IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
195
Erkin iqtisodiy hududlar tashkil qilishda ikkita kontseptual yondashish
qo‗llaniladi: hududiy va funksional (nuqtali). Birinchi holatda, hududdagi barcha
rezident korxonalar xo‗jalik faoliyatida imtiyozlardan foydalanadilar.
Erkin iqtisodiy hududlarning eng oddiy ko‗rinishlaridan biri erkin bojxona
(bojsiz) hududlari (EBH) hisoblanadi. Bu hududlar erkin savdo hududlari kabi
birinchi avlod hududlariga kiradi. Ular XVII-XVIII asrlardan buyon mavjud.
Bunday hududlar ko‗pincha ―Bond omborlari‖ yoki ―Erkin bojxona hududlar‖ deb
ataladi. Erkin bojxona hududlari tovar olib kirish va olib chiqishda bojdan ozod
qilinadi. Ular ko‗plab mamlakatlarda mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |