Iqtisodiyot asoslariCheklangan monopoliya( sotuvchi bitta, xaridorlar esa bir nechta)
iqtisodiyot asoslari
bozor ichida resurslarni safarbar etish imkoniyatlarining mavjudligi; bozorga erkin kirish va undan chiqib ketish; sotuvchilar hatti - harakatining bir - biriga bog’liq emasligi; ishlab chiqarilayotgan mahsulotning bir turliligi; sotilayotgan mahsulot hajmi; narxlar to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’lish va bu ma’lumotlarning to’liqligi. Monopolistik raqobatda turli firmalar har xil turdagi tovarlarni ishlab chiqaradilar va ularning kapitallari bir tarmoqdan ikkinchi tarmoqqa erkin o’tishi uchun sharoitlar mavjud bo’ladi. Ammo ular o’z faoliyatlarining ayrim tomonlarini deyarli sir tutadilar. Monopolistik raqobat uchun yuqori monopol narxlar va monopol foyda xosdir. Oligopolistik raqobat - shunday bozor tuzilmasiki, unda bir necha yirik korxonalar hukmronlik qiladilarva o’zaro g’ayri narxiy raqobat kurashi olib boradilar. Sof monopolistik raqobat, asosan bir tarmoqda bitta yoki bir necha yirik firmalarning monopolistik xukmronligi natijasida vujudga keladi. Bu monopoliyalarning faoliyatida raqobat ularning foydasi uchun xizmat qiladi. Tarmoq ishlab chiqargan mahsulot, deyarli, ular tomonidan monopol baholarda sotiladi va monopol foyda olinadi. Monopoliyalar monopol foydadan mahrum bo’lmaslik, xom- ashyolarga yakka egalik qilish, sotish bozorlarini saqlab qolish uchun boshqa firmalarga bu tarmoqqa kirishlariga yo’l bermaydilar. Monopoliyalarning ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashganligi, ularga ishlab chiqarish harajatlarini pasaytirishga, tovarlarni sotish bahosi talab va taklif asosida belgilashga sharoit Yaratadi. Bu degani, monopolistik ishlab chiqarish jarayoniga ikkinchi bir firmani kirishi amri mahol. Bu esa ishlab chiqarishning qulay samarasiga salbiy ta’sir etadi. Chunki ishlab chiqarish resurslari monopoliyalar manfaati asosida taqsimlanadi. Agarda bu taqsimot keng ko’lamda amalga oshirilsa ishlab chiqarish harajatlari pasayishi va tovarlarning qiymatini arzonlashuviga olib kelishi mumkin. Raqobatli bozor jarayonining katta ustunligi shundan iboratki, iqtisodiy muammolar shaxssiz tarzda hal etiladi. Raqobatli bozorning yana bir muhim jihati tanlov erkinligidir. Mukammal raqobatning bunday sharti bajarilgan taqdirda, bozorga kirib kelish uchun to’siqlar bo’lmagan holda, tadbirkorlar kasb va faoliyat turini tanlashda erkin bo’ladilar. Bunda ular faqat shaxsiy moyilliklari, talab etiluvchi mablag’ni to’plash qobiliyati bilan cheklanadilar. Quyida sof raqobat sharoitida bozor muvozanati chizma tarzda ifodalangan: Download 5,08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |