Iqtisodiyot” fakulteti “moliya” kafedrasi


-jadval Asia Alliance Bankning 2019-yil (2018-yil) uchun sof pul oqimining tahlili13



Download 308,31 Kb.
bet9/16
Sana09.07.2022
Hajmi308,31 Kb.
#766362
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
9. Yerkebayeva Feruza

2-jadval
Asia Alliance Bankning 2019-yil (2018-yil) uchun sof pul oqimining tahlili13



Ko‘rsatkichlar

Pul mablag‘lari kirimi

Pul mablag‘lari chiqimi

Summa, mln.so‘m

Jamiga nisbatan salmog‘i, %

Summa, mln.so‘m

Jamiga nisbatan salmog‘i, %

1

Pul va unga tenglashtirilgan mablag‘larning hisobot yil boshiga qoldig‘i

367,135
(322,617)

71,91
(78,8)







2

Operatsion faoliyatidan sof pul mablag‘larining kirimi yoki chiqimi

35,959 (46,195)

7,04
(11,3)







3

Investitsiya faoliyatidagi sof pul oqimlarining kirimi yoki chiqimi







46,839 (42,233)

85,4
(82,7)

4

Moliyaviy faoliyatdagi sof kirim yoki chiqim

107,470 (40,515)

21,05
(9,9)







5

To‘langan soliqlar (foyda solig‘i)







8,011 (8,848)

14,6
(17,3)




Jami pul mablag‘larining harakati:

510,564 (409,327)

100,0

54,85 (51,081)

100,0




Pul va unga tenglashtirilgan mablag‘larning sof ko‘payishi yoki kamayishi

96,590




44,477




Yuqoridagi jadval asosida Asia Alliance bankning 2018- va 2019-yillardagi sof pul oqimi tahlili orqali koʻrishimiz mumkinki, bankning 2018-yilda jami pul mablagʻlarining harakati 460,408 mln.soʻmni tashkil etgan. Shundan 409,327 mln.soʻm kirim, 51,081 mln.soʻm chiqim qilingani ma’lum. Pul mablagʻlari kirimining jamiga nisbatan 11,3 %i xoʻjalik (operatsion) faoliyatdan koʻrilgan boʻlib, bu moliyaviy faoliyatdan koʻrilgan kirimga nisbatan 1,4%ga koʻproqni tashkil qiladi. Xuddi shu kabi 2019-yil uchun tahlil ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, jami pul mablag‘larining kirimining ko‘proq salmog‘i, ya’ni 21,05 %i yoki 107,470 mln.so‘m moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan kirim, 7,04 foizi (35,959 mln.soʻm) esa operatsion faoliyatdan bo‘lgan pul mablag‘larining kirimi evaziga vujudga kelgan. Demak, 2018-yilda pul mablag‘larining jami kirimining ko‘proq hissasi operatsion faoliyatdan koʻrilgan pul mablag‘larining kirimiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2019-yilda o‘zgargan, ya’ni pul mablag‘larining jami kirimining ko‘proq hissasi moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan kirimga to‘g‘ri kelgan.


Shuningdek, 2018-yilda pul mablagʻlarining chiqimining jamiga nisbatan 82,7 % yoki 42,233 million soʻm investitsion faoliyatdan bo‘lgan pul mablag‘larining chiqimiga, 8,848 million so‘m (17,3 %) foyda solig‘i hissasiga toʻgʻri kelgani jadvalda berilgan. 2019-yilda ham jami chiqimdan 85,4 %i yoki 46,839 mln.soʻm investitsion faoliyatga sarflangan boʻlsa, jami chiqimning 14,6 %i yoki 8,011 mln.soʻm foyda soligʻiga toʻlangan.
Pul mablag‘lari kirimining harakati 2019-yilda o‘tgan yilga nisbatan 101,237 (510,564-409,327) million so‘mga, o‘z navbatida pul mablag‘lari chiqimi ham joriy davrda o‘tgan yilga nisbatan 3,769 millon so‘mga oshgan. Lekin bu yerda inflatsiya darajasi hisobga olinmaganini ta’kidlash zarur. Bundan tashqari korxona pul mablag‘lari operatsion va moliyaviy faoliyatdan so‘nggi 2 yil mobaynida kirim qilayotgan bir vaqtda, investitsiya faoliyatidan faqat chiqim kuzatilmoqda. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, bank pul oqimi ijobiy holatda. Chunki pul mablag‘lari kirimi chiqimga nisbatan 2018-yilda 8 barobar, 2019-yilda esa deyarli 10 barobar ko‘p miqdorni tashkil qilmoqda. Pul va unga tenglashtirilgan mablag‘larning sof ko‘payishi ham joriy davrda 2018-yilga nisbatan 2 barobardan ham yuqori ekanligini ko‘rish mumkin, ya’ni 52,113 million so‘mga oshgan.
Bank faoliyatining sof pul oqimi tahlili bilan tanishdik. Agar har bir faoliyatdagi pul mablag‘larini tahlil qilish lozim bo‘lsa, operatsion, moliyaviy yoki investitsion faoliyatdagi pul oqimini alohida-alohida yuqoridagi jadvalga o‘xshatib, ularni ham o‘rganish mumkin. Masalan, operatsion faoliyatdan pul mablag‘lari kirimi yoki chiqimini jadval ko‘rinishida tahlil qilish mumkin. Bu tahlilchiga pul oqimini chuqurroq va aniqroq tahlil qilish imkoniyatini beradi.
Korxonaning pul oqimini tahlil qilish natijalari bo‘yicha quyidagi xulosalar qilish mumkin:

  • mablag‘lar qaysi manbalardan va qanday hajmda olinganligi;

  • pul mablag‘larini sarflash yo‘nalishlari;

  • kompaniya tushumlarning to‘lovlardan oshishini ta’minlay oladimi;

  • tashkilotning joriy moliyaviy majburiyatlarini bajarish qobiliyati;

  • pulga bo‘lgan ehtiyojni qondirish uchun olingan foyda miqdorining yetarliligi;

  • foyda miqdori va bo‘sh pul mablag‘lari o‘rtasidagi farq sabablarini aniqlash;

  • korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan investitsiya faoliyatini amalga oshirish qobiliyati va hokazolar.

Shunday qilib, o‘tgan davrda korxonaning pul oqimlarini tahlil qilishning asosiy maqsadi pul mablag‘larini shakllantirishning yetarlilik darajasini, mablag‘larni taqsimlash jarayonlarini optimallashtirish, korxonaning pul mablag‘larining ijobiy va salbiy oqimlari hajmi va vaqti bo‘yicha qoldig‘ini shuningdek, korxonaning to‘lov qobiliyatini ta’minlash uchun pul yetishmasligi (ortiqchaligi) sabablarini aniqlashdan iborat. Pul oqimlarini tahlil qilish umuman korxona uchun, uning iqtisodiy faoliyatining asosiy turlari doirasida, alohida tarkibiy bo‘linmalar uchun amalga oshiriladi. Tashqi foydalanuvchilar ham korxonaga investitsiya kiritish, kredit berish yoki boshqa maqsadlarda mazkur korxonaning “Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot”idan foydalanib pul oqimlarini tahlil qilishlari mumkin. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, pul oqimlarini tahlil qilish bilan baholanishi mumkin bo‘lgan mablag‘larning xavfsizligi korxonaning normal ishlashining asosiy shartlaridan biridir.




  1. Download 308,31 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish