Iqtisodiy xavfsizlik



Download 358 Kb.
bet2/12
Sana22.10.2022
Hajmi358 Kb.
#855446
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Ikramov Murodjon hisobot

Tijorat banklarining bank xizmatlarini rivojlantirishning xorij tajribasi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Men IX-60 guruh talabasi Ikramov Murodjon “Iqtisodiy xavfsizlik” ta’lim yo’nalishi bo’yicha bitiruv oldi malaka amaliyotini “Hamkorbank” ATB Yunusobod filialida o’tadim. Amaliyot davrida institut tomonidan berilgan O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1998-yil 30-oktyabridagi 305-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida” Nizomi, Toshkent moliya institutining takomillashgan DTS, bakalavriat ta’lim yo’nalishining malaka talablari va o’quv rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan dasturda ko`rsatilgan mavzularni amaliy jihatdan o`rgandim.
Amaliyot davomida:

  • bank faoliyatining asosiy yo’nalishlari, bank bo’limlari faoliyati va ularning vazifalari, passiv va aktiv operatsiyalari, bank resurslari va ularning shakllanishi, bankning kredit siyosati va uning amalga oshirilishi, bank kapitali va uning tarkibi, bank aktivlari tarkibi va sifatining tahlili, kreditlashni tashkil etish, kredit qo’yilmalari dinimakasi, daromadlari, xarajatlari va bank foydasiga oid amaldagi me’yoriy hujjatlar;

  • bank faoliyatining asosiy ko`rsatkichlari, so’ngi yillardagi moliyaviy faoliyatiga doir iqtisodiy ko’rsatkichlar va statistik ma’lumotlar;

  • bank faoliyatida mavjud muammolar va ularni hal etish maqsadida tizimda amalga oshirilayotgan yangiliklar va islohotlar yo’nalishlari;

  • bank tomonidan xo’jalik yurituvchi subyektlarni kreditlash tartibi;

  • bank faoliyati yuzasidan xorij davlatlarining ko’rsatkichlari bilan tanishdim.



1. “Hamkorbank” ATB Yunusobod filiali faoliyati bilan tanishuv va bank faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari dinamikasi va tahlili
Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida 1991 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bank 30 yil ichida Respublikaning barcha ma’muriy mintaqalarini qamrab olgan keng tarqalgan filiallar tarmogʻini shakllantirdi. 
50 dan ortiq bank mahsulotlari va moliya xizmatlarini taklif etayotgan Bank mijozlarning keng doirasiga xizmat koʻrsatmoqda. Xizmat koʻrsatishning keng tarmogʻi bank mijozlar uchun yanada jozibali va qulay boʻlishiga koʻmaklashmoqda. Yuridik shaxslar, jumladan, yirik kompaniyalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari, mikrofirmalar, tadbirkorlar va jismoniy shaxslar bank mijozlari hisoblanadi.
Bank faoliyatining asosiy yoʻnalishlari Oʻzbekiston iqtisodiyotining real sektorini kreditlash, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va yangi ish oʻrinlarini yaratishga koʻmaklashish maqsadida texnik va texnologik modernizatsiyalash boʻyicha loyihalarni moliyalashtirishdan iborat. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash bank faoliyatida alohida oʻrin tutadi. Bunda bank, mamlakat moliyaviy bozorini rivojlantirishdan tashqari, oʻz omonatchilari, mijozlari va aksiyadorlari manfaatlarini ham yuqori qoʻyadi. Mikromoliyalashtirish, kichik biznes sub’ektlarini kreditlash, savdoni moliyalashtirish va institutsional taraqqiyotga texnik koʻmak berish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan xalqaro moliya institutlari (XMI) bilan 10 yildan ortiq vaqtdan buyon muvaffaqiyatli hamkorlik olib borilayotganligi Bank ishonchliligi va barqarorligining muhim koʻrsatkichidir. XMI bilan hamkorlik bank rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
Xalqaro va mahalliy kapital bozorlariga muvaffaqiyatli tarzda kirib borishi va ishonchli qarz oluvchi sifatida obroʻ-e’tibor qozonishi xalqaro investorlar tomonidan Bankka boʻlgan ishonchning tobora oʻshib borayotganligining dalilidir. Bank aksiyalarining bir qismi Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC), Gollandiya banki (FMO) va responsAbility investitsion kompaniyasi tomonidan xarid qilinishi buning isboti boʻldi va bu bankning investitsion jozibadorligini ancha yuksaltirdi.
Mijozlar va biznes boʻyicha hamkorlar oldidagi majburiyatlarning aniq bajarilishi, shuningdek, amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya qilinishi bankka oʻz obroʻ-e’tiborini doimiy ravishda oshirib borishga yordam bermoqda. Bankning barcha moliyaviy hisobotlari 2000 yildan boshlab xalqaro auditorlik kompaniyalari tomonidan mustaqil tekshiruvdan oʻtkazilmoqda. Bankning kreditga qodirligi va moliyaviy barqarorligi 2007 yildan boshlab xalqaro reyting agentliklari tomonidan tasdiqlanmoqda.
Raqobatchilar orasida Bank oʻzini biznes boʻyicha ishonchli hamkor sifatida namoyon etmoqda hamda oʻsish, rivojlanish, samaradorlik va bozordagi hissasini oshirishga intilgan holda oʻz faoliyatini amalga oshirishga harakat qilmoqda.
Mustaqillik yillarida Bank iqtisodiyot tarkiban chuqur qayta qurilishini ta’minlovchi loyihalarni moliyaladi. Bular, neft va metallarni qazib olish hamda qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, kimyo sanoati hamda mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish, to‘qimachilik sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, sayyohlik, havo va temir yo‘l transporti, aloqa, Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish loyihalari va O‘zbekiston iqtisodiyotining yangi qiyofasini shakllantiruvchi boshqa ko‘plab loyihalardir. Mamlakatimizning iqtisodiy muhim hisoblanuvchi barcha mintaqalarida joylashgan 50 ga yaqin filiali keng doiradagi xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlamoqda.
Hamkorbank keng doirada yuritayotgan faoliyat ichki va xalqaro bank operatsiyalarining amalda barcha sohalarini qamrab olgan.
Endi u xalqaro andozalar darajasida bank xizmatlari ko‘rsatish imkonini beruvchi zamonaviy bank texnologiyalarini rivojlantirmoqda. Bank xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy banklar va eksport-import agentliklari ajratayotgan kredit yo‘nalishlaridan foydalanish maqsadida korporativ xizmatlar ko‘rstib, ular bilan aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash borasida aniq maqsadli siyosat yuritmoqda.
Xususan:
- Bank tomonidan eksport-import bo‘yicha kreditlashning bo‘nak to‘lovlari qaytarilishi, kontraktlar ijro etilishi yuzasidan kafolatlar berish, veksellarni diskontlash, forfeyting, faktoring, o‘zbekistonlik eksportchilarga bevosita bank kreditlari berish, loyihalarni moliyalash, eksport-kredit agentliklari ishtirokida eksport-importni moliyalash kabi mexanizmlari qo‘llanilayapti. To‘lov muddati suriladigan akkreditivlar qo‘llanilmoqda, mijoz tovarni yetkazib berayotganda va sotayotganda mablag‘larni konsignatsiya shartlarida bir martalik konvertatsiyalash ishlari amalga oshirilayapti;
- Hamkorbank loyihalarni moliyalashda yangi korxonalar qurish, ishlab turganlarini modernizatsiyalash yoki texnik qayta qurollantirish (jumladan, mashina-uskunalar sotib olish, qurilish-montaj va boshqa ishlarni bajarish), shuningdek ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari normal faoliyat yuritishini ta’minlash uchun zarur xom ashyo va materiallarning bir qismini sotib olish ko‘zda tutilgan investitsiya loyihalarini moliyalashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Kreditlar iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida tarkibiy o‘zgartishlarni ta’minlovchi eng muhim investitsiya loyihalarini moliyalash uchun mo‘ljallangan. Yirik xalqaro moliya muassasalari kredit yo‘nalishlarining aksariyat qismi tijorat asosida, bevosita hukumat kafolatlari taqdim etmasdan jalb qilinmoqda;
- investitsiyalashga doir bank ishi Hamkorbank investitsiya banki sifatida mamlakatimizda infrastrukturasi rivojlangan, O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarni faol qo‘llab-quvvatlayotgan, moliya hamda sanoat sho’balari rivojlanishiga yordam berayotgan eng katta banklardan biri hisoblanadi. Bankning investitsiya portfeli to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati, qurilish, agrobiznes, transport va sayyohlik, moliya sho’basi korxonalarining aksiyalarini qamrab olgan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, uning investitsiya loyihalarini moliyalash – bank faoliyatidagi shubhasiz ustuvor yo‘nalishdir;
Chakana xizmatlar:
- omonatlar aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar doirasini kengaytirish siyosatiga qat’iy amal qilib, bank aholining jalb etilgan mablag‘lari va xususiy omonatlar bo‘yicha mamlakatimiz moliya bozorida yetakchilar safiga qo‘shildi. Hozirgi kunda Bank chakana xizmatlarning 70 dan ziyod turini taqdim etmoqda. Hamkorbank bo‘lim va filiallari orqali ko‘rsatiladigan elektron xizmatlar doirasi kengayishi, aholining bankka ishonchi ortishi, omonatlar shartlarini maqbullashtirish, yangi depozitlarni ishlab chiqish va joriy etish, xizmatlar sifatini oshirish borasida aniq maqsadli ishlar olib borilishi natijasida mijozlar soni ancha ko‘paydi. Amalga oshirilgan ishlar Hamkorbankka aholining jalb etilgan depozitlari bo‘yicha O‘zbekistonda peshqadamlik mavqeini egallash imkonini berdi;
- plastik kartochkalar bank aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarni rivojlantirish borasida plastik kartochkalarning har xil turlariga katta ahamiyat berib qaramoqda. Ularni joriy etishda Hamkorbank eng zamonaviy texnologiyalardan dadil foydalanib, chinakam novatorlik qilayapti. Hamkorbank kartochkalari bo‘yicha to‘lovni qabul qiladigan savdo-servis korxonalari tarmog‘i kengayishi bu kartochkalar aholi orasida yanada ommalashib ketishiga yangi turtki berdi. Hamkorbank milliy valutada hisob-kitoblar qilish uchun mo‘ljallangan so‘m kartochkalari, Visa Classic va Visa Electron xalqaro kartochkalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, Hamkorbank O‘zbekistonning o‘zida ham, undan tashqarida ham xizmatlar va mahsulotlarning quyidagi yangi turlarini taklif qilishi mumkin:
- elektron banking
Bankning bo‘lim va filiallari mamlakatimizning iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan barcha mintaqalarida joylashgan. Ular mijozlarga bank xizmatlarining butun kompleksini taqdim etayapti, elektron banking tizimi, ya’ni bankomatlar, savdo va servis korxonalaridagi terminallar orqali zamonaviy bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlayapti;
- “Bank-mijoz” tizimi
“Bank-mijoz” dasturiy kompleksi bank bilan mijoz avtomatlashtirilgan tarzda o‘zaro hamjihat ishlashi uchun mo‘ljallangan, pul mablag‘larini real vaqt rejimida tezkor boshqarish imkoniyatini oshirishda yordam beradi. AFIRTIFOning 25-yillik konferensiyasi va Bosh assambleyasi o‘tkazilayotganda bank ilgari surgan “Mijozlarga masofadan elektron xizmatlar ko‘rsatish tizimi” mahsuloti uchun “Texnologiyalarni rivojlantirish” nominatsiyasida Hamkorbankka AFIRTIFO mukofoti taqdim etildi.
Hamkorbank O‘zbekiston kredit bozorida peshqadamlik qilmoqda. Bank sanoatning barcha tarmoqlariga hamda mulkchilikning har qanday shakliga mansub korxona va tashkilotlarga milliy va xorijiy valutada kreditlar berayapti. Bank oborot sarmoyasini moliyalash, eksport va importni moliyalash, loyihalarni moliyalash uchun kreditlar ajratmoqda.Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, uning investitsiya loyihalarini moliyalash – Bank faoliyatining so‘zsiz ustuvor yo‘nalishidir.O‘zbekiston bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida eksport-import operatsiyalarini bajarish, yagona bank fazosini shakllantirish uchun ishonchli moliya tuzilmasi bo‘lishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Aziya-Invest Bank” sho‘’ba banki Rossiya moliya bozorida mustahkam mavqeni egallab turibdi.
Hozirda bankning asosiy kuch-g‘ayrati ustuvor tarmoqlarga xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, Kichik va o‘rta biznes loyihalarini amalga oshirish, korporativ va chakana mijozlar doirasini kengaytirish, fond bozoridagi ish samaradorligini oshirish, Hamkorbankni institutsional rivojlantirish va xususiylashtirish dasturini ishlab chiqish kabi vazifalarga yo‘naltirilmoqda. Hozirgi kunda bank:
-Bank WESTERN UNION, UNISTREAM, CASPIAN MONEY TRANSFER, ЗОЛОТАЯ КОРОНА, ЛИДЕР, CONTACT, MONEY GRAM, ANELIK kabi xalqaro pul o’tkazmalari tizimlari bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o’rnatib kelmoqda.

Download 358 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish