Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua


Tayanch soʻzlar: boshqaruv mehnati



Download 6 Mb.
bet106/249
Sana03.05.2023
Hajmi6 Mb.
#934650
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   249
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENT

Tayanch soʻzlar: boshqaruv mehnati, mehnat faoliyatini tashkiliy ta’minlash tamoyillari, mehnat xususiyatlari, mehnat turlarining guruh belgilari boʻyicha tasnifi, boshqaruv mehnatini tashkil qilishda 101 xilma xillik, boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil qilish, Evristik mehnat, Ma’muriy mehnat, Operator mehnati, oʻzini oʻzi boshqarishi doirasi, axborot bilan ishlash, taym menejmenti, Ish joylarini almashtirish.


7.1. Boshqaruv mehnati: ta’rifi, xususiyatlari, turlari.
Ijtimoiy hayot maroqli, ayni paytda murakkabdir. Inson jamiyatda yashar ekan oʻziga xos va mos turmush tarzini yaratadi. U hayot kechirish uchun oziq-ovqat topishi, uy-joy qurishga, kiyim-bosh tikib olishi va atrof muhitning noqulay ta’sirlaridan himoyalanishi kerak, buning uchun oʻziga zarur boʻltan barcha narsalarni tabiatdan qidiradi va topgan materiallaridan foydalanadi. Ayni bir paytda tabiatdan topgan materiallar ham insonga yashash uchun ancha qulay shart-sharoitlar yaratish imkonini beradi. Inson tabiatdan topgan mazkur materiallarni oʻz foydasi yoʻlida oʻzgartiradi. Bunday jarayon davomida inson tomonidai jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun zarur boʻladigan moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish sohasidagi “mehnat” deb ataladigan maqsadga muvofiq faoliyat amalga oshiriladi.
Binobarin, mehnat mavjud tabiiy, moddiy, aqliy zaxiralarni shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlar uchun kerakgti mahsulotga aytantirishda faqat insongagina xos faoliyatdir.
Mehnat tushunchasi fiziologik nuqtai nazardan aytilganda bu — organizmda yigʻilib qolgan hayot energiyasi tufayli sodir boʻladigan asab va mushaklar harakati hamda oqsil moddalarning mexanik ishga kirishuv jarayonidir.
Ayni vaqtda mehnat - bu murakkab ijtimoiy-psixologik jarayon boʻlib, u kishilarning yashashi uchun shart boʻlgan abadiy tabiiy zaruriyatdir. Mehnat inson bilan tabiat oʻrtasida sodir boʻladigan shunday jarayonki, unda inson oʻzining faoliyati bilan oʻzi va tabiat oʻrtasidagi moddalar almashinuvini bevosita ifodalaydi, tartibga soladi va nazorat qiladi.
Mehnat - bu insonning maqsadga muvofiq ijtimoiy foydali faoliyatidir. Dastlab inson oʻz harakatlarining maqsadini aniqlaydi. Maqsadning mavjud boʻlishi ongli mavjudot boʻlgan insonning mehnatini, masalan, ot yoki mashina bajaradigan ish tushunchasidan ajratib turadi. Maqsadga ega boʻlgan inson tabiat in’omi — bugʻdoy yoki javdar, yogʻoch yoki loy, paxta tolasi, jun yoki teridan foydalanib, yangi mahsulot yaratadi, ya’ni oʻz organizmining jismoniy va aqliy quvvatidan foydalanib, mehnat harakatlarini ongli ravishda va izchillik bilan bajaradi.
Inson oʻz mehnatining maqsadi, usuli va natijasini aniqlash davomida, qanday mahsulotlar qancha miqdorda va qachon ishlab chiqarilishi kerak, bu mahsulotlarni qandan resurslardan, qay tarzda, qanday texnologiya yordamida ishlab chiqarish kerak, bu mahsulotlar kim uchun ishlab chiqarilishi kerak degan uchta muhim masalani hal qiladi. Binobarin, birinchi masalada mehnat ongli faoliyat, ikkinchisida — ishchi kuchini takror ishlab chiqarish, uchinchidan — ijtimoiy foydali faoliyat sifatida namoyon boʻladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy turmushda mehnat tushunchasi bilan bir qatorda ish tushunchasidan ham keng foydalaniladi.
Ish deganda tabiat va inson tomonidan birlashgan xarakterlarining ob’ektiv natijasi tushuniladi. Mexanik tarzda bu natija ma’lum bir qarshilikni engish uchun sarflanayotgan energiya miqdori bilan oʻlchanadi.
Mehnat va ishning miqdori sarflangan vaqt — energiya bilan oʻlchansada, ularni bir-biri bilan toʻgʻridan toʻgʻri tenglashtirish mumkin emas.
Mehnat insonning aqliy-fiznologik faoliyati boʻlib, unga toʻgʻri keladigan ish bu jarayonning ob’ektiv natijasi hisoblanadn. Biror mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat va ish miqdorini bir xil oʻlchovda, ya’ni kilogrammometrda aniqlanganda ishning miqdori mehnat sarfining bir qisminigina, yoki aniqroq qilib ayotganda 20 — 30 % ini, ayrim hollarda esa undan ham ancha kam miqdorini tashkil etishi mumkin. Bajarilgan ishning miqdorini, jamiyat a’zolari tomonidan mehnatning sarflangan miqdoriga tenglashtirish yoki bir xil oʻlchovda oʻlchash ham notoʻgʻri boʻladi. Faoliyag jarayonida mexanik harakatlar qilinib katta hajmdagi ish mikdori bajarilishi mumkin, lekin bu faoliyat inson mehnatining mahsuli boʻlganligi uchun mehnatga nisbatan tor va chegaralangan faoliyatdir. Mehnat va ish tushunchasi bir-biri bilan solishtirilganda, ish mehnatning mahsuli degan xulosaga kelamiz. Shu bois uning son va sifat koʻrsatkichlarini tahlil qilish mumkin.
Hatto mehnat va ish soʻzlari ingliz tilida ham oʻz mazmuni bilan har xil ma’noni bildiradi. Masalan, ish soʻzi (inglizcha “work”) kishining intilishi va harakati ma’nosini emas, balki muayyan natija sifatida tushuniladi. Mehnat deyilganda esa (inglizcha “Job”) konkret natijadan qatiy nazar insonning xarakati, intilishi va energiya sarflashi kabi faoliyatlari tushuniladi.
Inson kuch-quvvatining sarflanish darajasi faoliyat turiga va ishlatiladigan mehnat vositalariga bogʻliq boʻladi. Shunday qilib, agar mehnat jarayonini tasvirlaydigan boʻlsak, u uchta asosiy tarkibiy qismni oʻz ichiga oladi:

  • xomashyo materiali (mehnat predmetlari);

  • mehnat vositalari;

  • jonli mehnat sarflari.

Ana shu uchta tarkibiy qismning oʻzaro ta’sir koʻrsatish natijasi mehnat mahsuloti - tabiatning yangi mahsuloti boʻlib, u inson ehtiyojlariga moslashgan boʻladi. Bular: yigʻib-terib olingan paxta hosili, parvarish qilingan chorva mollari, barpo etilgan uy yoki koʻprik, tikilgan kiyim yoki poyafzallardan tashkil topishi mumkin. Mehnat predmetlari (xomashyo va materiallar) va mehnat vositalari (ishlab chiqarish vositalari) jonli mehnat jarayoniga qoʻshilmasa, ular oʻz-oʻzidan faoliyat koʻrsatavermaydi. Jonli mehnat sarfi oʻz navbatida faqat kishilarning tabiatga munosabatidan iborat boʻlibgina qolmay, balki amalga oshirilayotgan jarayon qatnashchilari oʻrtasidagi munosabatdan ham iboratdir. Binobarin, mehnat faoliyati jonli mehnatning moddiy shart-sharoitlarini hosil qiluvchi ishlab chiqarish vositalarisiz mavjud boʻlishi mumkin emas. Shuning uchun ham mehnat jarayoni uning uchta asosiy jihatini mexanik ravishda birlashtirishdan iborat boʻlmay, balki ularning uzviy birligidan iboratdir, uning hal qiluvchi omillari esa insonning oʻzi va uning mehnat faoliyatidir.



Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish