«iqtisodiyot» kafedrasi «Makroiqtisodiyot» fanidan Mavzu



Download 2,22 Mb.
bet1/17
Sana10.07.2022
Hajmi2,22 Mb.
#773404
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Juraboyev


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV”

«IQTISODIYOT» kafedrasi
« Makroiqtisodiyot» fanidan

Mavzu: Iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda pul massasini belgilash


Bajardi: S5192OT gurux talabasi
Zuxriddinjon Joraboyev

FARG’ONA 2021


MUNDARIJA
Kirish………………………………………………………...…………3
Asosiy qism

  1. Iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda pul-kredit siyosatining maqsad va tamoyillari……………………………………………………………….

  2. Valyuta bozori va almashuv kursi tahlili ………………….………..1

  3. O’zbekistonda 2019-2021-yillarda makroiqtisodiy rivojlanish va pul – kredit siyosatini amalga oshirish sharoitlari tahlili……………………….

  4. Xulosa………………………………………………………………....28

Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………….…..31

Kirish
Mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishining yangi bosqichida amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining (kelgusi o‘rinlarda Markaziy bank) maqsad va vazifalari, institutsional tuzilishi tubdan qayta ko‘rib chiqildi. Pul-kredit siyosati mantiqan yangi tamoyillar asosida yuritiladigan bo‘ldi. Xususan, mamlakatda ichki narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi Markaziy bank faoliyatining ustuvor maqsadi sifatida belgilandi.
Valyuta siyosati va pul muomalasini tartibga solish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, yangi voqelikda makroiqtisodiy sohada shakllanayotgan shart-sharoitlar pul-kredit siyosatida ham muhim o‘zgarishlarning amalga oshirilishiga asos bo‘ldi.
O‘rta muddatli istiqbolda inflyasiyaning past va barqaror darajasi ta’minlanishi makroiqtisodiy mutanosiblikning muhim omili bo‘lib, mamlakatda ijtimoiy holatni yaxshilash, investitsion faollikni rivojlantirish va tarkibiy islohotlarni amalga oshirish uchun zaruriy sharoit yaratadi.
Ichki narxlar barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan uzluksiz davomiy pul-kredit siyosatining yuritilishi aholi va biznes vakillari daromadlari xarid qobiliyatini saqlab qolish, ularning ishlab chiqarish, investitsiya, jamg‘arish va iste’mol borasida qarorlar qabul qilishlari uchun qulay iqtisodiy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.
Iqtisodiyotda ichki narxlar barqarorligini ta’minlash bilan birga Markaziy bank tomonidan mamlakatimizda bank va to‘lov tizimini rivojlantirish borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar kelgusida iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlab boradi.
Ta’kidlash joizki, faqatgina pul-kredit siyosatida amalga oshiriladigan islohotlar iqtisodiy o‘sishning asosiy manbai bo‘la olmaydi. Pul-kredit choralari asosan qisqa muddatli ahamiyat kasb etib, iqtisodiyotdagi yalpi talab va taklif hajmlaridagi qisqa muddatli tebranishlarni yumshatish va ishlab chiqarish tafovutlarini qisqartirishga xizmat qiladi.
Iqtisodiy o‘sishning fundamental asoslarini mustahkamlash, ishlab chiqarish omillari unumdorligini oshirish, energiya iste’molini pasaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarini diversifikatsiyalash hamda uning tashqi sharoitlarga bog‘liqligini kamaytirish va raqobat muhitini rivojlantirish vazifalari, o‘z navbatida, tizimli tarkibiy islohotlarni va samarali soliq- byudjet siyosatini amalga oshirishni taqozo etadi.
Pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari Markaziy bank uchun o‘rta muddatli istiqbolda dasturiy hujjat hisoblanadi. Ushbu hujjat orqali Markaziy bank keng jamoatchilikka pul-kredit sohasidagi o‘z maqsadlarini e’lon qiladi.
Asosiy yo‘nalishlarda pul-kredit siyosati qaysi tamoyillar va usullar orqali amalga oshirilishi yoritiladi, iqtisodiy rivojlanishning ichki va tashqi sharoitlari hamda inflyasion jarayonlarga baho berilib, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning tahlili va prognozlari keltiriladi.
O‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatini yuritishda inflyasiya darajasini pasaytirib borish bilan birga inflyasion targetlash rejimiga o‘tish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish Markaziy bankning diqqat-e’tiborida bo‘ladi. SHu nuqtai nazardan, Markaziy bank pul-kredit siyosati o‘rta muddatli istiqbolda “o‘tish davridagi” pul-kredit siyosati rejimida amalga oshirib boriladi.
Kelgusi davrda pul-kredit siyosati oraliq va operatsion maqsadlarini belgilashda istiqbolga yo‘naltirilgan (forward looking approach) tamoyillarga asoslaniladi. Pul-kredit siyosati instrumentlari faqatgina bozor mexanizmlari asosida takomillashtirilib, ularni qo‘llashda moliyaviy aktivlarning narxiga (price based approach) ta’sir etish usullaridan foydalaniladi.
Bunda pul-kredit sohasidagi qarorlarni qabul qilishda keng qamrovli makroiqtisodiy tahlil va prognozlar tizimiga tayaniladi. O‘rta muddatli istiqbolda tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlar o‘zgarishining turli ssenariylari ishlab chiqiladi va ularning ichki narxlarga ta’siri baholab boriladi.
Markaziy bank tomonidan 2019–2021 yillarga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarida pul-kredit siyosati yuritishning asosiy va xatarli (muqobil) ssenariylari ishlab chiqildi.
Ushbu ssenariylarda tashqi va ichki sharoitlarning turli omillar ta’sirida o‘zgarishi va ularga javoban Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmui keltirilgan.
Pul-kredit siyosatining kelgusi yillarga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarini belgilash bilan bir qatorda Markaziy bank bu boradagi maqsad va harakatlarining uyg‘unligi hamda uzviy davomiyligini ta’minlab boradi. Bu, o‘z navbatida, oldindan baholash mumkin bo‘lgan iqtisodiy sharoitlarni yaratib, olib borilayotgan pul-kredit siyosatiga aholi va biznes sub’ektlari ishonchini orttiradi hamda uning samaradorligini oshiradi.



  1. Download 2,22 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish