Birinchidan, mart oyida O‘zbekiston joriy yilning yanvar va fevral oylariga nisbatan ikki baravar ko‘proq hajmda Qozog‘iston bug‘doyi va unini import qildi va shu orqali yaqin muddat uchun yetarlicha zaxira hosil qildi. Mahalliy un ishlab chiqaruvchi zavodlar ham o‘tish davri uchun un zaxiralariga ega.
Ikkinchidan, O‘zbekistonda davlat g‘alla zaxiralari va rezervlari aprel oyi boshiga 1 mln tonnadan iborat bo‘lib, ulardan 750 ming tonna un olish mumkin. Ma’lumot uchun, mamlakatda o‘rtacha oylik un iste’moli 300 ming tonnadan oshmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |