Oliy ta’limning istiqboli onlaynmi?
Karantin davrida barcha ta’lim tizimlarining masofali rejimga o‘tganligi o‘z navbatida, uning qanchalik samaraliligi va davomiyligi haqida bir qator savollarni keltirib chiqarmoqda. Darhaqiqat, ta’lim, jumladan, oliy ta’lim tizimi endi o‘zgacha formatda bo‘ladi.
Ta’lim sohasi mutaxassislarining hisob-kitobi bo‘yicha, endilikda oliygohlarning ko‘pchiligi odatdagi o‘qitish shakliga qaytishni xohlashmaydi. Talabalarni ham an’anaviy (klassik) ma’ruza va seminar darslar bilan qiziqtirish mushkul bo‘lib qoladi. Qiziqish bo‘lmasa bilim olishga motivatsiya ham yo‘qoladi. Hozirgi talabalar kerakli ma’lumotlarni internetdagi ochiq manbalardan hech qanday to‘siqlarsiz olish imkoniga ega, binobarin, endilikda o‘qituvchi vazifasiga nafaqat bilim berish, balki ko‘nikmalarni rivojlantirish va tajriba almashish kiradi. Demak, o‘quv jarayonining nazariy qismini to‘liq bo‘lmasada, qisman (ta’lim yo‘nalishlarining o‘ziga xosligini hisobga olgan holda) onlayn formatga o‘tkazsa bo‘ladi. Biroq, ta’lim oluvchilarning o‘z bilim va ko‘nikmalarini amalda namoyon qilishi va rivojlantirishi uchun talaba va o‘qituvchi o‘rtasida o‘rnatilgan doimiy aloqa hisobiga, offlayn ta’limning imkoniyatlari cheksizdir. Shu bois, onlayn va offlayn ta’limni birgalikda olib borish ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlaydigan eng maqbul yo‘ldir.
Koronavirus tufayli oliy ta’lim muassasalari ta’limda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash uchun ajoyib sinov platformasiga ega bo‘lishdi. Onlayn ta’lim ilgarilab, an’anaviy ta’limga jiddiy raqobatchi sifatida maydonga chiqmoqda. Ammo bunga hali ko‘pchilik tayyor emas. Sababi esa, yuqorida qayd etilgan internet bilan bog‘liq muammolar, texnik imkoniyatlarning chegaralanganligi hamda o‘qituvchilarda onlayn ta’lim berish ko‘nikmalarining yetarli emasligidir.
2020 yil oxiriga qadar koronavirus epidemiyasi sababli Xitoy va boshqa davlatlar bilan o‘zaro savdoning qisqarishi tufayli O‘zbekiston iqtisodiyoti 960 million AQSh dollaridan ko‘proq zarar ko‘rishi mumkin.
Mamlakat byudjeti bir necha jihatdan zarar ko‘rishi mumkin. Xususan, importga qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha tushumlar 2,9% dan 1,5% gacha, bojxona to‘lovlari 0,4% dan 0,2% gacha, aksiz solig‘i bo‘yicha esa 0,1% dan 0,05%ga tushishi mumkin. 2019 yilda mazkur to‘lovlar asosida respublika yalpi ichki mahsuloti 58,3 milliard dollarni tashkil etgan. Mana shu natijaga tayanib hisob-kitob qilinsa, yo‘qotishlar 960 million dollardan oshadi.
O‘tgan yili Xitoy O‘zbekistonning asosiy savdo hamkoriga aylanib, tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 18% ni tashkil etgan edi. Tovarlar almashinuvi esa 7,6 milliard AQSh dollaridan oshgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |