogʻlaydilar.
Rahbar, mutaxassis ishini ratsional tashkil qilish barcha bajari- layotgan ishlarni hisobga olish, oʻz ish vaqti ustidan mantazam ravishda nazorat qilish, ish vaqti xarajatlari tuzilishini oʻrganishni taqozo qiladi. Bu ish vaqtidan foydalanishni tahlil qilish, shaxsiy ish va boshqaruv xodimlari mehnatini ilmiy tashkil qilish boʻyicha tadbirlarning asoslangan rejalarini tuzishga imkon beradi. Rahbarlar va mutaxassislar mehnatining mazmuni va ish vaqti xarajatlarining tuzilishini oʻrganish uchun qoʻyidagi usullardan foydalanish mumkin:

  • anketali va ogʻzaki soʻrovlar, u xodimning uning mehnati qanchalik ratsional tashkil qilinganligi haqidagi fikrini oʻrganish maqsadida oʻtkaziladi: xodimning nuqtai nazaridan uning vazifasi aniq belgilab berilganmi, unga oʻz vazifasiga kirmagan ishlarni bajarishga toʻgʻri kelganmi (qanday va qancha vaqtda), uning ishi rejalashtiriladimi va rejadan tashqari ishlarning salmogʻi qanday, ish vaqtini yoʻqotilishlari bormi (ularning miqdori, sabablari), ishda mexanizatsiya va tashkiliy texnikaning vositalari qoʻllaniladimi (ulardan foydalanish), xodimni uning ish joyini tashkil qilinishi va mehnat sharoitlari qanoatlan- tiradimi va , nihoyat, xodimda mehnatni tashkil qilishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar bormi;

  • ish vaqtining suratini olish, u kuzatishlarining rejalashtiril-gan davri davomida uning xarajatlarining tuzimini belgilash uchun qoʻllaniladi. Bunda ish vaqti sarflanishini oʻrganish vaqtning barcha istisnosiz sarflanishini ularning haqiqiy izchilligi tartibda kuzatish va oʻlchash yoʻli bilan oʻtkaziladi. Ish vaqtini suratga olish maxsus ajratilgan shaxs tomonidan oʻtkaziladi,u yoppasiga (ya’ni , butun ish kuni davomida) yoki tanlovli boʻlishi mumkin. Keyingi holda ish vaqtini alohida vazifalar (ish turlari) boʻyicha, shu jumladan takrorlanuvchilarn, hamda ishning alohida davralari (davrlari) boʻyicha oʻrganiladi;

  • ish vaqtini oʻzini oʻzi suratga olishda ish vaqtini sarflanishini hisobga olish bevosita MITQ xizmatlari rahbarligi ostida ishlovchilar tomonidan amalga oshiriladi. U oʻzini oʻzi suratga olishning maxsus varaqchalari yordamida olib boriladi, unda barcha bajariladigan ishlar yoki soatning ma’lum qismini tashkil qiluvchi qayd etilgan oraliqlardagi tanaffuslar roʻyxatga olinadi;




Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish