Iqtisodiy xavfsizlik


Bank xizmatlari bo’yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar



Download 358 Kb.
bet4/12
Sana22.10.2022
Hajmi358 Kb.
#855446
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Ikramov Murodjon hisobot

2. Bank xizmatlari bo’yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar
Respublikamizda tijorat banklarining bank xizmatlarini amalga oshirishning huquqiy bazasi shakllangan. Jumladan, O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolik kodeksi”, “O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida”, “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”, O’zbekiston Respublikasining «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida», «Banklar va bank faoliyati to’g’risida» gi qonunlariga, shuningdek “Banklarni ro’yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998 yil 9 noyabrda tasdiqlangan nizomga asosan bank xizmatlarini amalga oshiriladi.
Hozirgi paytga kelib huquqiy jihatdan yangi bank xizmatlari uchun asos bo’lib quyidagi hujjatlar amal qiladi:

  • O’zbekiston Respublikasi “Fuqarolik kodeksi”;

  • Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi Qonun” 25.04.1996 y.;

  • Elektron shifrli imzo to’g’risida”gi Qonun 11.12.2003 g. N 562-II;

  • "Elektron tijorat to’g’risida"gi Qonun 29.04.2004 y. N 613-II;

  • Elektron hujjat aylanishi to’g’risida” Qonun 2004 yil 29 aprel 611-II-son;

  • Elektron to’lovlar to’g’risida” Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2005 yil 2 noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2005 yil 3 dekabrda ma’qullangan;

  • Axborotlashtirish to’g’risida” Qonun 11 dekabr 2003 yil 560-II-son;

  • Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to’g’risida” Qonun 2006 yil 4 aprel O’RQ-30-son;

  • "Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to’g’risida"gi qarori Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 26 sentyabrdagi 215-sonli;

  • O’zbekiston Respublikasi bank tizimida elektron raqamli imzo va shifrlash kalitlaridan foydalanish tartibi to’g’risida” 2006 yil 17 yanvardagi632 (1/10) sonli NIZOM;

  • O’zbekiston Respublikasi banklari o’rtasida elektron to’lovlar tizimi bo’yicha hisob-kitoblar yuritish to’g’risida” 1010-1-sonli O’zR AV 22.06.2004 y NIZOM;

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli Qarori “2011-2015 yillarda respublika bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishish bo’yicha chora-tadbirlar majmuasi”

  • O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 23 mart kuni «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi Qarorni

Mijoz nomidan hisobvaraqdagi mablag’larni o’tkazish va berish haqida ko’rsatma beradigan shaxslarning huquqlari mijoz tomonidan bankka qonunda nazarda tutilgan, qonunga muvofiq bank qoidalari hamda bank hisobvarag’i shartnomasi bilan belgilangan hujjatlarni taqdim etish yo’li bilan tasdiqlanadi.
2003 yildagi № 562-II "Elektron raqamli imzo to’g’risida"gi Qonunning joriy etilishi endilikda ERI (Elektron raqamli imzo)ning huquqiy tomondan endilikda qog’ozga oddiy qo’lda qo’yilgan imzo bilan teng baravar kuchga ega ekanligini kafolatlagan bo’lsa, boshqa tomondan ERI lardan foydalanish sohasidagi umumiy nazoratning qay darajada olib borilishi shartlarini ham belgilab berdi.
Elektron raqamli imzo – bu 128 bit, 256 bit va h.k. hajmdagi ma’lumotlar paketiga qo’shiluvchi hamda mijozdan bankka boruvchi ma’lumotlar kombinatsiyasidir. Bank serverida elektron imzoning ma’lumotlar paketi rekvizitlariga mos kelishi identifikatsiyasi amalga oshiriladi. Ruxsatsiz ma’lumotlarni tutib olish holatlari bo’lmasligi uchun ma’lumotlar jo’natilishidan oldin (ma’lum bir shifrlash kaliti yordamida) shifrlanadi.
Yuqoridagi qonundan kelib chiqqan holda, elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o’zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo’qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, faqat imzo qo’yuvchi shaxsning o’ziga ma’lum bo’lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun mo’ljallangan belgilar ketma-ketligi;
Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti - elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo’ljallangan belgilar ketma-ketligi;
Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u maxsus vakolat bergan organ amalga oshiradi.
Elektron hujjatdagi elektron raqamli imzo ayni bir vaqtning o’zida quyidagi shartlarga rioya etilgan takdirda qog’oz hujjatga qo’lda o’zi qo’ygan imzo bilan bir xil ahamiyatga egadir, agar:

  • elektron raqamli imzoning haqiqiyligi tasdiqlangan bo’lsa;

  • elektron raqamli imzoning haqiqiyligi tasdiqlangan paytda yoki imzolash paytini belgilovchi dalillar bo’lganda elektron hujjat imzolanayotgan paytda elektron raqamli imzo kalitining sertifikati amal qilib turgan bo’lsa;

  • elektron raqamli imzodan elektron raqamli imzo kalitining sertifikatida ko’rsatilgan maqsadlarda foydalanilayotgan bo’lsa.

Elektron raqamli imzo vositalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlashtirilishi lozim.
Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron hujjat shaklida va qog’oz hujjat shaklida tayyorlanishi mumkin.
“Elektron raqamli imzo to’g’risida”gi qonunga ko’ra hisob raqamlar ochilishi va kelishuvlardagi shartnomalarning tuzilishi bir muncha soddalashtirilishi ko’zlangan edi, shunda oldindan tuziladigan qog’ozdagi rasmiyatchilik kelishuv bitimlariga hojat qolmasdi. Lekin ko’zlangan natija ro’y bermadi. Internet hisob raqamiga shartnoma imzolangandan keyin ko’pchilik hollarda yana avvalgi odatiy normalarga murojaat etilishi amaliyotda juda ko’p kuzatilmoqda.



Download 358 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish