Pul-kredit siyosati yuritishning tashqi sharoitlari
Pul-kredit siyosati yuritishning tashqi sharoitlari asosiy savdo hamkor davlatlardagi iqtisodiy o‘sish sur’atlari, inflyasiya ko‘rsatkichlari va valyutalar kurslari, savdo sharoitlari va tarif siyosatlarini, shuningdek, jahon iqtisodiyotining rivojlanishi hamda etakchi markaziy banklarning pul-kredit siyosati yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi.
Mamlakatimiz tomonidan eksport qilinadigan asosiy xomashyo tovarlari (oltin, gaz, paxta) narxlarining pasayishi, o‘z navbatida, mamlakatimiz valyuta tushumiga, davlat byudjeti daromadlariga, so‘mning almashuv kursi dinamikasiga va devalьvatsion kutilmalarga salbiy ta’sir ko‘rsatib, tashqi savdo balansining manfiy qoldig‘ini yuzaga keltiradi.
Savdo balansining manfiy qoldig‘i tashqi qarzlar jalb qilinishining ortishi hamda xalqaro pul o‘tkazmalari orqali kelib tushadigan mablag‘lar evaziga qoplanadi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston suveren reytingi baholanishi mamlakat bilan bog‘liq xatarlarni muqobillashtirish orqali iqtisodiyotning investitsion jozibadorligini oshirishga va mamlakatga kirib kelayotgan o‘rta va uzoq muddatli investitsiyalar hamda kredit kanallari kengayishiga xizmat qiladi.
Bu, o‘z navbatida, mamlakatga xorijiy kapital oqimlarining ko‘payishi va ularning narxi pasayishi natijasida iqtisodiyotdagi yalpi talabga bo‘lgan inflyasion bosim kuchayishiga hamda tashqi qarz ortib borishiga olib kelishi mumkin. Biroq ushbu resurslarning maqsadli va samarali o‘zlashtirilishi kelgusida iqtisodiy o‘sishni jadallashtirishga yordam beradi.
O‘z navbatida, mazkur holatning ichki valyuta bozoridagi talab va taklif darajasiga hamda milliy valyuta almashuv kursiga ta’sirini baholash qiyin bo‘ladi. CHunki xalqaro moliya muassasalaridan jalb qilinayotgan kreditlar, investitsiyalar va tashqi qarzlar bo‘yicha valyuta oqimlari va ularning ichki valyuta bozorida ishlatilish muddatlari hamda ichki valyuta bozorida xorijiy valyutaga bo‘lgan talabning shakllanishi davrlaridagi nomutanosibliklar almashuv kursining turli yo‘nalishda tebranishlariga olib kelishi mumkin.
2019 yilda tashqi iqtisodiy shart-sharoitlar joriy yildagidek milliy iqtisodiyot uchun noqulay darajada saqlanib qolishi kutilmoqda. YUqori noaniqlikka ega bo‘lgan tashqi sharoitlarda Markaziy bank iqtisodiy vaziyatning rivojlanish variantlarida o‘rta muddatli istiqbolda tashqi sharoitlarga nisbatan neytral yoki konservativ yo‘nalishni qo‘llaydi.
Xalqaro valyuta fondining joriy yil oktyabrь oyida e’lon qilgan eng so‘nggi prognozlariga ko‘ra, 2019 yilda jahon iqtisodiyotining o‘sish sur’ati 2018 yil darajasida (3,7 foiz) saqlanib qolishi, shu jumladan, O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari hisoblangan davlatlar qatoriga kiruvchi Xitoyda iqtisodiy o‘sish sur’ati 6,6 foizdan 6,2 foizgacha, Qozog‘istonda 3,7 foizdan 3,1 foizgacha va Turkiyada 3,5 foizdan 0,4 foizgacha pasayishi, Rossiyada esa iqtisodiy holat joriy yildagi (1,7–1,8 foiz) darajada saqlanib qolishi kutilmoqda.
2019 yilda mamlakatimiz eksportining o‘sishiga yuqoridagi omillar ta’sirida tashqi talabning sust shakllanishi bilan bir qatorda jahon bozorlarida noqulay narxlar kon’yunkturasining saqlanib turishi ham salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin.
Xususan, jahon bankining joriy yil oktyabrь oyida e’lon qilgan hisobotiga ko‘ra kelgusi yilda respublikamizning asosiy eksport tovarlari qatoriga kiruvchi oltin, rux metalli va paxta tolasi narxlarining pasayishi, boshqa xomashyo mahslulotlari narxining esa deyarli 2018 yil darajasida o‘zgarishsiz qolishi prognoz qilinmoqda.
Shu bilan birga, jahon miqyosida saqlanib turgan geosiyosiy ziddiyatlar va moliyaviy bozorlardagi vaziyatlarning keskin o‘zgarishi bilan bog‘liq xatarlar kelgusi yilda mamlakatimiz uchun tashqi iqtisodiy shart-sharoitlarning yanada yomonlashishiga olib kelishi mumkin.
Jumladan, Rossiya Federatsiyasi uchun tashqi iqtisodiy sharoitlarning murakkablashishi ushbu davlatda iqtisodiy o‘sishning sekinlashishiga va rublь kursining sezilarli darajada qadrsizlanishiga hamda davlatlar o‘rtasidagi “savdo urushlari”ning kuchayishi asosiy xomashyo mahsulotlari (asosan rangli metallar) narxlarining pasayishiga olib kelishi mumkinligi qayd etilmoqda.
Bundan tashqari, 2019 yilda AQSH Federal rezerv tizimi tomonidan foiz stavkasining 3,5 foizgacha oshirilishi prognoz qilinmoqda hamda ushbu omil Turkiya, Rossiya va respublikamizning boshqa asosiy savdo hamkor davlatlaridagi iqtisodiy holatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Mazkur davlatlarda iqtisodiy o‘sishning pasayishi mamlakat eksportiga tashqi talabning kamayishiga hamda pul o‘tkazmalari hajmining qisqarishiga olib kelishi mumkin.
Ta’kidlash joizki, valyuta kursining erkin shakllanishi milliy iqtisodiyotimizning tashqi sharoitlar ta’siriga moslashuvida muhim omil hisoblanadi. Tashqi kon’yunktura o‘zgargan sharoitda so‘m kursining tezkorlik bilan aks javobi, ya’ni qadrining tushishi yoki oshishi mamlakatimiz to‘lov balansining moslashishini (muvofiqlashib olishini) ta’minlaydi va ishlab chiqarish jarayonlarining tashqi ta’sirlarga nisbatan mustahkamligini oshiradi. Bunda noqulay tashqi sharoitlar yuzaga kelganda milliy valyuta kursining qadrsizlanishi importni qisqartirish borasida tabiiy rag‘batni shakllantirish bilan bir qatorda ichki ishlab chiqarish raqobatbardoshligini oshiradi.
Shu bilan birga, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlar eksporti tarkibining salmoqli qismi texnologiyalar, butlovchi qismlar va xomashyo importiga asoslanganligi (baholashlarga ko‘ra 30–35 foiz atrofida) mamlakat eksportining ham tashqi omillar va kurs o‘zgarishlariga sezuvchanligini oshiradi.
Tashqi bozorlarda xomashyo narxining oshishi, valyuta kurslari dinamikasi va inflyasiya darajasining o‘zgarishi mamlakatimiz eksportyorlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlar narxiga va korxonalarning daromadliligiga sezilarli ta’sir qiladi. Milliy valyuta kursi qadrsizlanishining eksportni rag‘batlantirishdagi ta’siri ham eksport tarkibidagi importning qimmatlashuvi hisobiga kamayib boradi.
Xulosa
Yuqoridagi kurs ishi orqali pul-kredit tizimi bo’yicha ko’plab bilimlarni o’zlashtirhga erishildi va quyidagi birnecha xulosalarga egaa bo’lindi. O’zbekiston Respublikasida bu tizimni isloh etish hamda bugungi kundagi qayd etilayotgan natijalari tahlil qilindi. Jumladan qyidagilar oydinlashtirildi.
Bank tizimi Markaziy bank va tijorat banklarini o`z ichiga oladi. O`zbekiston Respublikasida ikki boskichli bank tizimi shakllanganligi o’rganishlar orqali malum. Markaziy banning bosh maksadi milliy valyutaning barkarorligini ta`minlashdan iborat ekanligi malum va pul kredit siyosatini amalga oshirishning pirovard maksadlari iktisodiy o`sish, to`lik bandlikni, baxolarning xamda to`lov balansining barkarorligini ta`minlashdan iborat.
Iqtisodiy rivojlanishning asosiy ssenariysiga ko‘ra 2020 yilda yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmining real o‘sishi 5,2−5,5 foizni tashkil etishi, 2021−2022 yillarda 5,5−5,8 foizgacha tezlashishi prognoz qilinmoqda. O‘zbekiston Markaziy banki e’lon qilgan Inflyatsion targetlashga o‘tish orqali pul-kredit siyosatini amalga oshirishning 2020 yil va 2021−2022 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi bayonotda bu haqda so‘z boradi.
Tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotga ajratiladigan kreditlar qoldig‘ining o‘sish sur’atlari YAIM nominal hajmini o‘sish sur’atlariga mutanosib ravishda, jumladan, 2020 yilda 20−25 foiz atrofida (valyuta kursi o‘zgarishlarini hisobga olmaganda) bo‘lishi kutilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |