barqarorlashtirish uchun kishilarda vatanparvarlik xis tuyg’usini uyg’otish zarurligini
yaxshi tushingan.
Navoiyning dastlabki ijtimoiy-iqtisodiy fikrlari shakllangan asari «Hiloliya»
hisoblanadi. U shaxsning tarixdagi roliga katta e’tibor berib,
mamlakatning iqtisodiy
ahvoli mamlakat xukmdorining akl-idroki va qobiliyatiga bog’liq deb aytib beradi.
Agar mamlakat hukmdori fanlarni, ayniqsa iqtisodig’t, tarix, falsafa va sig’siy
fanlarni mukammal bilsa, o’zi boshqarag’tgan mamlakat obod va badavlat bo’ladi,
agar teskari bo’lsa, mamlakat qashshoq va xarob bo’ladi, deydi Navoiy. Keyinchalik
jamiyatning rivojlanishida iqtisodchilarning va davlat arboblarining roli katta
ekanligini ingliz olimi J.M.Keyns ham qayd qilib o’tadi.
Navoiy mamlakat iqtisodig’tini yuksaltirishda qishloq xo’jaligi ishlab
chiqarishiga alohida e’tibor berdi. Milliy daromadning asosiy qismini qishloq
xo’jaligida etishtirilar edi. Uning fikricha Markaziy Osig’
sharoitida irrigatsiya
inshootlarini kengaytirish – dehqonchilikni rivojlantirishga olib keluvchi muhim
omillardan hisoblanadi. Shu bois juda ko’p kanal va ariqlar qazildi. Asosiy ishlab
chiqarish vositasi bo’lgan erni kengaytirishga uning unumdorligini oshirishga katta
e’tibor berildi.
Navoiy boylikni ikki yo’l bilan topish mumkin deydi. Birinchi yo’l - bu o’z
mehnati bilan boylik to’plash, yig’ish va o’ziga to’q yashash. Bunday boylikni u
qo’llab-quvvatlagan. Navoiy olingan boylikni uch qismga bo’lib, ya’ni birinchi
qismini ketgan xarajatlarga, ikkinchi qismini o’zining va oilasining ehtig’jlariga,
uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlariga sarflashni tavsiya etgan.
Navoiy ko’pgina madrasa,
shifoxona, hammom, ko’prik va boshqalarni o’z hisobidan
qurdirgan. Boylik topishning ikkinchi yo’li - bu o’g’irlik, ta’magarlik va zo’rlik
hisobiga boylik orttirishdir. Navoiy bunday boylik orttirishga keskin qarshi chiqdi,
qoraladi.
Alisher Navoiy o’zining «Mahbub-ul-qulub» (1500 y.) asarida jamiyatning
boyishida savdo-sotiq, tijorat ishlari muhim rol o’ynashi haqidagi iqtisodiy g’oyani
merkantilistlardan bir asr ilgariroq asoslab bergan ekan “Savdogar, -deb yozadi
buyuk allomamiz, - yolg’iz foydani niyat qilmasligi”, “savdo
qilib foyda topaman,
deb ortiqcha kema surmasligi”, “mol va pul ko’paytiraman, deb jonsarak bo’lmasligi
kerak”, “savdogar boj-xirmi berish o’rniga o’z molini yashirib, o’z obro’sini
to’kmasa yoki topgan-tutganini merosxo’rlari sotib sovurishi uchun to’plab qo’ymasa
yoki biror yomon hodisa qo’zg’ash uchun sarflamasa, jamg’armasi yaxshi bo’ladi”.
Allomaning savdogarlar to’g’risidagi ushbu fikrlari xuddi bugun bizning
savdogarlar va tijoratchilar uchun aytilayotgandek tuyuladi. Mamlakatdagi ijtimoiy
guruhlarning jamiyatda tutgan o’rnini ko’rsatib berishga harakat qiladi. Uning
fikricha dehqonlar, hunarmandlar va chet el bilan aloqasi
bor savdogarlar jamiyatda
moddiy boylik etishtirishda, yaratishda va mamlakatning boyligini ko’paytirishda
muhim o’rin tutadi. Navoiy dehqon va uning ishlab chiqarishdagi roli to’g’risida
quyidagi fikrlarni bildiradi: «Don sochuvchi dehqon erni g’rish bilan rizq yo’lini
ochuvchidir». U yozadi, “Olamning obodonligi dehqondan, mehnat ahli shodon, ular
shodon”. “Dehqon qanday ekin ekishga qilsa harakat – elga ham oziq-ovqat etkazar,
33
ham barakat”. Shu bilan birga u dehqon mehnatini ulug’lab, uning moddiy boylik
yaratishdagi hatti harakatini quyidagicha tasvirlab berdi:
«Har
ne qilsalar harakat,
Xalqqa ham etar ovqat ham barakat».
Navoiy ijtimoiy hag’tga odamlarning birgalikdagi faoliyati sifatida qaraydi.
Uning fikriga ko’ra, kishi yakka holda hech narsa ishlab chiqara olmaydi. U biron
narsani ishlab chiqarish uchun boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan munosabatda
bo’lishi kerak. Masalan, dehqonga mehnat qurollari zarur bo’lsa, hunarmandlarga non
kerak, dehqonga ham, chorvadorga ham hunarmandchilik va attorlik mahsulollari
zarur. Dehqon mehnatini mahsulini novvoy, unfurush, qo’shchi va o’roqchi,
mashshoqchi va boshqalar orziqib kutadi.
Shu bilan birga dehqon ham
hunarmandning, chorvadorning va boshqalarning mehnat mahsulotiga muxtoj.
Ularsiz u hech narsa ishlab chiqara olmaydi. Navoiy fikricha, dehqon mehnati bilan
o’z ehtig’ji uchun zarur bo’lgan mahsulot miqdoridan ko’ra ko’proq ishlab chiqarib,
jamiyat va uning ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan qismini ham moddiy
ne’matlar bilan ta’minlaydi. Uning mana shu fikri fiziokratlarning qo’shimcha
mahsulot faqat qishloq xo’jaligida yaratiladi degan fikriga mos tushadi. Navoiy
qishloq xo’jaligining rivojlanishi mamlakat qudratini oshirishda katta ahamiyat kasb
etadi, degan ilg’or fikrini ilgari suradi. Bu fikr o’sha davr, ya’ni
feodalizm
rivojlangan, uning negizini dehqonchilik tashkil qilgan bir davrda to’g’ri fikr bo’lib
qolmaygina, balki tarixiy haqiqat hamdir.
Navoiy xalqaro savdo sohasida faoliyat yurituvchilarga nisbatan ijobiy
munosabatda bo’lsada, mamlakat ichkarisida ish yuritag’tgan savdogarlar, ya’ni olib
sotarlarga nisbatan salbiy munosabatda bo’lgan. Uning fikricha, olib sotarlar «o’ziga
foyda va boshqalarga qaxat istovchi ... arzon olib qimmat sotish», ya’ni xalqni zarari
hisobiga foyda ko’ruvchilardir.
Navoiy intelektual mehnatni, ya’ni olimlar va boshqa shu kabilarning
mehnatini jamiyat uchun zarur deb ko’rsatib berdi va ularni o’z mas’uliyat va
burchlarini sezishga chaqirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: