“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/141
Sana02.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#98424
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   141
Bog'liq
2 5346218081372865191

Tayanch iboralari: 
- merkantilizm; 
- dastlabki 
merkantilizim; 
- keyingi 
merkantilizm; 
- «pul 
balansi»; 
- «savdo 
balansi». 
-  
Asosiy adabiyotlar: 
2,3,4,5,8,9,11,13,14,15,16,17. 
 
 
Qo’shimcha adabiyotlar: 
1,2,4,7,10. 
46 


 
 
 
   4-MAVZU.   KLASSIK IQTISODIY MAKTABNING       
VUJUDGA KELISHI. 
 
Reja: 
1.  Uilyam Petti-klassik iqtisodiy maktabning asoschisi, uning boylik, qiymat, 
pul va daromadlar to’g’risidagi nazariyalari. 
2.  Pe’r Buagilberning iqtisodiy ta’limotining o’ziga xosligi. 
3.  Fiziokratizm - F.Kene - fiziokratlar ta’limotining asoschisi. 
4.  Fiziokratizmning ahamiyati va tarixiy taqdiri. 
 
Muammoli savollar: 
Klassik ta’limot deganda qanday ta’limotni tushunish §arb mamlakatlarida 
vujudga keldig’ Pettining boylik va pul haqidagi ta’limotining qanday jihati diqqatiga 
sazovor deb hisoblaysizg’ Petti qaysi masalani echa olmaydig’ Frantsuz klassik 
maktabining eng muhim ta’limoti qanday ta’limotg’ Nima uchun fiziokratlar qishloq 
xo’jaligidan boshqa tarmoqda boylik yaratilmaydi deb hisoblaganlarg’ 
 
 
Merkantilizmning emirilishi va klassik sig’siy iqtisod maktabining paydo 
bo’lishi (Angliyada) XVII asrga to’g’ri keladi. XVI asrning o’rtalarida boshlangan 
manufaktura davri XVII asrga kelib sanoatning ayrim tarmoqlarining rivojlanishiga 
olib keldi. Shuni aytib o’tish lozimki, birinchi iqtisodiy klassik maktab sifatida §arbiy 
Evropada iqtisodiy ta’limot sifatida XVII asrni oxirigicha davom etdi. XVII-XVIII 
asrga kelib Angliya va Frantsiyada sanoatning tez rivojlanishi bunga turtki bo’ldi. 
Shu vaqtgacha tashqi savdo rivojiga to’siq bo’lib kelgan protektsionizm siyosati, 
tadbirkorlik tashabbusini bug’uvchi, davlatning iqtisodiy xomiyligiga muxtojlik 
qolmadi. 
 
Merkantilizm maktabi davlatning iqtisodiy siyosatini ifodalar, savdo kapitali 
tarafdorlari manfaatini yoshlar edi, amalda esa boshlang’ich kapitalni jamg’arilishi 
tarafdori edilar. Ular fikricha tilla va ko’mish o’z tabiatiga ko’ra pul deb, ta’kidlar 
edilar. Merkantalistlar tashqi savdoni boylikni manbai. Shuning uchun, bu boylikka 
erishishni birdan bir yo’li – tashqi savdoda aktiv balansga intilishlikni tavsiya qilar 
edilar. Bu maqsadga erishish uchun, davlatni aktiv aralashuvi yo’li bilan tilla va 
kumushni oqib kelishini ta’minlash chorasini ko’rishga xarakat qildilar, qator chora-
tadbirlar tizimini tuzib, qirol davlatiga topshirdilar. Bundan maqsad tashqi savdoda 
aktiv balansni ta’minlashga erishish edi. 
 
Merkantilizm o’z taraqqiyot davrini ikki bosqichni bosib o’tdi. Birinchisi - XV
I asr, boshlang’ich davri, monetar tizimi bilan bog’liq. Ikkinchi  bosqichi – 
merkantilizm taraqqiyoti manufaktura nomi bilan atalib (XVII) asr. Monetar tizimi 
uchun pul balansi kontseptsiyasi asosiy masala. Bu tizimni ko’zga ko’ringan vakili 
Uilyam Staffird (Angliya). Shu kontseptsiyaga binoan, pulni boylik sifatida 
jamg’arilishi, davlatning qurgan, asosiy administrativ chegaralari hamda, tashqi 
savdodagi pul muomalasi deb hisoblashgan. Monetaristlar tillani xazina, boylik deb 
47 


 
hisoblab, chetdan bu boylikni oqib kelishini, uni davlat ichida olib qolish 
chegaralarini topish edi.   
Ayni paytda, qishloq xo’jaligida ham kapitalizm rivojlana boshladi. Buyuk 
Britaniya iqtisodig’ti dung’da eng rivojlangan mamlakatga aylandi. XVIII asrga kelib 
bu erda kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari faqat savdoda emas, balki sanoat 
va qishloq xo’jaligida ham g’alaba qozondi. Bu jarayon mamlakatning sotsial - 
iqtisodiy taraqqig’tiga yo’l ochib berdi. Ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanishiga 
imkoniyat, tadbirkorlar tashabbusiga erkinlik berishga harakat qilgan kapitalistik 
tuzumning afzalliklarini nazariy jihatdan asoslab beradigan iqtisodiy ta’limotlar endi 
taqozo etila boshladi.  
 
Demak, bu davrga kelib iqtisodiy ta’limotlarni rivojlantirish uchun, ya’ni 
iqtisodig’tni ob’ektiv tahlil qilish uchun qulay sharoit yaratildi. Mana shu sharoitda 
yashab, ijod qilgan U.Petti, A.Smit, D.Rikardo, F.Kene va klassik sig’siy  iqtisod 
maktabining boshqa vakillari iqtisodig’tni ilmiy nuqtai nazardan tadqiqot qildilar. 
Haqiqatan ham mazkur davr yangi klassik siyosiy iqtisod maktabining boshlanganini 
bildiradi. Uning klassik deb atalishining asosiy sababi, eng avvalo, shundan iboratki, 
uning ko’plab nazariy va metodologik qoidalari chinakam ilmiy bo’lib, ular 
zamonaviy iqtisodiy nazariya asosini tashkil etadi. Aynan klassik siyosiy iqtisod 
vakillari tufayli iqtisodiy nazariya ilmiy fan maqomiga ega bo’ldi. Angliyada klassik 
sig’siy iqtisod maktabining dastlabki vakili U.Petti bo’lsa, Frantsiyada - P.Buagilber, 
F.Kene, A.Tyurgo hisoblanadi. Keyinchalik bu maktab ta’limoti A.Smit, D.Rikardo 
J.B.Sey, T.Maltus tomonidan rivojlantirildi va J.S.Mill, K.Marks tomonidan 
yakunlandi. Ularni biz keyingi mavzularda ko’rib chiqamiz.  

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish