2-jadval
Tijorat banklari aktivlari va kredit qo‘yilmalarining valyutaviy tarkibi va dinamikasi (trln so‘mda)10
Ko‘rsatkichlar nomi
|
01.01.2018 y.
|
01.01.2019 y.
|
Nominal o‘sishi, foizda
|
Haqiqiy o‘sishi, (devalvatsiyani hisobga olmagan holda) foizda
|
Jami
|
shundan, xorijiy valyutada
|
ulushi, foizda
|
Jami
|
shundan, xorijiy valyutada
|
ulushi, foizda
|
|
|
Bank aktivlari, jami
|
84,0
|
36,2
|
43%
|
166,
6
|
106,6
|
64%
|
98,2%
|
21,8%
|
Kredit qo‘yilmalari, jami
|
52,6
|
22,5
|
43%
|
110,5
|
68,8
|
62%
|
110,2%
|
31,4%
|
Endi e’tiborni o‘sish ko‘rsatkichlariga qaratsak, 2019-yilda kreditlar qoldig‘i 2018-yilga nisbatan nominal jihatdan juda yuqori – 110,2 % ga o‘sganligiga guvoh bo‘lamiz ammo mana shu o‘sishning 80 % dan ortiqroq qismi devalvatsiya hisobiga qolgan 31,4 % qismi esa real o‘sish hisobiga yuzaga kelganini ko‘ramiz. Tijorat banklarining iqtisodiyotdagi o‘rni albatta ularning iqtisodiyot tarmoqlariga yo‘naltirayotgan mablag‘lari, ya’ni kreditlarining miqdori va hissasi orqali namoyon bo‘ladi.
3-jadval
Tijorat banklari kredit qo‘yilmalarining tarmoqlar bo‘yicha ulushi11(mlrd)so`mda
Ko‘rsatkichlar nomi
|
01.01.2018 y.
|
01.01.2019 y.
|
O‘zgarishi, foizda
|
mlrd. so‘m
|
ulushi, foizda
|
mlrd. so‘m
|
ulushi, foizda
|
Jami kreditlar
|
52 611
|
100%
|
110 572
|
100%
|
110,2%
|
Sanoat
|
18 347
|
34,9%
|
45 223
|
40,9%
|
146,5%
|
Qishloq xo‘jaligi
|
3 033
|
5,8%
|
4 742
|
4,3%
|
56,3%
|
Qurilish sohasi
|
2 218
|
4,2%
|
3 424
|
3,1%
|
54,4%
|
Savdo va umumiy xizmat
|
4 072
|
7,7%
|
5 246
|
4,7%
|
28,8%
|
Transport va kommunikatsiya
|
7 149
|
13,6%
|
16 205
|
14,7%
|
126,7%
|
Moddiy va texnik ta’minotni rivojlantirish
|
652
|
1,2%
|
472
|
0,4%
|
-27,5%
|
Uy-joy kommunal xizmati
|
456
|
0,9%
|
996
|
0,9%
|
118,5%
|
Jismoniy shaxslar
|
9 379
|
17,8%
|
13 600
|
12,3%
|
45,0%
|
Boshqa sohalar
|
7 304
|
13,9%
|
20 665
|
18,7%
|
182,9%
|
Yuqoridagi 3-jadval ma’lumotlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, iqtisodiyot tarmoqlari orasida sanoat eng ko‘p kredit mablag‘lari yo‘naltirilgan tarmoq ekanligini ko‘rishimiz mumkin. 2018-yilda tijorat banklari tomonidan bu tarmoqqa 18000 mlrd.so‘mdan ortiq kredit ajratilgan va bu umumiy kreditlarning 34.9 % ini tashkil etgan bo‘lsa 2019-yilda qariyb ikki yarim barobarga ortib 45223 mlrd.so‘mga yetgan va bu umumiy kreditlarning 40,9 % ini tashkil etgan. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga 2018-yilda 3030 mlrd.so‘mdan ortiq kreditlar ajratilgan bo‘lib 2019-yilda kreditlar hajmi 4,7 trln.so‘mga yetgan va bu jami kreditlardagi 4.3 % lik ulushni tashkil etadi. Transport va kommunikatsiya sohasi sanoatdan keyingi eng ko‘p kredit ajratiladigan tarmoq hisoblanadi. 2018-yilda bu tarmoqqa 7000 mlrd.so‘mdan ortiq kredit ajratilgan bo‘lsa, 2019-yilda ikki barobardan ortiqroqqa oshib 16205 mlrd.so`mga yetdi va kreditlarning summasi va jami kreditlarda 14,7 % ulushga egalik qildi. Jismoniy shaxslarga berilgan kreditlarning ham salmog‘i sezilarli bo‘lib, 2019-yilda ularga 13600 trln.so‘mlik kreditlar ajratilib o`tgan yilga nisbatan 45 % ga o‘sib, jami kreditlarda 12,3 % ulushga egalik qilgan. Qurilish sohasiga esa so‘ngi yilda 3424 mlrd.so‘m kredit ajratilgan. Qolgan barcha sohalarga esa 2019- yilda jami kreditlarning 25 % ulushi to‘gri keladi. Umumiy olib qaraganda tijorat banklarmizning iqtisodiyot tarmoqlarnini qo‘llab quvvatlashdagi ishtirokini ijobiy baholash mumkin.
Tijorat banklari yuqorida keltirilgan kreditlarning 5 ta sifat toifasi bo‘yicha, Markaziy Bankning 14.07.2015 yilda tasdiqlangan 2696-sonli “Aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga binoan mos ravishda:
- standart-1 %,
- substandard-10 %,
- qoniqarsiz-25 %,
- shubhali-50 % va
- umidsiz-100 % miqdorida zaxira ajratib boradilar.
Shu bilan bir qatorda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab- quvvatlashni rag‘batlantirish maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentimizning farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan yaratilgan imtiyoz va qulayliklar, soha sub'yektlari uchun kreditlar ajratish shart-sharoitlarini tushuntirish bo‘yicha joylarda muntazam ravishda seminar va uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda. Banklarning veb-sayt va portallari orqali ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari, jumladan, kichik biznes sohasiga ajratilayotgan kreditlar, ularning afzalliklari, foiz stavkalari va boshqa tegishli ma'lumotlar banklarning internet sahifalarida doimiy ravishda yoritib borilmoqda. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar doirasida ajratilgan kreditlar. Hisobot yilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining respublika hududlariga tashriflari davomida o‘tkazilgan yig‘ilish bayonlarida ko‘zda tutilgan loyihalarni moliyalashtirishga alohida e'tibor qaratildi. 2017-yil davomida tijorat banklari tomonidan 635 ta loyiha bo‘yicha 7300 mlrd so‘mdan ortiq, shundan sanoat sohasida 354 ta loyihaga 5400 mlrd so‘m, xizmat ko‘rsatish sohasida 110 ta loyihaga 533 mlrd. so‘m va qishloq xo‘jaligi sohasida 171 ta loyihaga 1400 mlrd so‘m miqdorida kreditlar yo‘naltirilgan. Shuningdek, 2017-yil davomida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida qabul qilingan dasturlar doirasida 12994 ta loyihani moliyalashtirish uchun 7890,5 mlrd. so‘mdan ortiq, shundan:
- sanoat sohasidagi 3759 ta loyihaga 4341,8 mlrd. so‘m;
- xizmat ko‘rsatish sohasidagi 5553 ta loyihaga 1803,4 mlrd. so‘m;
- qishloq xo‘jaligi sohasidagi 3682 ta loyihlarga 1745,3 mlrd so‘m miqdorida va uy joy qurilishi va tamirdan chiqarish uchun 6592 mlrd so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi.Iqtisodiyotda investitsion kreditlarning o‘rni o‘zgacha, ular ishlab chiqarishni moderniztsiyalaydi va yangi turdagi tovarlar yaratilishiga turtki beradi.
Ular asosan “2015-2019 yillarda ustuvor ravishda iqtisodiyotning sanoat tarmoqlarini tarkibiy o‘zgartirish,modernizatsiyalash va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirishga qaratilgan Davlat dasturlari" ga kiritilgan investitsion loyihalarni moliyalashtirish maqsadlariga yo‘naltirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |