Markazlashuv mujassamlashuvning bir ko‘rinishidir. Bu yerda ishlab chiqarish korxonalari yoki boshqa tashkilotlar va sohalarni asosan birgina shaharda joylashuvi tushuniladi. Ayni paytda mamlakat yoki xo‘jalik boshqaruvining bunday tizimi yakka hokimlik-monopoliyaga olib kelishi turgan gap, bu esa maqsadga nomuvofiqdir.
Yuqoridagi ma'noda mujassamlashuv tushunchasi hamma vaqt markaz tushunchasini ifodalaydi. Shubhasizki, bu markaz balandroq turishi, ko‘zga yaqqol va darhol tashlanishi lozim. Ammo, «markaz» deganda shaharlarni um uman sanoat yoki madaniyat markazi sifatida qarash ham to 'g 'ri bo‘lmaydi. Q olaversa, ham m a sh a h arlar ham sa n o a t, m ad an iy at markazidir. Shuning uchun shaharning aynan qaysi sanoat tarm og‘i markazi ekanligini aniqlash ma’qulroq hisoblanadi. Chunonchi, Angren um uman sanoat markazi emas, balki k o ‘m ir sanoat m arkazi, M arg‘ilon yoki N am angan esa to ‘qimachilik, Asaka xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda bunyod etilayotgan mashinasozlik sanoatining markazlari ekanligini ko‘rsatish to ‘g‘riroq bo‘ladi.
55
Do'stlaringiz bilan baham: |