Iqtisodiy va



Download 19,79 Mb.
bet38/77
Sana30.08.2021
Hajmi19,79 Mb.
#159607
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   77
Bog'liq
'Иктисодий ва сиёсий география асослари

Kooperatsiya pirovard natijada muayyan bir mahsulot yaratish uchun turli korxonalarning hamkorligidir. Bu korxo- nalar faqat bir yoki ikki tarmoqqa tegishli bo‘lmasligi mumkin. Shu bilan birga kooperatsiyada hududiy birlik, barcha ixtisos­ lashgan korxonalarning bir joyda o ‘rinlashuvi uncha sezil-

57


maydi va, aksincha, ularning tarqoq holda joylashuvi ku- zatiladi.



Kooperatsiyada qatnashuvchi korxonalar soni vujudga kelayotgan mahsulotning murakkabligiga bog‘liq. Chunon- chi, mashinasozlikda, aniqrog‘i yengil va yuk mashinalarini ishlab chiqarish uchun juda ko‘p ehtiyot qismlar, detallar kerak. Shu bois bunday mashinalarning yaratilishida yuzlab ixtisoslashgan korxonalarning ulushi bor. Masalan, Moskvada yengil avtomobil yoki Lixachev nomli zavod, Tolyattidagi Volga avtomobil zavodi (Jiguli) va shunga o'xshash birlash- malar 200 va undan ortiq korxonalar bilan hamkorlik qiladi. M adomiki asosiy yakunlovchi yoki yig‘uvchi bosh korxona ko‘p joydan asbob-uskunalar, detail va jihozlar olar ekan, u transport geografik jihatdan qulay nuqtada o'rinlashuvi zarur. Kombinatsiya kombinatlash kooperatsiyaga o ‘xshab kor­ xonalar birlashmasidan iborat. Ammo bu yerda tarqoq holda joylashgan birlik emas, balki ularning hududiy umumiyligi tu s h u n i la d i . S h u sa b a b l i k o m b in a t s iy a d a , k o o p e r a t s iy a d a n farqli o ‘laroq, ko‘proq hududiylik namoyon bo‘ladi. Bu ikki, yuzaki qaraganda bir-biriga o ‘xshash tushuncha o ‘rtasida boshqa farqlar ham bor. Xullas bu shaklni qayerda «kom- binat» so‘zini uchratsak,uni o ‘sha sohada ko‘ramiz, hatto aholiga xizmat ko'rsatuvchi tarm oqlarda ham (maishiy xiz­

mat kom binatlari).



Sanoatda kom binatlar bir necha texnologik jihatdan bog‘liq bo'lgan zavod yoki sexlardan tashkil topgan bo ‘ladi. Chunonchi, qora metallurgiya kom binatlari,aniqrog‘i to ‘la siklli kombinatlar cho'yan, p o ‘lat va prokat ishlab chiqaruv­ chi zavodlar birlashmasidir. Agar ularning bittasi bo‘lmasa, u holda kombinat to ‘liq siklga ega emas (Bekoboddagi 0 ‘zbek metallurgiya kombinati xuddi shunday korxonalardandir). T o‘qimachilik kom binatlari yigiruv, bo‘yoqlash,tayyorlash sexlaridan iborat. Xom ashyo bitta — paxta tolasi yoki pilla m ahsuloti. G o ‘sht kom binatida ham yagona xom ashyo asosida bir necha mahsulot: go'sht, konserva, kolbasa kabi boshqa mahsulotlar olinadi. Uning chiqindisidan, masalan, suyak va qondan qishloq xo'jaligi va tibbiyot sohasida foydalanish mumkin, terisi esa oshlangandan so‘ng charm -

58



poyafzal sanoatida ishlatiladi. 0 ‘rmon, sement-shifer, kimyo kombinatlarining tuzilishi ham xuddi shunday. Qolaversa, m arkazlashgan issiqlik elektr stansiyalari ham kom binat xususiyatiga ega, chunki ular ayni paytda elektr energiyasi va par (bug‘) beradi.

Shunday qilib, kombinatsiya sanoat tarmoqlarining ko‘p- chiligiga xosdir. Faqat mashinasozikda «kombinat» so‘zini uchratmaym iz, ammo mohiyatan bu yerda ham u mavjud, zotan metalldan asosiy mahsulot bilan bir qatorda xalq iste'­ mol mollari ham ishlab chiqariladi. Masalan, Toshkentdagi Chkalov nomli aviatsiya birlashmasi samolyotdan tashqari avtomobil uchun ba'zi bir ehtiyot qismlar, bolalar aravachasi (kolyaska) va shunga o‘xshash turli xil xalq iste'mol mollarini ham ishlab chiqaradi.

U m um an olganda, ishlab chiqarishning ijtim oiy shakl­ lari o ‘zaro bog‘liq. C hunonchi, ixtisoslashgan korxonalar yoki kooperatsiya va kombinatsiya doirasidagi ishlab chiqa­ rish b o ‘g‘inlari ham u yoki bu ko‘rinishda mujassamlashuv- ni anglatadi. Biroq bu yerda ularning bir joyda to ‘plangan- ligi, yig‘ilganlik darajasi boshqa joylarga nisbatan yuqori b o ‘lishi lozim , aks holda tom m a'noda mujassamlashuv b o ‘lmaydi.



Mujassamlashuv yoki ixtisoslashuv ayni paytda shu soha- ning rivojlanganligidan dalolat beradi. Ammo bu rivojlangan- lik mujassamlashuvda korxona yoki tashkilotning kattaligi, ko‘lami bilan o‘lchansa ixtisoslashuvda esa u o ‘z ifodasining yagonaligi, noyobligi va betakrorligida topadi.

Hozirgi sharoitda mamlakat iqtisodiyotini ham «pastdan» ham «yuqoridan» qurish lozim. Binobarin, xorijiy davlatlar sarmoyalari orqali yoki ular bilan hamkorlikda barpo etilayot- gan sanoat korxonalari uchun ularga zarur bo‘lgan texnologik qismlar, detal va dastgohlarni o‘zimizda tayyorlash imkoniyat- larini vujudga keltirish zamon talabidir. Shu bilan birga mavjud imkoniyat va resurslardan to ‘la foydalangan holda mamlakatimiz hududida ko‘proq tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni rivojlantirish va jahon bozorida faol ishtirok etishiga katta ahamiyat berish lozim.
59



SA V O L VA T O P S H IR IQ L A R

Download 19,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish