Maqsadli boshqaruv usuli bu usul oʻzining bir qator afzalliklariga ega. Yaxshi tashkil etilgan maqsadlar boʻyicha boshqaruv usuli:
Korxona boshqaruv tizimini takomillashtirishga ¸rdam koʻsatadi;
Xar bir xodim va umum korxonaning yuksak natijalarga erishishga imkon tugʻdiradi;
Xar bir xodim rejasini barcha boʻgʻinlar rejalari, shuningdek, korxonaning strategik rejasi bilan uzviy bogʻliqligini ta’minlaydi;
Raxbarlardan aniq va bajarilishi mumkin boʻlgan maqsadlarni qabul qilishni talab qiladi;
Aniq miqdoriy koʻrsatkichlar ¸rdamida erishilgan natijaga ob’ektiv baxo berish imkoniyatini beradi;
Xodimlar boʻyicha majburiyat va vakolatlarni taqsimlash yoʻli bilan ulardan toʻgʻri va samarali foydalanishga ¸rdam beradi;
Erishilgan natijalarga qarab xodimlarning xizmat pogʻonalariga koʻtarilishini borgan sari koʻpaytiradi;
Istiqbolli boʻlajak raxbarlar safini aniqlashga imkon tugʻdiradi;
Raxbarlar bilan itoat etuvchilar, raxbarlar bilan raxbarlar oʻrtasida munosabatlarning uygʻunligini ta’minlashga va bu jara¸nning yaxshilanib borishiga oʻz xissasini koʻshadi;
Itoat etuvchilarning maqsadlarini belgilab beruvchi raxbarlarni oqilona qaror qabul qilishga undaydi, ularning javobgarligini oshiradi, intizomga chorlaydi;
Xodim va raxbarlarni moddiy va ma’naviy ragʻbatlantirish maqsadida ularning faoliyatini maqsadga muvofiq ravishda xarakatga keltiruvchi (motivlashtiruvchi) dalillar, sabablar, vajlar majmuini koʻpaytirishga xizmat qiladi va xokazo.
4.3.Boshqaruv vazifalari.
Dastlab “funksiya” va “vazifa” iboralarining lugʻaviy ma’nosi toʻgʻrisida ikki ogʻiz soʻz.
“Funksiya” - bu lotincha soʻz boʻlib biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat doirasi, vazifasi degan ma’nolarni bildiradi.18
“Vazifa” - bu amalga oshirilishi, xal qilinishi lozim boʻlgan masala, erishilishi lozim boʻlgan, koʻzda tutilgan maqsad. Yoki biror bir topshiriq, xizmat, yumush, xizmat lavozimi, mansab, amal.19
“Funksiya” tushunchasi “vazifa” tushunchasiga nisbatan tor ma’noga ega. Zero, funksiya faqat oʻz faoliyat doirasidagi vazifalarni oʻz ichiga oladi. Masalan, marketologning ishini bajarish korxona muxandisining funksiyasiga kirmaydi, chunki u shu bevosita marketolog faoliyati doirasidagi yumushdir. “Vazifa” esa oʻz faoliyat doirasidan tashqarida xam boʻlishi mumkin. Boshqarish funksiyasi deganda u yoki bu ob’ektni boshqarishga oid aniq vazifalarni xal etishga qaratilgan bir turdagi ishlar majmuasi tushuniladi.
Demak, boshqaruv muayyan funksiyalar orqali amalga oshiriladi. Funksiyalarni aniqlash, ularning mohiyatini ochish va oʻrganish boshqaruv jarayonini toʻgʻri tashkil qilishning muxim shartidir.
Boshqarish funksiyalari - koʻp qirrali tushunchadir. Shu sababli ularni muxim belgilar boʻyicha turkumlarga ajratib oʻrganish zaruriyati tugʻiladi.
Boshqaruv funksiyalarining mohiyati, klassifikatsiyasi va mazmunini oʻrganish boshqaruvning butun jarayonini tartibga solib turish uchun oʻta muximdir, chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funksiyalarida namoyon boʻladi.
Gʻarb menejmentining bugungi zamonaviy nazariyasi boshqarish funksiyalarini turkumlashda eng avvalo uning quyidagi asosiy (umumiy) funksiyalariga ustuvorlik berishadi:
rejalashtirish;
tashkil qilish;
tartibga solish va muvofiqlashtirish;
nazorat;
ragʻbatlantirish (motivlashtirish).
Bu funksiyalar boshqaruvning barcha boʻgʻinlarida va xamma bosqichlarida quyidagi izchillikda amalga oshiriladi.
Demak, boshqarish dastlab rejalashtirishdan boshlanib, faoliyatni tashkil qilish, uni tartibga tushirish, muvofiqlashtirish bilan davom ettirilib, nazorat bilan tugaydi. Bu erda ragʻbatlantirish barcha funksiyalar jarayonida oʻz aksini topadi.
Bu funksiyalar boshqaruvning xamma bosqichlariga xos boʻlgan umumiy xususiyatlarga ega boʻlib, boshqaruv apparatining barcha raxbarlari va mutaxassislari faoliyatida mavjud boʻladi. Ularni, shuningdek, boshqaruvning xamma tomonlarini qamragan funksiyalar deyish mumkin, chunki ular boshqaruv tizimini xam boʻyiga (vertikal tomondan), xam eniga (gorizontal tomondan) qamrab oladi.
Boshqarish funksiyasini turkumlashning ikkinchi yondoshuvida boshqarish ishini aniq ijrochilar boʻyicha taqsimlashga ustuvorlik beriladi. Bunda bir butun aniq funksiyalar tizimi ajratiladi. Masalan, zamonaviy gʻarb firmalarida ishlab chiqarishga oid 20-22 tadan kam boʻlmagan funksiyalar ajratiladi. Bular quyidagilardir:
asosiy ishlab chiqarishni boshqarish;
qoʻshimcha ishlab chiqarishni boshqarish;
ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi ishlab chiqarishni boshqarish;
marketingni boshqarish;
moliyaviy boshqarish;
sifatni boshqarish;
mexnatni boshqarish;
xodimlarni boshqarish;
innovatsiyani boshqarish va xokazo.
Bunday xolda ishlab chiqarishni boshqarish faoliyatining ayrim turlari va soxalari aloxida ajralib turadi.
Boshqarishning yuqoridagi sanab oʻtilgan asosiy funksiyalari ularning ishlab chiqarishni boshqarish jarayonidagi oʻrni oʻta muxim va zarur boʻlganligi tufayli yanada batafsilroq koʻrib chiqamiz.
Boshqarish faoliyatining turlariga koʻra, funksiyalar quyidagicha boʻladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |