Iqtisodiy talimot doc


Fransiyada vujudga kelgan J.B.Seyning iqtisodiy ta'limoti. "Sey qonuni"



Download 1,61 Mb.
bet45/123
Sana24.06.2022
Hajmi1,61 Mb.
#700373
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   123
Bog'liq
SodaPDF-converted-6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

Fransiyada vujudga kelgan J.B.Seyning iqtisodiy ta'limoti. "Sey qonuni"


Fransiyadagi shu davrdagi iqtisodiy g`oyalarning rivoji Jan Batist Sey (1767-1832) nomi bilan bog`liq. Bo`lajak olim Lionda savdogar oilasida tug`ildi va keyinchalik yirik fabrikantga aylandi. U yaxshi ta'lim oldi, ammo savdo sohasida ancha erta xizmat qila boshladi. O`zi o`qidi. U inqilobni qo`lladi. Napoleon Bonapart hukumatida moliya sohasida ishladi. Uning birinchi asari "Siyosiy iqtisod risolasi" 1803 yilda chiqdi va hayoti davomida besh marta qayta nashr qilindi, qayta ishlandi va uning bosh asari sifatida qoldi. 1817 yilda "Siyosiy iqtisod katexizisi" (Katexizis - grekcha "nasixat", "qo`llanma" mazmuniga ega), 1828-30 yillarda olti tomlik "Siyosiy iqtisod kursi" kitobi ham chop etildi. Bu kitoblarda u


184
sanoat burjuaziyasi tarafdori, merkantilizm dushmani va iqtisodiy liberalizmni qo`llab-quvvatlovchi olim sifatida ma'lumdir.
Sey Smit ta'limotini targ`ib etish va sistematik izohlash bahonasida uning ilmiy jihatdan ancha bo`sh g`oyalarini rivojlantirdi va tartibga soldi. D.Rikardo bu olimning ilmiy merosiga yuqori baho berdi va uning, ya'ni "Sey qonuni" ni tan olgan.
Olimning tadiqot predmeti sifatida avvalo jamiyatning moddiy farovonlik problematikasi qaraladi, boylikning manbayi esa millatning iqtisodiy potensialiga bog`liqdir.
Tadqiqot uslubida esa aniq fanlar (mas.,fizika) tajribasidan foydalanish kerak deydi. Metodologik jihatdan bu universal va hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`lgan qonun, kategoriya va nazariyalar tan olnishi zarur
- deganidir. Taniqli iqtisodchi J. K.Gelbreyt fikricha, "Sey qonuni"ni tan olish yoki olmaslik XX asrning 30-yillarigacha iqtisodchilarni ahmoqlardan ajratish belgisi sifatida qaralgan. Bu qonunda bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyat sinflari manfaatlarining uyg`unligi( garmoniyasi) asosiydir. Lekin uning fikrlarida o`ta soddalik va yuzalik alomatlari ko`pdir.
Sey siyosiy iqtisodni uch qismga bo`ladi: ishlab chiqarish, taqsimot va iste'mol. Bu klassifikatsiya takror ishlab chiqarish jarayoni unsurlari o`rtasidagi yuzaki bog`lanishni aks ettiradi. Taqsimot va iste'molning iqtisodiyot fanining mustaqil bo`laklari sifatida ajratilishi va ularning mustaqil soha sifatida ishlab chiqarish bilan yenma-en qo`yilishi ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni unsurlari o`rtasidagi haqiqiy aloqalar buzib ko`rsatiladi, chunki ma'lum tipdagi ishlab chiqarish munosabatlari doim taqsimot va iste'molning ma'lum tarkibini vujudga keltiradi.
Sey Smitni qo`llaydi, ammo ko`p masalalarda u bilan kelishmaydi. Masalan, uningcha qiymat bir qancha omillarga bog`liq qilib qo`yiladi: tovarning subektiv foydaliligi, uning ishlab chiqarish chiqimlari, talab va taklif. Seyda kapitalning ekspluatatsiya mohiyati butunlay yo`q va bu jarayon ishlab chiqarish omillari nazariyasi bilan almashtiriladi. Ammo, u iqtisodiy liberalizm (laissez faire) pritsinsipi, "kichkina va arzon davlat" va uning iqtisodiyotga aralashuvini
keskin qisqartirish tarafdori sifatida Smit bilan hamohang. Sey bu sohada fiziokratik an'analarga yaqin bo`lgan. Uning iqtisodiy liberalizm tamoyili Napoleonning iqtisodiy siyosatiga to`g`ri kelmas edi (kontinental blokada siyosati Angliya bilan iqtisodiy aloqalarni keskin cheklagan).
185
Burbonlarning restavratsiya qilinishi Seyning obro`si oshishiga imkon yaratdi. Ishlab chiqarishning asosiy uch omili nazariyasi.
U hayoti davomida siyosiy iqtisod masalalarini imkoni boricha sodda va aniq izohlashga intildi. Birinchilardan bo`lib ishlab chiqarish omillari: mehnat, kapital va yerning mahsulot qiymatini hosil qilishda teng ishtirokini aniq ifodaladi (bu fikr yuqorida eslab o`tilgan). Hozirgi davr olimlari kapitalizmning (bozor) tizimini shu uch omil bilan bog`laydilar.

  1. asrning boshlarida shu uch omilga asoslangan g`oyalar rivoj topdi. Mehnat - ish haqi, kapital - foyda, yer - renta: shu uch o`zaro bog`liq (uch birlik) formula Sey ta'limotida muhim o`rinni egallaydi. Uning qiymat va daromadlar to`g`risidagi ta'limoti o`ziga xos ravishda hal etildi. Klassik maktabdan farqli ravishda tovar qiymati uni ishlab chiqarishga sarflangan mehnat bilan emas, uning foydaliligi bilan aniqlanadi, shunday qilib "Foydalilik nazariyasi"ga asos solindi. Bu nazariyaga ko`ra ishlab chiqarish foydalilikni yaratadi, foydalilik esa predmetlarga qimmat beradi, "qimmat foydalilik o`lchovidir" deydi u. A.Smitning qiymat nazariyasidan farqli, qiymat faqat sarflangan mehnat bilangina emas, balki mehnat mahsulotining naflik darajasi bilan ham o`lchanadi, bu katta yangilikdir. Shunday qilib Sey qiymatni iste'mol qiymati bilan aynan bir deb tushunadi. Demak qiymat va taqsimot muammosida taqsimot nazariyasi ajratib olinadi va alohida qaraladi. Shuni eslatib o`tish kerakki, A.Smitgacha almashuv qiymati foydalilik bilan albatta va bevosita bog`liq bo`lmasligi mumkin, masalan, nihoyatda foydali, hayotiy zarur bo`lgan narsalar ham past qiymatga ega bo`lishi mumkin, ayrim narsalarning esa umuman qiymati yo`q, bunga havo, buloq boshidagi suv va boshqalarni ko`rsatish mumkin. Bu masala bo`yicha turli fikrlar mavjud bo`lib, uni to`laroq keyingi boblarda ko`rib chiqamiz (marjinalizm g`oyasining asosi ham shu fikrdir). Iqtisodiyotning bu kategoriyasi davrdan, tarixdan tashqari qaraladi va abadiy deb hisoblanadi, ekspluatatsiya inkor etiladi.

Qiymatni foydalilik bilan almashtirish oqibatida daromadlar masalasi ham shu asosda yechib beriladi. Ishlab chiqarishda uch omil ishtirok etadi (mehnat, kapital, yer) va ularning har biri qiymatni hosil qilishda ma'lum xizmatni amalga oshiradi. Uch omil uch hil daromadni yuzaga keltiradi. Bunday tushuntirish nihoyatda sodda va yuzaki hisoblanadi. Chunki unda ishlab chiqarish omillari to`la huquqli hamkorlik asosida uyg`un - garmonik harakat qiladi, hech qanday ekspluatatsiya tan olinmaydi. Seyning izchil izdoshi Frederik Bastianing bosh asari ham "Iqtisodiy garmoniyalar" deb atalishi bejiz emas.
186
Seyning daromadlar nazariyasida foydaning izohlanishi diqqatga sazovordir. "Mexnat" omili ishchilar uchun ish haqini "kapital" omili sohib uchun foydani "er" omili esa yer egasi uchun renta daromatlarini yuzaga keltiradi Biz bilamizki, foyda ssuda foizi va tadbirkorlik daromadidan iborat, uning birinchisi kapital egasi sifatida kapitalist tomonidan (kapital yaratadi), ikkinchisi korxona boshlig`i sifatida kapitalist tomonidan o`zlashtiriladi. Seyning fikricha tadbirkorlik foydasini yollanma boshqaruvchi ham olishi mumkin bo`lgan ish haqi turigina emas. Bu maxsus va muhim jamoat funksiyasini bajarganlik, ya'ni mohiyat - e'tiboriga ko`ra ishlab chiqarish omillarini ratsional birlashtirganligi uchun beriladigan mukofotdir. Shunday qilib, tadbirkor va ishchi o`rtasidagi farq ish haqi darajasida deb ko`rsatiladi. Tadbirkor, ishbilarmon maoshining yuqori bo`lishi esa ularning yuqori vazifalari, talanti, faoliyati, tartib va boshqarish ruhi tufaylidir.
Sey ishchilarning ekspluatatsiyasini inkor etibgina qolmasdan, balki ularning kelajagi porloq degan g`oyani ilgari suradi. U kapital o`sishi bilan "quyi sinflar"ning ahvoli yaxshilanadi va ular "yuqori sinflar" safini to`ldirib boradi, deb o`ylagan. Sey sanoat to`ntarilishi bilan vujudga kelgan salbiy xodisalarni yumshatib ko`rsatishga urindi, o`zining "kompensatsiyalar nazariyasi"ni ilgari surdi. Uning tasdiqlashicha, mashinalar birinchi paytda ishchilarni ishdan siqib chiqaradi, keyinchalik ular ishchilarning ish bilan bandligini oshiradi va mahsulotlar ishlab chiqarishni arzonlashtirib, ishchilarga "eng yuqori foyda" keltiradi. Shunday qilib, Seyning fikricha, kapitalizm davrida sanoat to`ntarilishidan hammadan ko`proq ishchilar sinfi manfaatdordir. Oqibatda mehnat manfaatlari kapital bilan "garmoniya"da - uyg`unlikda bo`lishi "isbotlanadi" (uyg`unlik nazariyasi).
Takror ishlab chiqarish nazariyasi Seyning eng muhim kashfiyotlaridan biri "Sey qonuni", "bozorlar qonuni" yoki "sotish nazariyasi" hisoblanadi. Fiziokratlar merkantilizmni tanqid qilganda shu g`oyadan foydalanganlar. Unda shunday fikr keltiriladi: "har bir odam bir vaqtning o`zida ham sotib oluvchi, ham sotuvchidir". Kenyening fikricha, hamma sotib olingan narsa sotilgan, barcha sotilgan narsa sotib olingan ("Iqtisodiy jadval"ga e'tibor bering) bo`ladi. Seyga asoslanib J.M.Keyns esa "taklif shunga mos talabni yaratadi", degan fikrni ilgari suradi. Bu fikr Sey g`oyasini chillaka chiqarish uchun o`ylab topilgan, chunki u yoki bu tovar alohida-alohida ortiqcha ishlab chiqarishi mumkin, vaholanki barcha tovarlar oshiqcha ishlab chiqarishi mumkin emasdir.
187
Keyns fikricha, Sey qonunini tan oluvchi barcha mualliflar klassik deb atalishi mumkin ekan. Bundan kapitalistik jamiyatning takror ishlab chiqarishida "garmoniya" mavjudligi va oqibatda umumiy ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari "pritsipda bo`lmasligi" isbotlanadi, ya'ni taklif avtomatik ravishda talabni vujudga keltiradi. Bu qonun Maltusning "Nufuz qonuni"ni eslatadi (keyinroq ko`rib chiqiladi). Agar barter (mahsulotni mahsulotga almashuv - T-T) iqtisodiyoti ko`zda tutilsa, bunda pul faqat hisob birligi bo`ladi, unga umumiy talab barcha pulga almashtirilishi kerak bo`lgan tovarlar qiymmatiga teng bo`ladi, bunda esa haqiqatan ortiqcha ishlab chiqarish amalda mumkin bo`lmay qoladi. M.Blaugning fikricha, "Mahsulotlar mahsulot uchun to`lanadi" qoidasi ichki, xuddi shunin-gdek tashqi savdoda qo`llaniladi - bu Sey qonuning mohiyatidir. Shunday oddiy bir g`oya iqtisodiyot olamida katta shov-shuviga sabab bo`ldi.
Har qanday ishlab chiqarishning o`zi daromadlarni yaratadi va shu qiymatga mos ravishda tovarlar sotib olinadi. Iqtisodiyotda umumiy talab taklifga teng bo`ladi, faqat ayrim disproporsiyalar vujudga keladi, ya'ni ayrim tovarlar ko`proq, boshqalari esa kamroq ishlab chiqariladi. Ammo bu holatdan umumiy inqirozlarsiz chiqib ketiladi. Barcha ishlab chiqaruvchilarning asosiy manfaati almashuv qimmatida bo`lsa, iste'molchilarda esa bir mahsulotning boshqasiga almashuvidir. Pul bu jarayonda vaqtincha faqat vositachilik rolini o`ynaydi. Oxir-oqibatda mahsulotlarga mahsulot bilan haq to`lanadi. Bundan yana bir xulosa chiqadiki, unda har bir ishlab chiqaruvchi barcha ishlab chiqaruvchilar yutug`idan manfaatdordir.
Agar avvalgi holatda mehnat va kapital o`rtasidagi qarama- qarshiliklar yechilgan bo`lsa, endi "manfaatlar garmoniyasi" barcha kapitalistlarga, shahar va qishloqlar va hatto butun mamlakatlar o`rtasidagi munosabatlarga ham tegishlidir.
Seyning bu qonunida proteksionalizmga qarshi fikr bildiriladi, chunki bu siyosat chet el mahsulotlarini keltirish, ya'ni import va ichki tovarlarni sotishga to`siqdir. To`la savdo erkinligi hamda stixiyali tartibga solinuvchi kapitalistik ishlab chiqarish Seyning asosiy g`oyasidir.
Seyning "bozorlar nazariyasi" ko`p munozaralarga sabab bo`ldi, haqiqatdan ham ibtidoiy davrda almashuv natural holda olib borilgan, ya'ni mahsulot boshqa mahsulotga ma'lum nisbatda almashtirilgan, unda xarid qilish va sotish jarayonlari albatta mos kelgan. Ammo eng oddiy tovar muomalasida yoki xarid qilish sotishga hamohang bo`lishi shart bo`lmay qoldi, tovarni sotgan odam darhol boshqa tovar xarid qilmasligi ham mumkin bo`lib qoldi. Sotish va xarid qilish vaqt va makon jihatdan ajralib
188
turadi, shu tufayli inqirozlarga abstrakt imkoniyat tug`iladi. Kapitalizm davrida bu imkoniyat haqiqatga aylanib qoldi. Dastlabki kuchli iqtisodiy krizis 1825 yilda ro`y berdi va doim ma'lum qonuniyatlar asosida takrorlanib turibdi.
O`z davrida Sismondi, Maltus va J.Mill bu qonun to`g`risida o`z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Bunda kapitalistik xo`jalikda tovarlarning bahosi xo`jalik kon'yunkturasiga mos ravishda absolut moslashuv va darhol reaksiya qilish xususiyatiga ega deb hisoblanadi.
Hozirgi davrda ham bu masala bo`yicha iqtisodchilar o`rtasida neoklassik yo`nalish bilan keynschilik tarafdorlari orasida munozara davom etmoqda (bu haqda quyida gapiriladi).
"Sey qonuni"ning ijobiy tomoni shundaki, unga ko`ra kapita-lizm o`z rivoji davomida o`ziga o`zi bozor yaratadi, kelajagi bor jamiyat deb qaraladi va Sismondining kapitalizm rivojiga qarshi fikrini inkor etadi, realizatsiya muammosini hal etishda "Uchinchi shaxslar"ga ehtiyoj qolmaydi (bu haqda oldingi bobda fikr yuritilgan). Sey argumentlariga asoslanib, burjuaziya demokratik davlat apparatini qisqartirish, savdo va sohibkorlik erkinliklari to`g`risida progressiv g`oyalar ilgari surildi.



    1. Download 1,61 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish