Majmuali brigadalar oshpazlarni, oshxona yordamchi ishchilarini, idishtovoq
yuvuvchilarni birlashtiradi. Bunday ishchilar sonini ko‘paytirib rejali
ishlatilsa, unumli natijalarga erishish mumkin.
Maxsus brigadalar bir sohada ishlovchilarnigina birlashtirishi mumkin.
Bularga oshpazlar, qandolatchilar, yuk ortuvchilar, ofitsiantlarni misol qilish
mumkin. Ish muddatiga qarab brigadalar smenali yoki smenasiz, hamma ishlarni
o‘zlari bajaradiganga bo‘linadi. Bunda esa moddiy qiymatga ega bo‘lgan buyumlar
qo‘ldan-qo‘lga o‘tib yurmaydi va vaqt tejaladi.
Brigadalar restoran direktori buyrug‘iga binoan unga kiruvchilarning
xohishiga qarab tuziladi. Agar brigada tarkibi 10 kishidan oshsa, jamoa umumiy
majlisi qarori bilan brigada kengashi tuziladi. Brigadirlarni odatda brigada a’zolari
saylaydi. Mehnatni brigada shaklida tashkil qilish jamoa va shaxsning moddiy
mas’uliyatini, moddiy manfaatdorlik hissini kuchaytiradi. Mehnatga haq to‘lash
brigadada ish natijasiga qarab belgilanadi.
Restoran faoliyati quyidagi tamoyil asosida tashkil topadi: ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyatidan hosil bo‘lgan daromad hisobiga hamma harajatlarni qoplaydi.
Bunda ishlab chiqarishni yanada rivojlanshitirish, xodimlarni moddiy
rag‘batlantirishni ham hisobga olish kerak.
Restoran va ovqatlantirish korxonalari boshqaruv apparatining tuzilishi uning
bo‘limlari tarkibiy qismi bilan, ularning o‘zaro munosabatlari, o‘zlari ishlab
chiqargan va sotib olgan mahsulotlar miqdori bilan belgilanadi. Boshqacha qilib
aytganda, restoranning turi, zallarning sig‘imi va ishning o‘ziga xos xususiyatiga
ham bog‘liq bo‘ladi.
Restoran direktori hamma tashkiliy ishlar, savdo-ishlab chiqarish
harakatining natijalari, restoranning tijorat-xo‘jalik-moliyaviy faoliyati uchun
javob beradi. Direktor mijozlarga madaniy xizmat ko‘rsatish, taomlarning sifatli
tayyorlanishi, hisob-kitob va nazorat holati, moddiy boyliklarning saqlanishi uchun
mas’ul hisoblanadi. U mehnat qonunchiligiga rioya qilishi kerak. Restoran direktori
xodimlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish ishlarini mustaqil hal qiladi.
Restoran direktori quyidagilarni bajarishi shart:
korxonani xomashyo, mahsulotlar, yarim tayyor mahsulotlar, moddiytexnika
anjomlari bilan o‘z vaqtida izchil va rejali ta’minlab turishi;
korxonaning hamma tarmoq ishlarini nazorat qilish, savdo qoidalariga
rioya qilish, sanitariya-gigiyena va texnika xavfsizligi talablariga rioya qilish;
mehnatni ilmiy asosda tashkil qilishi;
hamma xodimlarning ichki tartib-intizomni aniq va to‘liq bajarishlarini
ta’minlashi;
jamoada tarbiyaviy ishlarni olib borishni tashkil etishi va b.
Yuqoridagilardan tashqari yana restoran direktorining ixtiyorida quyidagilar
bo‘ladi:
moddiy pul mablag‘lari bo‘ladi,
restoran uchun mulk va anjomlar sotib oladi,
shartnomalar, bitimlar tuzadi,
mehnat qonunchiligiga asosan xodimlarni bir ishdan ikkinchisiga
o‘tkazadi va bo‘shatadi,
xodimlarni rag‘batlantiradi va intizomiy jazo beradi.
Restoranga tushadigan daromadiga qarab restoran direktori mustaqil
ravishda xodimlar maoshini oshirish huquqiga ega. Bu albatta korxona hisobidan
bo‘ladi. Mehnatga haq to‘lash fondi miqdori korxonaning savdodan tushgan
daromadiga bog‘liq. Mehnatga haq to‘lash fondini belgilashda mol aylanish
darajasini hisobga olishi kerak.
Restoran direktorining yana bir vazifasi - mehnatni tashkil qilishning brigada
shaklini joriy qilishdir. Agar ishning yaxshi borishi uchun foydali bo‘lsa, bri-gada
tizimiga rahbar, injener-texnik xodimlarni, mutaxassislarni, xizmatchilarni ham
jalb qilishi lozim. Bunda moddiy manfaatdorlik ham oshadi.
Jamoa boshida mutaxassis, ishbilarmon rahbar turishi, xodimlar bilan ishlay
oladigan, ilmiy-texnika yutuqlaridan unumli foydalanadigan, muammolarni o‘zi
mustaqil hal qilib, xulosa chiqaradigan, jamoa ishlab topgan mablag‘dan maqsadli
foydalanadigan bo‘lishi lozim.
Yuqoridagiga o‘xshash talablar direktor muoviniga ham qo‘yiladi, chunki
uning huquqi ham belgilangan soha bo‘yicha direktornikiga o‘xshaydi. U direktor
topshirgan soha uchun mas’uldir.
Do'stlaringiz bilan baham: |