Iqtisodiy talimot doc


jadval T.R.Maltus "Nufuz qonuni"ning matematik ifodasi



Download 1,61 Mb.
bet47/123
Sana24.06.2022
Hajmi1,61 Mb.
#700373
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   123
Bog'liq
SodaPDF-converted-6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

jadval T.R.Maltus "Nufuz qonuni"ning matematik ifodasi


Aholini o’sishi
Tirikchilik vositalarining o’sishi
200 yildan so’ng

300 yildan so’ng


Geometrik progres- siv
Arifmetik progressiv
Aholining o’sishi 256 marta Aholining o’sishi 9096 marta
1,2,4,8,16,32,64,128 va
hokazo 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10
Tirikchilik vositalari 9 marta
Tirikchilik vositalari 13 marta



  1. jadval



Maltusning fikricha, qashshoqlikning asosiy va doimiy sababi, boshqarish tarzi yoki mulkning notekis taqsimlanishiga hech ham bog`liq emas; bu jarayon "tabiiy qonunlar va insoniy hirs" tabiatning nochorligi va insoniyatning favqulodda tez ko`payishi bilan bog`liqdir. Shu sababli xalq o`z azob-uqubatlari uchun o`zini o`zi ayblashi kerak". Uni to`g`rilashga hech qanday inqilob va sotsial islohotlar yordam bera olmaydi. Bunda faqat bir to`g`ri yo`l bor - bu aholi sonini qisqartirish. O`ta ko`payishning oldini olish vositasi, chorasi sifatida "axloqiy chidam" (kambag`allar nikohdan o`zlarini tiyishlari, kech turmush qurishlari), og`ir mehnat yoki turli baxtsizliklar (ochlik, qashshoqlik, kasallik, epidemiya, urush va boshqalar) taklif etiladi.


Maltusning fikricha, tabiiy biologik instinktga ko`ra insoniyat ko`payish imkoniyatiga ega va doimo shunga intiladi, ammo jonivor va o`simliklar qarama-qarshi ravishda bu jarayonni chek-lash imkoniga ham ega bo`lib, hayvonot dunyosidan ajralib turadi. quyidagi jadvalda ana shu imkoniyatlar aks etgan.
Shunday qilib, Maltus ta'limoti bo`yicha, jamiyat illatlari insoniyatning beixtiyor qismatidir. Nazariy jihatdan bu fikrlarda hech
192

qanday ilmiylik va yangilik yo`q. Bu "qonun"dagi asosiy g`oyalar ungacha bo`lgan olimlardan to`g`ridan-to`g`ri o`g`rilangan (plagiat), chunki o`z davrida Styuart, Uolles, Taunsend va boshqalar bu masalani yoritgan edilar. Maltusning bu nihoyatda reaksion xulosalari qattiq tanqidga uchradi. Tug`ilishni kamaytirish uchun u nikoh yoshini oshirishni, davlat tomonidan bolalarga beriladigan nafaqalarni butunlay bekor qilishni taklif etdi.
Maltus bu tanqidlardan xulosa chiqarib, 1820 yilda o`z asarini qayta ishlab chiqdi va unda o`z fikrlarini ancha yumshatishga in-tildi; ayniqsa ustiga dam-badam yog`ilib turadigan va aholini o`limga mahkum etadigan balo-ofatlarni zaruriy deb hisoblashdan voz kechdi va kechirim so`radi, uni noto`g`ri tushunganliklarini aytib o`tdi, ammo u o`zining bosh fikrini inkor etmadi.
Maltus markaziy g`oyasi, ya'ni aholi soni o`sish sur'atlarining jamiyat farovonligiga ta'siri prinsipda to`g`ri va dolzarbdir. Ammo olim tomonidan berilgan prognoz (istiqbol) lar baxtimizga normal bo`lib chiqdi. Har 20-25 yilda aholining ikki marta ko`payishi insoniyatni to`la qashshoqlikka mahkum etishi kerak edi.
Maltus "doktrinasi" avvalo metodologik jihatdan xato edi, chunki hech qanday isbotsiz tabiat qonunlari jamiyat hayotida qo`llaniladi, vaholanki insonlar o`simlik va hayvonot dunyosidan farqli o`laroq faqat iste'mol qilmaydilar, balki o`zlari ishlab chiqaradilar va tirikchilik vositasini ko`paytirish imkoniyatlariga egadirlar. Shuni eslab o`tish joizki, o`z davrida Petti va Smit mamlakat boyligining asosi unumli mehnat bilan shug`ullanuvchi aholi ekanligini isbotlab berganlar. Maltus klassiklarning bu fikrini inkor etadi. Undan tashqari, Maltus o`zi ochgan qonunni abadiy deb e'lon qiladi. Aslida esa kapitalizm davrida ortiqcha ishchi kuchi hisobiga aholining nisbiy ortiqchaligi yuzaga keladi, bu yerda aholining nisbiy ortiqchaligi aholining absolut ortiqchaligi deb ko`rsatilgan.
Maltus progressiyalari esa statistik va amaliy (faktik) materiallarni ochiqdan-ochiq soxtalashtirishdir (falsifikatsiya). Unda berilgan ma'lumotlar AQSHning XVI-XVIII asrlardagi aholi o`sishiga nisbat sifatida keltiriladi, bu mamlakat aholisining asosan Yevropa aholisining emmigratsiyasi hisobiga ko`payganligi haqidagi "arzimas" fakt esa hisobga olinmagan (tabiiy o`sish bor, emmigratsiya bor).
Maltus o`z fikrini "isbotlash" uchun "tuproq unumdorligining pasayib borishi" nazariyasidan foydalanadi. Bu nazariyaga ko`ra, yerga sarflangan qo`shimcha kapital go`yoki mahsulotni proporsional tarzda ko`paytirishga imkon bermas emish, binobarin odamlar o`zlarini oziq-
193
ovqat va boshqa tovarlarga bo`lgan ehtiyojlarini qondiradigan mahsulotlarni to`la hajmda yetishtira olmaydilar. Shu tariqa mahsulotlarning yetishmasligi tabiatning tabiiy-biologik qonunlari bilan izohlab beriladi. Bu "qonun"da jon bor albatta, masalan bir gektar yer bilan dunyoni boqib bo`lmaydi, lekin ilmiy-texnika taraqqiyoti tufayli ko`pgina davlatlar yerdan nihoyatda unumli foydalanib oziq-ovqat va boshqa muammolarni hal etmoqdalar. Demak, bu "qonun" ham nazariya, ham amaliyot tomonidan inkor qilinadi. Bunga "ko`k inqilob"ni misol keltirish mumkin.
"Ko`k inqilob" 1960 yillarning oxirida paydo bo`ldi, u qishloq xo`jaligida ilmiy-texnika taraqqiyotini qo`llash yo`li bilan uning mahsuldorligini oshirishni anglatadi. Bu jarayon 1950 yillarning o`rtalarida donning yuqori hosilli gibrid navlari kashf qilinishi bilan bog`liq.
Bir qancha mamlakatlar "ko`k inqilob"dan foydalanib ancha katta yutuqlarni qo`lga kiritdilar. Masalan, Hindiston 70 yillarning oxiri va 80 yillarning boshida o`zini o`zi don bilan ta'min-lashga erishdi. Bu yerda 1976 yilda 120 million tonna don olindi, bu 1950 yilga nisbatan 2.5 marta ko`pdir, 1989 yilda esa 200 million tonnaga yaqin don olindi, shundan 165 million tonnasi guruch va bug`doydir.
Filippinda 1965-89 yillarda sholi hosildorligi bir necha marta, ya'ni
1.7 mln tonnadan 9.5 mln tonnaga o`sgan bo`lsa, Indoneziyada bu ko`rsatkich gektariga 18.1 sentnerdan 42.3 tsentnerga o`sdi. XXR da yiliga 430-465 mln tonna don olinishi natijasida bu yerda 1 mlrd 250 mln kishilik aholi uchun oziq-ovqat muammosi asosan hal etilgan.
qiymat va daromad nazariyasi.
Maltus iqtisodiyotning bir qancha boshqa masalalari bo`yicha ham o`z fikrlarini beradi, uning ayniqsa qiymat, daromad, foyda va realizatsiya bo`yicha g`oyalari diqqatga sazovordir. Maltus bu masalalarni hal etishda D.Rikardoning g`oyalariga qarshi chiqdi va bunda A.Smitdan foydalandi. Uningcha tovarning qiymati shu tovarni sotib olishga ketgan mehnat bilan aniqlanadi. Maltus g`oyasining "yangiligi" shu "qimmat o`lchovi"ni izohlashdir. Smitning fikricha, tovarni sotib olish uchun sarflangan mehnat, uni ishlab chiqarishga ketgan mehnatga tengdir. Maltusning fikricha, tovarlardagi mehnat miqdori uni ishlab chiqarishga ketgan harajatlardan iborat bo`lib, bu ko`rsatkich tirik va jonsiz mehnat plus avanslangan kapitalga foydadan jamlanadi. Bunda qiymatning hosil bo`lishi ishlab chiqarish sohasidan muomala sohasiga ko`chiriladi, iste'mol qiymati esa almashuv qiymati bilan qorishtirib yuboriladi. Maltus tovarning qiymatini ishlab chiqarish xarajatlaridangina iborat deb
194
ko`rsatadi va xaridor tovar sotuvchiga ish haqidan tashqari foydani ham to`lashi kerak, deb o`ylaydi, foyda tovarning qiymatiga nominal qo`shimcha, deb hisoblanadi. Foyda mehnatdan ajratib qo`yiladi, ya'ni kapitalistning foydasi qo`shimcha emas, balki tovarni o`z qiymatidan ortiqqa sotish tufayli paydo bo`ladi, noekvivalent ayirboshlashning mavjudligi isbotlanadi. Shunday qilib, aslida merkantilizm g`oyalariga qaytish ro`y beradi, qiymatning hosil bo`lishida mehnatning roli ikkinchi darajali qilib ko`rsatiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari konsepsiyasidan realizatsiya nazariyasi (takror ishlab chiqarish) ham kelib chiqadi va unda jamiyatda yer egaligi, ruhoniy, chinovnik, soldat va boshqa shaxslarning mavjudligi oqlanadi. Aslini olganda bunda inqirozlar muammosi izohlanib, "uchinchi shaxslar" nazariyasi yuzaga keladi, undan shuni tushunish mumkinki, kapitalist va ishchilar ishlab chiqarilgan hamma tovarlarni sotib olishga qodir emaslar, chunki qiymatning ta'rifiga ko`ra jami ish haqi ishlab chiqarilgan barcha mahsulotning qiymatidan foyda miqdoriga kamdir. Bu holatdan chiqish yo`li jamiyatda ishlab chiqarmaydigan sinflar, ya'ni "uchinchi shaxslar"ning borligidir, ortiqcha mahsulotlar ular tomonidan sotib olinadi. Maltus yetarli talabni qondirish uchun yer aristokratiyasini ulug`laydi, yuqori renta, soliq va boshqa yig`imlarni oqlaydi.
Ishlab chiqarishni kengaytirish chegaralari mavjud emas, deydi T.Maltus. ortiqcha ishlab chiqarish (inqirozlar) to`g`risida fikr yuritib, bu jarayon umumiy bo`lishi, yoki iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida permanent (uzluksiz) yoki vaqtincha bo`lishi mumkinligi aytiladi. Oxir- oqibat shuni aytish mumkinki, D.Rikardo va boshqa klassik maktab vakillaridan farqli ravishda, T Maltus bo`yicha nafaqat xususiy, balki umumiy inqirozlar bo`lishi bashorat qilinadi (bu tarixan isbotlandi). Ammo, barcha inqirozlar vaqtincha bo`lib, ular o`tkinchi deb qaraladi.
Maltus "Nufuz nazariyasi"ga ko`ra, ishchilarning sonini kamaytirishni taklif etgan bo`lsa, ishlamay yeydiganlarning sonini oshirishni jamiyat uchun foydali deb hisoblaydi.
Bu g`oyalar aslida Sismondiga tegishli ekanligi keyingi boblarda izohlangan. Faqat Sismondi kapitalizmdan voz kechish va mayda ishlab chiqarishni rivojlantirishni taklif etgan bo`lsa, Maltus kapitalizmdan voz kechmagan holda, avvalo yirik yer egalari va ruhoniylar manfaatini ta'minlashni qo`llaydi.
Maltus g`oyalaridagi bu ilmiy chalkashliklarga qaramasdan, unda bir qancha ijobiy fikrlar mavjud. Hozirgi davrda rivojlanayotgan mamlakatlardagi og`ir ahvolni tushuntirishda bu olimning qarashlari to`g`ri
195
keladi. Ayniqsa, Koreya Respublikasi rivoji xarakterlidir. Agar bu yerda 1950-60 yillarda aholining o`sishi yiliga 3 foizni tashkil etgan paytda iqtisodiy rvojlanish past bo`lgan bo`lsa, 90 yillarda aholining o`sishi 1 foizga tushgan paytga kelib iqtisodiy o`sish keskin oshdi. Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham aholining o`sishi katta bo`lib, iqtisodiy rivojlanish muammo-larini hal etishda bu olimning ba'zi g`oyalaridan foydalanish yaxshi samara beradi.
Maltusning "Nufuz nazariyasi" XIX asrda juda keng tarqaldi va mashhur bo`lib ketdi. Hozirgi davrda ham yangi zamonaviy maltuschilar G.Butul, N.Chemberlen, P.Erlix, U.Fogtlar Maltusning "ikki progressiya" to`g`risidagi dastlabki qarashlarini biroz o`zgartirib, "aholining qarib borishi", "aholining eng maqbul miqdori", "qimmatli" va "arzon" kishilar kabi turli-tuman g`oyalarini ilgari surmoqdalar. Bu konsepsiyalarda ilmiy- texnika taraqqiyotining oqibatlari, atrof-muhitni muhofaza qilish bahonasi bilan, Yer kurrasida "ortiqcha" odamlar ko`payib ketdi, deb ularning sonini turli yo`llar bilan kamaytirish rejalari taklif qilindi.
XXI asr boshida planetamizda 6 mlrd dan ortiq aholi istikomat qilmoqda (1945 yilda aholi soni 2.5 mlrd edi) va bu ko`rsatkich tobora ortib bormoqda. Eng muhim va ayanchli tomoni shundaki, kam rivojlangan va qoloq davlatlarda bu o`sish tez bo`lib, aholining 75 foizi shu davlatlarga to`g`ri keladi. Shuning uchun demografiya muammosi hozirda ham nihoyatda dolzarbdir. Bugungi kunda bu muammoni hal qilish maqsadida hatto oilani rejalashtirish chora-tadbirlari taklif qilinmoqda.



    1. Download 1,61 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish