Iqtisodiy va madaniy hayot


Abu Bakr Muhammad Narshaxiy



Download 107,86 Kb.
bet29/48
Sana02.03.2022
Hajmi107,86 Kb.
#478882
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   48
Bog'liq
O\'ZBEKISTON

Abu Bakr Muhammad Narshaxiy (899-959). Narshaxiy, Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far ibn Zakariyya al-Xattob ibn Sharik an-Narshaxiy-tarixchi olim. Buxoroning (hozirgi Vobkent tumanida) Narshax qishlog’ida tug’ilgan. Tarjimai holiga oid ma’lumotlar kam. Somoniylar saroyida kotiblik qilgan. Narshaxiy 943-944 yillarda «Buxoro tarixi» nomli asarini arab tilida yozib, uni somoniylar amiri Nuh ibn Nasr (hukmronlik davri: 943-954)ga bag’ishlagan. Asar qo’lyozma nusxalarda va hozirgi zamon ilmiy tarixiy adabiyotlarda «Tarixi Narshaxiy», «Taxqiq ul–Viloyat» («Viloyat haqiqatini aniqlash»), «Axbori Buxoro» («Buxoro haqida xabarlar») kabi nomlar bilan atalib kelingan. Asarning turli nomlar bilan atalishiga ham sabablar bor. Bu asarning Narshaxiy tomonidan yozilgan dastlabki asl nusxasi saqlanib qolmagan. Uning bizgacha yetib kelgan qismi 1128 yilda Quva shahridan bo’lgan Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al-Quboviy arab tilidan fors tiliga qisqartirib tarjima qilgan nusxasidir. Undan keyingi yillarda ham Narshaxiyning asari bir necha tahrirlarga uchragan, ba’zi matnlari qisqartirilgan va so’nggi voqealar asosida to’ldirilgan. Abu Nasr Ahmad Qubaviy asar matnini qisqartirish bilan chegaralanmay, balki Tabariy, Abu Hasan Nishopuriyning «Hazoiq ul –ulum», Ibrohimning «Axbar–i Muqanna» kabi asarlaridan foydalanib, uni to’ldiradi. Ana shu tariqa, Buxoro tarixiga Narshaxiy yashab o’tgan davrdan keyingi, 1178-1179 yillardan 1220 yillarga qadar bo’lib o’tgan tarixiy voqealar kirib qolgan.
«Buxoro tarixi» asari o’zining ilmiy ahamiyatini yo’qotmagan va hozirgi kunda Somoniylar davri tarixi bo’yicha eng noyob, qimmatli asar hisoblanadi. Asarda Somoniylar davlatining siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy hayotiga oid ma’lumotlar keltirilgan. Movarounnahr va Xuroson aholisining arab bosqinchilariga qarshi Muqanna boshchiligidagi qo’zg’oloni bilan bog’liq bo’lgan ma’lumotlar ham bu asarda ma’lum darajada o’z ifodasini topgan. Narshaxiy saroy tarixchisi bo’lganligi sababli hukmron tabaqa siyosatini yoqlab, xalqning hokimiyatga chiqishini qoralagan.

Download 107,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish