Toshkent Kimyo Texnologiya Instituti Shahrisabz filiali
Guruh: 1-21
Talaba: To'rayev.R
Korxona va tashkilotlardagi xizmat martabasini boshqarish
Martaba (mavqye) - bu personalning o‘z mehnat istiqboli to‘g‘risidagi sub’yektiv ravishda anglab yetilgan fikr-mulohazalari, o‘zini o‘zi namoyon qilish va mehnatdan qoniqish hosil qilish borasidagi kutilgan yo‘llaridir. Bu xizmat pillapoyasidan tadrijiy ravishda ilgarilab borish, xodim ko‘nikmalari, qobiliyatlari, malaka imkoniyatlari va faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ish haqi miqdorlarining o‘zgarishidan iborat.
Martaba
Martabaning ikki turi - kasb martabasi va tashkilot ichidagi martaba mavjud.
Kasb martabasi shu narsa bilan ajralib turadiki, muayyan bir xodim o‘zining kasbiy faoliyati jarayonida rivojlanishning turli-tuman bosqichlaridan o‘tadi: ta’lim olish, ishga kirish, kasb-hunar sohasida o‘sish, o‘ziga xos kasbiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash, pensiyaga chiqish. Xodim bu bosqichlarni izchillik bilan turli tashkilotlarda ishlash bilan o‘tkazgan bo‘lishi mumkin.
- tashkilot maqsadlari bilan ayrim xodim maqsadlarining o‘zaro bog‘liqligiga erishish;
- martabani rejalashtirishning muayyan xodimga qaratilishini ta’minlash, bundan maqsad o‘ziga xos ehtiyojlari va vazifalarini hisobga olishdir;
- martabani boshqarish jarayonining oshkoraligini ta’minlash;
- martabaning boshi berk ko‘chalari»ga barham berish, amalda ularda xodimning rivojlanishi uchun imkoniyat yo‘q bo‘ladi;
- martabani rejalashtirish jarayoni sifatini oshirish;
-muayyan xizmat sohasida o‘sishning ko‘rgazmali va idrok etiladigan mezonlarini shakllantirish;
Dastlabki bosqich - maktabda o‘qishni, o‘rta va oliy ma’lumot olishni o‘z ichiga oladi hamda 25 yoshgacha davom etadi. Ana shu davr mobaynida inson faoliyat turlarini izlash maqsadida bir nechta ishni almashtirishi mumkin. Bu ishlar uning ehtiyojini qondirish va imkoniyatlariga javob berishi uchun qilinadi. Agar u darhol ana shunday faoliyat turini topsa uning shaxs sifatida o‘z-o‘zini namoyon qilish jarayoni boshlanadi, o‘zining yashash xavfsizligi to‘g‘risida qayg‘uradi.
Saqlanib qolish bosqichi - erishilgan natijalarni mustahkamlash harakatlari bilan ajralib turadi va 45 yoshdan 60 yoshgacha davom etadi. Malakaning yuqori cho‘qqisiga erishiladi, faol g‘ayrat va maxsus ta’lim olish tufayli malaka yanada takomillashadi, xodim o‘z bilimlarini yoshlarga berishga qiziqib qoladi. Bu davr ijodkorlik bilan ajralib turadi, bu sohada yangi xizmat pog‘onalariga ko‘tarilish yuz berishi mumkin.
Har bir kishi o‘z ehtiyojlari va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarga asoslangan holda o‘z kelajagini rejalashtiradi. U o‘zining xizmat sohasida o‘sish istiqbollari va mazkur tashkilotda malakasini oshirish imkoniyatlari bor-yo‘qligini bilishni xohlashida hyech qanday ajablanarli narsa yo‘q. Shuningdek u o‘zi bajarishi lozim bo‘lgan shartlarni ham bilishi kerak. Aks holda xulq-atvorining sabablari zaif bo‘lib qoladi,
Kishi ishga kirish vaqtida o‘z oldiga muayyan maqsadlar qo‘yadi, lekin tashkilot ham uni ishga qabul qilar ekan, o‘z oldiga muayyan maqsadlar qo‘ygan bo‘ladi. Shuning uchun ham ishga qabul qilinuvchi o‘zining ishchanlik fazilatlarini real baholay olishi darkor. Kishi o‘zining ishchanlik fazilatlarini tashkilot va ish uning oldiga qo‘yadigan talablarga taqqoslay olishi kerak. Uning butun martabasining muvaffaqiyati ana shunga bog‘liq bo‘ladi.
Martabaning maqsadi sifatida faoliyat sohasini, muayyan ishni, lavozimni, xizmat pillapoyasidagi o‘rinni sanamaslik kerak. U yana xam teranroq mazmunga ega bo‘ladi. Martaba maqsadlari biror sababda namoyon bo‘ladi, xodim ana shu sababga ko‘ra mazkur aniq ishga ega bo‘lishni, lavozimlarning iyerarxik zinapoyasida muayyan pog‘onani egallashni istaydi.
Eʼtiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |