3 pogʻonadagi maqsadlar – maqsadli boshqaruvning oʻzagi xisoblanadi. Bu erga maqsadni amalga oshirish boʻyicha amaliy tadbirlar ishlab chiqiladi, rejalar tuziladi. Bu pogʻonadagi menejerlarning vazifasi – xar bir xodim oldidagi maqsadni aniqlash va ularni amalga oshirish boʻyicha aniq usul va vositalarni ishlab chiqishdan iborat.
Bu pogʻonadagi maqsadlarni aniqlash ancha murakkab jara¸ndir. Chunki bu boʻgʻinda tashkiliy xarakterga ega bulgan qator muammolarni echishga toʻgʻri keladi. Masalan, maqsadni kim oʻrnatishi lozim?
extimol, oʻzining xodimlari uchun tegishli maqsadni raxbarning oʻzi belgilashi oʻrinlidir?
extimol, xar bir xodim oʻz maqsadini oʻzi belgilagani ma’quldir?
extimol, maqsadni boshliq bilan itoat etuvchining xamkorligida belgilash toʻgʻridir?
extimol, qoʻshimcha ravishda chetdan mutaxassisni taklif qilish maqsadga muvofiqdir?
Birinchi xolda, ya’ni raxbar itoat etuvchining maqsadini belgilashni toʻla-toʻkis oʻz zimmasiga olsa bu degan soʻz boshqarish: “Men ma’qul topdimmi, men talab qildimmi - shuni bajar. Vassalom” qabilida amalga oshiriladi. Tabiiy, bunday ¸ndashuv korxonada ixtiloflarning kelib chiqishiga sabab boʻladi, chunki itoat etuvchining xoxishi, fikri bu erda inobatga olinmaydi. Bunday ¸ndashuv notoʻgʻridir. ¥amma gap shundaki, xech qanday raxbar oʻz xodimining saloxiyatini, qobiliyatini, iste’dodini toʻla-toʻkis bila olmaydi.
Ikkinchi xolda, aksincha. Bunda itoat etuvchining oʻziga oʻz maqsadini aniqlashga toʻla-toʻkis erkinlik beriladi. Birok bu erda xavfli vaziyatlar vujudga kelishchi mumkin. Masalan, xodim korxonaning umumiy maqsadini toʻla tushunmay unga zid maqsadlarni oʻzining oldiga vazifa kilib qoʻyishi mumkin. Bu narsa xodimning bilim saviyasiga, oʻzining imkoniyatlarini toʻla anglay olmasligi natijasida xam sodir boʻlishi mumkin.
Uchinchi xol maqsadni aniqlashda eng maqbul usul xisoblanadi. Chunki bu usulda maqsadni belgilashda xar ikkala tomonning manfaati bilan korxona maqsadining mushtarakligi ta’minlanadi. Bu ishda qoʻshimcha ravishda chetdan mutaxassisni taklif etish xam foydadan xoli boʻlmaydi.
4 pogʻonada korxonaning erishgan natijasiga, ya’ni maqsadning qay darajada bajarilganligiga – baxo beriladi. Bu missiyani korxonaning yuqori pogʻonadagi raxbarlari bajaradi.
Nixoyat, maqsadli ¸ndashuv usulining soʻnggi pogʻonasida oldindan qabul qilingan rejalarga ayrim tuzatishlar kiritish masalasi turadi. Bunday tuzatishlarga, odatda, xisobga olinmagan omillar natijasida ayrim murakkab maqsadlarning amalga oshmaganligi sabab boʻlishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |