"iqtisodiyot "fakulteti "iqtisodiyot nazariyasi" kafedrasi



Download 2,09 Mb.
bet12/23
Sana31.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#236815
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
kurs ishi BOLTAYEV DAVRONBEK

Uchinchidan, O‘zbekiston Qozog‘iston tomonidan belgilangan eksport kvotasi chegarasida bug‘doy va un importini davom ettirishi mumkin. Va nihoyat, g‘allaning yangi hosili O‘zbekistonda iyun oyida yig‘ib olinadi. Avvalroq aytib o‘tganimdek, bu mahalliy un zaxiralarini ko‘paytirib olishga imkon beradi.

Shunday qilib, O‘zbekiston 2020 yilni un va non mahsulotlari uchun barqaror narxlar bilan o‘tkazishini kutish mumkin.


Ko‘proq foyda keltiruvchi meva-sabzavot ekinlarini qisqartirish hisobiga g‘alla yetishtirish maydonlarini ehtimoliy kengaytirish to‘g‘risida


Darhaqiqat, bug‘doy yetishtiruvchi mamlakatlar tomonidan don mahsulotlarining eksportiga cheklovlar o‘rnatilishi O‘zbekiston hukumatining 2021 yilda g‘alla maydonlarini kengaytirish to‘g‘risidagi qaroriga ta’sir ko‘rsatishi xatari mavjud.

Lekin xozirgi bosqichda bu ehtimoldan uzoq holat va mamlakat uchun umuman zarur bo‘lmagan chora. G‘alla maydonlari 1,3 mln gektar yerni yoki mamlakatdagi barcha sug‘oriladigan yerlarning 35%ni egallagan. Shuning uchun, hudud jihatidan shundoq ham yetarli darajada ulkan bo‘lgan g‘alla ekadigan maydonlarni emas, balki g‘allaning o‘rtacha hosildorligini oshirish kerak.

Bundan tashqari, Qozog‘iston tomonidan bug‘doy eksportiga cheklovlar o‘rnatilishi — bu vaqtinchalik chora. Mamlakat ushbu turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchi jahondagi eng yirik o‘ntalikka kiradi va uni sotishdan tiyilish davlat uchun manfaatli emas. 2019 yil Kog‘ozistonlik ishlab chiqaruvchilar uchun kamhosil bo‘ldi. Jumladan, bug‘doy so‘ngi yillardagi ko‘rsatkichdan 20%ga kamroq yetishtirildi. Bu esa eksportning 25%ga qisqarishiga olib keldi. Bug‘doyning past darajadagi hosili ichki bozordagi un narxlarining ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi va bu koronavirus pandemiyasiga javob tariqasida Qozog‘iston hukumati tomonidan karantin cheklovlarini kiritishidan ancha avvalroq ro‘y berdi.

Bundan tashqari, shu oyning o‘zida jahon bozorida neft narxlarining keskin tushib ketishi YAIMning 20% neft va gaz sohasiga to‘g‘ri keluvchi Qozog‘iston byudjeti uchun ulkan ziyon olib keldi. Bu hukumatning moliyaviy imkoniyatlarini va, natijada, inqiroz davrida aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish salohiyatini cheklab qo‘ydi. Mazkur holatlarning barchasi mamlakatda bug‘doy va un eksportiga vaqtinchalik cheklovlarni kiritishga olib keldi.

Qozog‘iston tomonidan amalga oshirilgan, yuqorida aytib o‘tilgan harakatlarning sabablari nimalardan iborat bo‘lishidan qat’i nazar, O‘zbekiston ushbu vaziyatdan tegishli xulosa chiqarishi kerak. Bu kabi holatlarga tezkor javob berish uchun ishonchli oziq-ovqat zaxiralari zarur, ayniqsa mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligi uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan bug‘doyning zaxiralari.

O‘zbekiston davlatning strategik g‘alla zaxiralari hajmini oshirish hamda 2021 yilda g‘alla uchun davlat buyurtmasi tizimini bekor qilish munosabati bilan uni yetishtirish mexanizmlarini takomillashtirish borasida kelgusi ishlarni amalga oshirishi lozim. Mazkur sohadagi davlat nazoratidan voz kechish fermerlarni o‘z mehnatlari samaradorligini oshirishga rag‘batlantiradi, bu esa yetishtiriladigan g‘allaning sifati va hajmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, urug‘chilik yo‘nalishiga qo‘shimcha davlat investitsiyalari hamda don hosildorligi va sifatini oshiruvchi zamonaviy texnologiyalarni xarid qilishda fermerlarga ko‘mak berish zarur.

Iqtisodiy inqiroz sharoitlarida islohotlar taqdiri


Koronavirus pandemiyasi yuzaga keltirgan bugungi iqtisodiy inqiroz qishloq xo‘jaligidagi yoki O‘zbekiston iqtisodiyotining boshqa sohalaridagi boshqaruvning avvalgi ma’muriy-buyruqbozlik usullariga qaytish uchun bahona sifatida foydalanilmasligi, shuningdek iqtisodiy islohotlarning so‘nggi bir necha yil mobaynida erishilgan ijobiy natijalarini bekor qilish uchun sabab bo‘lib qolmasligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Agrar sohada davlatning tartibga soluvchi vazifasini kamaytirish, bunda bozor mexanizmlarini joriy etish, uni yanada diversifikatsiya va modernizatsiya qilish hamda mahalliy va horijiy investitsiyalarni jalb qilish borasidagi ishlarni davom ettirish zarur.

Ushbu choralar mahalliy fermerlar va agrokorxonalarning daromadlarining ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ularning eksport salohiyatini kengaytirish hisobiga o‘sishiga olib keladi. Jahon banki yuqorida sanab o‘tilgan maqsadlarga erishish uchun hukumatga moliyaviy va texnik ko‘mak berishni davom ettiradi.

O‘zbekiston uchun ushbu murakkab davrda Jahon banki koronavirus pandemiyasining aholi salomatligi uchun, ularning ijtimoiy farovonligi uchun, tadbirkorlik va umuman milliy iqtisodiyot uchun oqibatlarini yumshatish borasidagi hukumat sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida boshqa xalqaro homiylar bilan ishlashni ham davom ettiradi.

Pandemiya dunyo ta'lim tizimini qanday o‘zgartirmoqda? PISA tahlillari

Koronavirus pandemiyasi salbiy oqibatlarini kamaytirish yo‘lida dunyoning barcha mamlakatlari, jumladan O‘zbekiston ham turli chora-tadbirlarni qo‘llamoqda. 150ta mamlakatda maktablar yopildi. Bu deyarli 1 milliarddan ortiq o‘quvchilarning ta'lim olish imkoniyatlarini chekladi.


Ko‘plab mamlakatlarning karantin davrida asosiy e'tiborni ta'limga qaratgani e'tiborga loyiq. Masalan, koronavirus ilk bora qayd etilgan Xitoyda 17 fevral kuni o‘quvchilar uchun bepul o‘quv materiallari bilan ta'minlaydigan «Milliy bulutli platforma» ishga tushirildi. 7000 ta server va 90 terabayt hajmdagi ma'lumotlarni o‘tkazish qobiliyatiga ega platforma 50 million o‘quvchiga bir vaqtning o‘zida xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ldi.




Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish