IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
188
sanoat yoki madaniyat markazi sifatida qarash ham to‗g‗ri bo‗lmaydi. Qolaversa,
barcha shaharlar ham sanoat, madaniyat markazidir. Shuning uchun shahar aynan
qaysi sanoat tarmog‗i markazi ekanligini aniqlash ma‘qulroq hisoblanadi.
Chunonchi, Angren umuman sanoat markazi emas, balki ko‗mir (yoqilg‗i) sanoat
markazi, Marg‗ilon yoki Namangan – to‗qimachilik, Asaka – mashinasozlik
sanoatining markazi.
Ixtisoslashuv ham ishlab chiqarishni tashkil etishning muhim shakli bo‗lib, u
hududiy mehnat taqsimoti va iqtisodiy rayonlarning tarkib topishi bilan
chambarchas bog‗liq. Uning uch bosqichi va uch turi mavjud. Ixtisoslashuvning
uch bosqichi deganda,
Do'stlaringiz bilan baham: |