Iqtisodiyot” fakulteti “Iqtisodiyot” kafedrasi mavzu: “O’zbekiston Respublikasining pul-kredit siyosati” mavzusidagi kurs ishi


Bank krediti va uning foydalanish samaradorligini oshirishning o`ziga



Download 418,34 Kb.
bet4/12
Sana16.03.2022
Hajmi418,34 Kb.
#493110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Azimova

2. Bank krediti va uning foydalanish samaradorligini oshirishning o`ziga
xos xususiyatlari
Moliya bozoriga fond bozoridan tashqari pul bozori ham kiradi. Bu yerda pulning oldi-sotdisi yuz beradi. Pul bozori kredit bozori va valyuta bozoridan iborat. Kredit bozorida pul uni ishlatib turish uchun sotiladi. Valyuta bozorida turli milliy valyutalarning ayirboshlanishi, ya`ni oldi-sotdisi yuz beradi.
Kredit moliya sektorning bir qismi sifatida pul munosabatlarini anglatadi. Kredit moliyadan farqliroq har qanday pulni emas,vaqtinchalik bo`sh turgan pulni qarzga olib ishlatishni anglatadi. Shu sababli kreditlash degan tushuncha bor. Bu pulni qarzga olib xarajatlarning qoplanishini anglatadi.
Bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmi ko`plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko`pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyusiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi. Oldingi mavzuda aytganimizdek, xususiy mulkchilikning paydo bo`lishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro`y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo`lishing umumiy sharoiti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo`jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo`lishi o`z-o`zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste`molning bozorga oid xususiyatini ko`zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun muhim shartlardan biri, ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslarning erkin almashinuvidan iborat.
Bozor iqtisodiyoti bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi, iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Hozirgi zamon iqtisodiy nazariyalarida bozor iqtisodiyoti deganda bozor xo`jaligi subyektlari iqtisodiy hatti-harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning tovar-pul mexanizmi orqali bir-biriga bog`lanib muvofiqlashuvi deb baho beradilar. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning hamma bosqichlarini ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste`mol jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha subyektlarini qamrab oladi.
Bozor iqtisodiyoti subyektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, yollanma ishchilar ham, pirovard iste`molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli qog`ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo`jaligining barcha asosiy sub`ektlari uchta guruhga bo`linadi:
-uy xo`jaliklari;
-korxonalar (tadbirkorlik sektori);
-davlat;
Uy xo`jaliklari – iqtisodiyotning iste`mol sohasida faoliyat qiluvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo`jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste`mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo`jaliklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi.
Tadbirkorlik sektori – bu daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi iqtisodiyotning birlamchi bo`g`inlaridir. Tadbirkorlik sektori ish yuritish uchun o`z kapitalini yoki qarz olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun amaliyotdasarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo`jaligida tovar va xizmatlarni yetkazib beradi.
Davlat – foyda olishni maqsad qilib qo`ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan, har xil byudjet tashkilotlari va muassasalari sifatida namoyon bo`ladi. Shuningdek, ba`zi darslik va o`quv qo`llanmalarda bozor iqtisodiyotining yana bir alohida, mustaqil subyekti sifatida banklar ajratib ko`rsatiladi.
Bank – iqtisodiyotning me`yorda amal qilishi uchun zarur bo`lgan pul massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi. Shunday qilib, yuqorida keltirib o`tilgan bozor iqtisodiyoti subyektlarining o`zaro ta`siri va aloqasini quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin (1-rasm).
Har qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi asosan to`rtta tarkibiy qismdan iborat bo`ladi:
- narx;
- talab va taklif;
- raqobat.



Download 418,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish