Iqtisodiy talimot doc


Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va Yusuf Xos Hojib asarlaridagi iqtisodiy g`oyalar mohiyati



Download 1,61 Mb.
bet18/123
Sana24.06.2022
Hajmi1,61 Mb.
#700373
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   123
Bog'liq
SodaPDF-converted-6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va Yusuf Xos Hojib asarlaridagi iqtisodiy g`oyalar mohiyati


X-XII asrlarga kelib O`rta Osiyo ilg`or ijtimoiy tafakkurning Sharqdagi yirik markazlaridan biriga aylandi. Bu davrda feodal davlat


57
markazlashgan va eng rivojlangan pallaga kirdi. O`rta Osiyo Yevropani Osiyo bilan bog`lovchi yirik moddiy, madaniy va savdo markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni shakllantirdi.
Bu davrda butun dunyoga tanilgan Al-Farg`oniy, Al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk va boshqa ko`plab mutafakkirlar yashab, ijod qilishdi. Ularning asarlarida iqtisodiy g`oyalar ham o`z aksini topgan. Sharq renessansi davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik hunari sirlarini bayon etganlar. Ularning asarlaridagi umumbashariy iqtisodiy taffakkur bugungi kunda ham
dolzarbligi bilan muhim o`rin tutadi.
Ibn Sino (980-1037)ning fikricha: "Hayvon tabiat ne'matlariga qanoat qiladi, odamlarga esa tabiat ne'matlari kamlik qiladi, u ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ehtiyoj sezadi. Hayvon tabiat ne'matlarini o`zlashtirib oladi, odam esa o`z mehnati bilan o`ziga ovqat, kiyim, joy yaratadi. Shu maqsadda inson dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug`ullanishi kerak".
Yusuf Xos Hojib "odamga foydasi tegmaydigan odam - o`lik, essiz o`tgan umr emas, essiz sarflangan mehnat", deydi (1069 y. "qutadg`u bilik" asarini yaratgan).
IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo ilg`or ijtimoiy tafakkurning Sharqdagi yirik markazlardan biriga aylandi. Bu davrda mazkur hududdagi davlat markazlashgan va eng rivojlangan pallaga kirdi. Buyuk ipak yo`li, Tinch okeani atrofidagi mamlakatlar (Yaponiya, Xitoy, Koreya) ni Vizantiya va G’arbiy Yevropa bilan chambarchas bog`lar edi. Bu esa karvon yo`li orqali minglab odamlar, ot-ulovlar, turli-tuman tovarlarning qarama qarshi harakatini, almashuvini vujudga keltirdi. O`rta Osiyo Yevropani Osiyo bilan bog`lovchi yirik moddiy-madaniy va savdo markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni shakllantirdi. Axir, Osiyodagi va Yevropadagi tovarlarga bo`lgan talab va taklifni (bozorning asosiy unsurlarini) yaxshi bilmay turib, uzoq va xatarli yo`lga chiqish mumkinmidi, katta karvonlarni tog`u toshlardan , qum cho`llardan olib o`tish osonmidi, buning uchun ma'lum qoidalarga, amallarga tayanib ish ko`rish kerak bo`ldi. Yevropaga qancha va qaysi tovarlarni olib borish, u yerdan nima olib qaytish, karvon yo`lidagi davlatlar, xalqlar talab- ehtiyojini yaxshi bilish talab etilgan. Oqibatda turli bilim sohalari, matematika (al-jabr), geometriya (handasa), astronomiya (falakiyot ) va
58
boshqa ko`pgina fanlar rivojlandi. Bu davrda butun dunyoga tanilgan Xorazmiy , Farg`oniy, Ibn Sino, Ibn Ro`shd, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk va boshqa ko`plab mutafikkirlar yashab, ijod qilishdi. Ularning asarlarida muhim iqtisodiy g`oyalar ham o`z aksini topgan. Sharq uyg`onishi davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik sirlarini bayon etganlar. Ularning ko`plari hozirgi kunda ham o`z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
Ana shundan kelib chiqib dastlab 873-950 yillarda yashab ijod etgan Abu Nosir Ibn Muhammad Forobiy haqida fikr yuritamiz.
Bo`lajak buyuk olim Aris daryosi Sirdaryoga qo`yiladigan joyda Shosh-hozirgi Toshkentdan 200-260 km. shimoli-g’arbda joylashgan Forob (O`tror) degan joyda tug`ilgan. U Forobda o`qigan, Shoshda bo`lgan, Buxoro va Samarqandda ta'lim olgan. Arab xalifaligining markazi-Bog`dodda o`qishi davom ettirgan, umrining oxirgi yillarida Xalabda, so`ngra Damashqda yashagan va shu yerda vafot etgan.
Forobiy O`rta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarning qariyib barcha sohalarini o`z ichiga oluvchi 160 dan ortiq risola yaratgan qomusiy olim sifatida tan olinadi. Uning Sharq olamidagi shuhrati shu darajaga yetdiki, uni Aristotel (Arastu)dan keyingi yirik mutafakkir- "Muallimas - Soniy" - "Ikkinchi muallim" deb atay boshladilar.
Olimning ayniqsa "Fozil odamlar shahri" asari diqqatga sazovar bo`lib, unda mamlakatni boshqarish, hokimlar faoliyati, iqtisodiyotni olib borish bilan bog`liq bo`lgan muhim g`oyalar keltiriladi. Shuni ham ta'kidlab o`tish kerakki, Forobiy o`z ustozi Arastu g`oyalarini har tomonlama talqin etadi va uni to`ldirishga harakat qiladi, jamiyat shakllanishi uchun moddiy ehtiyojlarning ahamiyati haqidagi ta'limotni yaratdi, iqtisodiyot fanida muhim bo`lgan "Ehtiyoj" ni ta'riflab berdi. U moddiy boyliklar yaratishda mehnatning va mehnat qurollari o`rnini aniqlab berdi. Ayniqsa, "mehnat taqsimoti" masalalari mutafakkir asarlarida yaxshi yoritib berilgan. Mehnat taqsimoti tufayli ishlab chiqarish rivojlanadi, chunki vaqtdan yutiladi, ishlovchilarning kasb-mahorati ortadi, texnik moslamalar kiritish uchun asos yuzaga keladi, ya'ni o`z davrida hamma ishni bir odam (usta) bajarishi mumkin bo`lgan holatdan, har bir operatsiyani maxsus kishilarga bo`lib berish afzalligi ko`rsatiladi ("qushni so`ysa ham, qassob so`ysin"). Mehnat taqsimoti to`g`risidagi g`oya taniqli iqtisodchi Adam Smit ta'limotining (XVIII asr) asosidir.
Forobiyning fozil (ideal) davlat, hokimlar to`g`risidagi g`oyalari nihoyatda ahamiyatlidir, o`zaro yordam va do`stlikning zarurligi ko`rsatiladi. Masalan, shahar tartibotida eng asosiy narsa mulk, noz-
59
ne'matlarni to`g`ri taqsimlash ekanligi qayd etilgan. Arastu g`oyalari rivojlantirilib, avvalo yer va joylarning miqdori, keyin ularning egalari va tutgan o`rinlari, so`ngra nihoyatda zarur hisoblanuvchi oziq-ovqat, ekin ekiladigan yerlar, saroy va shaxsiy uylarning miqdori hisobga olinishi kerakligi ko`rsatiladi.
Fozillar shahri hokimining fazilatlari haqidagi fikrlar nihoyatda qimmatlidir. Forobiy tadqiqotlarining yana bir muhim jihati shuki, u ko`p (yunon, arab va b.) tillarni bilgan, boshqa olim asarlarini tahlil etgan, sharhlagan va izohlagan.
Tarixda shunday voqea bo`lib o`tganligi qayd etiladi. Qomusiy olim Ibn Sino Arastuning "Metafizika" asarini 40 marta o`qib ham tushuna olmagan ekan. U surunkali mutaoladan charchagan , bozor aylanishni ixtiyor etadi. Baxtli tasodifni qarangki, bozordan xarid qilgan kitobi Forobiyning Arastu asariga yozgan sharhlari ekan. Ibn Sino kitobni bir marta o`qib chiqishdayoq Arastuning "Metafizika" asari mohiyatiga to`la tushunib yetadi.
Donishmand hikmatlarida insonning kasb-hunar, san'atdagi fazilatlari har doim ham tug`ma bo`lavermasligi, ko`pincha ular mehnat mashaqqati va iroda yo`li bilan ro`yobga chiqishi qayd etiladi. Shubhasiz, bu ikki qobiliyat o`zaro uyg`unlashganda rivojlanish bo`ladi.
Forobiy fikricha , baxtga erishish maqsadida o`zaro yordam bergan xalq fazilatli xalqdir. Shu tartibda barcha xalqlar baxtga erishish uchun bir- biriga yordam berishsa, butun yer yuzi fazilatli bo`ladi. O`ylashimizcha, yangi asr bo`sag`asida turgan deyarli barcha davlatlar ham shu to`xtamga kelmoqdalar.
"Kim rahbar bo`la oladi?",degan savol bundan ming yillar avval ham buyuk donishmandlarni qiziqtirgan ekan. Abu Nasr ibn Muhammad Forobiy "Fozil odamlar shahri" nomli asarida bo`lajak rahbarlarning asosiy fazilatlari to`g`risida oqilona mushohada yuritgan.
Bu fikrlar hozirgi davrda ham nihoyatda dolzarbligi tufayli ularni keng ommaga yetkazishimiz o`rinli bo`ladi. Ana shu fazilatlarning mantiqiy ketma-ketligi ham diqqatga sazovordir. Birinchi navbatda rahbar "avvalo to`rt muchasi sog`-salomat bo`lib, o`ziga yuklangan vazifalarni bajarishda biror a'zosidagi nuqson xalal bermasligi lozim, aksincha, u salomatligi tufayli bu vazifalarni oson bajarishi lozim". Naqadar to`g`ri fikr. Darhaqiqat, nosog`lom odamdan samarali ish kutish amri mahol. Keyingi fazilatlar ham nihoyatda qimmatlidir. Rahbar "tabiatan nozik farosatli bo`lib, suhbatdoshining so`zlarini, fikrlarini tez tushunib, tez ilg`ab olishi, ish sohasida umumiy ahvol qandayligini ravshan tasavvur qila
60
olishi zarur". Uchinchidan, "u anglagan, ko`rgan, eshitgan, idrok etgan narsalarni xotirasida to`la-to`kis saqlab qolishi, barcha tafsilotlarini unutmasligi zarur". To`rtinchidan, rahbarning "zehni o`tkir, zukko bo`lib, har qanday narsaning bilinar-bilinmas alomatlarini va u alomatlar nimani anglatishini tez bilib, sezib olishi zarur". Beshinchidan, "u fikrini ravshan tushuntira olish maqsadida chiroyli so`zlar bilan ifodalay olishi zarur". Gap bu yerda tilni yaxshi bilish, notiqlik san'ati haqida bormoqda. Keyingi muhim fazilat shuki, rahbar "ustozlardan ta'lim olishga, bilim, ma'rifatga havasli bo`lishi, o`qish, o`rganish jarayonida sira charchamaydigan, buning mashaqqatidan qochmaydigan bo`lishi zarur". Ayniqsa, hozirgi zamon rahbari uchun nihoyatda kerakli fazilat, chunki kelajak ilm-fan rivoji bilan chambarchas bog`liq. Endigi davrda chalasavod rahbarlar mamlakatni xarob qilishi aniq. Keyingi fazilat iymon, ahloq odob, to`g`rilik bilan bog`liq. "Taom yeyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha o`zini tiya oladigan bo`lishi, (qimor yoki boshqa) o`yinlardan zavq, huzur olishdan uzoq bo`lishi zarur" degan nihoyatda muhim fikr beriladi. Sir emaski, keyingi paytlarda bunday illatlar keng tarqalmoqda.
Rahbarning oldiga qo`yiladigan muhim shart shuki, "u haq va haqiqatni, odil va haqgo`y odamlarni sevadigan, yolg`onni va yolg`onchilarni yomon ko`radigan bo`lishi zarur". Bunda ko`pgina rahbarlarga tekkan kasallaganbordorlik, ko`zbo`yamachilik illatlarining oldi olinadi. Har bir rahbar "o`z qadrini biluvchi va nomus-oriyatli odam bo`lishi, pastkashliklardan yuqori turuvchi, tug`ma oliyhimmat bo`lishi, ulug`, oliy ishlarga intilishi zarur". Ayniqsa "bu dunyo mollariga, dinor va dirhamlarga qiziqmaydigan (mol-dunyo ketidan quvmaydigan ) bo`lishi zarur". Bu fazilatga ega bo`lish ancha mushkul, chunki respublikamizda rahbar bo`lib olgach, osmono`par dang`illama binolar qurish, minglab odamlarni to`plab bir necha kun to`y berish, qo`sha-qo`sha mashina, xotin olish faktlari namoyon bo`lmoqda, muhimi bu topilgan dunyo odatda harom yo`llar bilan bo`lganligi aniqlanadi. Bunday rahbarlarni hokimiyat ostonasiga yaqinlashtirmaslik kerak.
Haqiqiy rahbar, albatta, "tabiatan adolatparvar bo`lib, odil odamlarni sevadigan, istibdod va jabr-zulmni, mustabid va zolimlarni yomon ko`ruvchi, o`z odamlariga ham, begonalarga ham haqiqat qiluvchi, barchani adolatga chaqiruvchi, nohaq jabrlanganlarga madad beruvchi, barchaga yaxshilikni va o`zi suygan go`zalliklarni ravo ko`ruvchi bo`lishi zarur. O`zi haq ish oldida o`jarlik qilmay, odil ish tutgani holda har qanday haqsizlik va razolatlarga murosasiz bo`lishi zarur". Naqadar qimmatli
61
fazilatlar shodasi! Hozirgi rahbar bu fikrlarga amal qilgandagina unga bildirilgan ishonchni oqlay oladi. qomusiy olim Abu Nasr Forobiy tomonidan rahbar oldiga qo`yiladigan navbatdagi fazilatda "o`zi zarur deb hisoblagan chora-tadbirlarni amalga oshirishda qat'iyatli, savodli, jur'atli, jasur bo`lishi, qo`rqoqlik va hadiksirashlarga yo`l qo`ymasligi zarur", deb ko`rsatiladi.
Yuqorida sanab o`tilgan 12 fazilatning barchasi bir odamda jamlanishi qiyin ekanligi ta'kidlanadi, "zero, bunda tug`ma fazilatlar sohibi bo`lgan odamlar juda kam uchraydi va ular nodir insonlardir". Bunday hollarda aytilgan xislatlardan 6tasi yoki 5tasi kamol topsa ham, "u aql va zakovatda benazirligi tufayli fozilllar shahriga rahbarlik qila oladi".
Yaxshi rahbar u yoki bu sababga ko`ra ishdan ketsa (kasallik, o`lim...), uning o`rniga kelgan inson yana 6 ta fazilatga ega bo`lishi kerak. Bular donishmandlik, avvalgi o`rnatilgan odil qonunlar va tartiblarni xotirada yaxshi saqlab qolish va ularga amal qilish uchun quvvai hofizaga ega bo`lishi kerak . Agar shunday qonunlar qolmagan bo`lsa, " bunday qonunni o`ylab topish uchun ijod, ixtiyor qilish quvvatiga ega bo`lishi kerak. Amaldagi haqiqiy ahvolni tez payqab olish va kelgusida ro`y beradigan, avvalgi rahbarlar ko`zda tutmagan voqealarni ko`ra bilishi uchun bashoratgo`ylik xislatiga ega bo`lish talab etiladi. Bu xislat unga xalq farovonligini yaxshilash yo`lida kerak bo`ladi".
Hozirgi davr tili bilan aytganda, iqtisodiyotda prognoz, istiqbolni ko`ra bilish haqida gap bormoqda. Avvalgi rahbarlar o`rnatgan qonunlarga, shuningdek, avvvalgilardan o`rnak, isbot olib o`zi to`qib chiqargan qonunlarga xalq amal qilishi uchun qizg`in so`zlash notiqlik xislatiga ega bo`lish kerakligi ko`rsatiladi.
Zarur hollarda harbiy ishlarga mohirona rahbarlik qilish uchun yetarli jismoniy quvvatga ega bo`lish talab etiladi. Ham jang qilishni, ham sarkarda sifatida jangu jadalga rahbarlik qilish uchun harbiy san'atni yaxshi bilish kerakligi uqtiriladi.
Mabodo, shu xislatlarning barchasini o`zida jamlagan odam topilmasa, lekin 2 kishi birgalashib, shu xislatlarga ega bo`lishsa (ya'ni bir donishmand, 2-qolgan hislatlar sohibi bo`lsa), shu ikkovini fozillar shahriga rahbarlikka qo`yish zarur. Demak, olim tomonidan amalda uchraydigan barcha holatlar e'tiborga olingan holda rahbar tanlash yo`l- yo`riqlari berilgan.
Albatta, bo`lajak rahbar shu xislatlarga egami-yo`qmi ekanligi qanday aniqlanadi, degan savol tug`iladi. Buni har bir insonning umr- hayoti, avvalgi yillardagi faoliyati, xalq hukmiga havola etilayotgan
62
dasturi, yaqin kishilarning bergan tafsilotlari orqali bilib olish va eng maqbul nomzodni qo`llab-quvvatlash kerak.
Ibn Sino talqinidagi iqtisodiy qarashlar. Ibn Sino (980-1037) tomonidan nihoyatda katta ilmiy meros qoldirilgan, u yozgan asarlarning soni 280 dan ortiq. Shulardan 40 tadan ortig`i tibbiyotga oid, 30 ga yaqin risola turli tabiiy fanlarga, 3 risola musiqaga, 185 risola falsafaga, mantiq, psixologiya, teologiya, axloq, boshqa ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag`ishlangan. Lekin bizgacha uning faqat 160 ga yaqin asari yetib kelgan. Olimni hurmatlab, "Shayx urrais" deb ataganlar.
Olimning tibbiyotga oid asarlarida iqtisodiyot bilan bog`liq muhim g`oyalar ilgari suriladi. Inson sog`lig`ining ichki va tashqi muhitga bevosita bog`liqligi, ayniqsa ovqatlanish, turmush sharoiti katta ahamiyat kasb etishi ko`rsatiladi. Iqtisodiyot fanida muhim bo`lgan kategoriya "ehtiyoj" ni ta'riflab, moddiy boyliklar yaratishda mehnatning va mehnat qurollarinining o`rnini aniqlab beradi. Uning asarlarida "mehnat taqsimoti"ga katta e'tibor qaratiladi, taqsimot tufayli unumdorlik oshuvi va mahsulot sifati yaxshilanishi isbotlab berilgan. G’arbiy Yevropada faqat 1776 yilda Adam Smit bu masalaga alohida diqqatni jalb etadi.
Ibn Sinoning fikricha: "Hayvon tabiat ne'matlariga qanoat qiladi, odamlarga esa tabiat ne'matlari kamlik qiladi, u ovqat, kiyim-kechak va uy- joyga ehtiyoj sezadi. Hayvon tabiat ne'matlarini o`zlashtirib oladi, odam esa o`z mehnati bilan o`ziga ovqat, kiyim, turar joy yaratadi. Shu maqsadda inson dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug`ullanishi kerak". Olim asarlarida fozil davlat to`g`risidagi g`oyalar rivojlantirilib, o`zaro yordam do`stlik va hamkorlikka katta o`rin beriladi.
Olim nazariy va amaliy ilmlarni ajratib ko`rsatadi, nazariy ishlarni inson faoliyati bilan bog`liq bo`lmagan narsalar to`g`risidagi haqiqiy ilmlar deb ta'riflaydi.
Amaliy ilmlarning obyekti inson faoliyatidir. Nazariy ilmlarning haqiqatni bilishga, amaliy ilmlar esa yaxshi ishlarni bajarishga qaratilgan. Bunda insonning axloqiy fazilatlari muhim o`rinni egallaydi. U insonlarning kundalik foydali amaliy ishlarini ulug`laydi, axloqiy munosabatlarda kamtarlik, izzat-hurmat, jasurlik, ayniqsa to`g`rilik, sofdillik kabi hulqiy qoidalarga alohida e'tibor beradi. Bu xususiyatlar iqtisodiyotda inson omili to`g`risidagi g`oyaga mos keladi. Iqtisodiyot rivojlanishining obyektiv qonun-qoidalariga amal qilib, inson o`z baxtini o`zi yarata oladi. Yaxshi xulq va iqtisodiyot o`rtasida bevosita bog`liqlik borligini "Uy-joy tutish tadbiri" asarida ko`rsatib beradi. Bu risolada u ayollarning o`n yetti xislatini sanab ko`rsatadi. Bularga dastlab ayol oqil va
63
e'tiqodli, yoqimtoy, o`z eriga mehru-muhabbat qo`ygan, farzand ko`ra oladigan, ezma bo`lmagan, itoatkor, dili pok, bexarxasha, pokiza, vazmin va o`zini tutib olgan jiddiy va ulug`vor, har bir xatti- harakatida o`zining yaxshi xislatlari bilan ajralib turadigan va eng muhimi, erining birini ikki qiladigan-tejamkor, og`ir damlarda unga malham bo`la oladigan mushfiqu mehribon bo`lishi kerak.
Ibn Sino oddiy musulmon sifatida xudo borliliga to`la ishonadi, lekin dunyoda odamlarning ishi faqat toat-ibodat qilish, ro`za tutish, qur'on o`qishdangina iborat emas, balki ularning fan, ma'rifat bayrog`ini ko`tarib, foydali (savobli) ishlar qilishlari ulug`lanadi. U bilimlarni egallasa, o`shandagina haqiqiy musulmon bo`la oladi, deb ta'kidlaydi.
Mustaqillik sharofati tufayli biz bobimizni yana qaytadin kashf qilmoqdamiz, uning ilmiy merosi har tomonlama chuqur o`rganilmoqda va keng xalq ommasiga yetkazilyapti.
Musulmon huquqshunosligida tovarning iste'mol qiymati tan olingan, tovarning qiymati bilan so`ralayotgan baho (bozor narxi) farqlangan. Yirik din peshvosi Bahouddin Naqshbandning "Dil ba yoru, dast ba kor", ya'ni "dil yor (Alloh) bilan, qo`l ish bilan (band bo`lsin)" degan tezisi o`sha davr uchun muhim edi, chunki ilgari xudoga faqat e'tiqod qilishning o`zi kifoya, deb bilingan. Nizomulmulk (1018-1092) "Siyosatnoma" asarida hukmdorlar, amirlar, amaldorlar va qozilarning mansabni suiiste'mol qilishini, soliqlarning og`irligi, davlat mablag`larini saqlash va sarflashda hisob-kitob zarurligini qayd etgan. Saljuqiylar davlati arbobi sifatida iqto'ni tanqid qilgan. Iqto' - o`rta asrlarda O`rta Sharq, shu jumladan O`rta Osiyoda hukmdor tomonidan ayrim shaxslarga katta xizmatlari evaziga in'om qilingan chek yer (Temuriylar davlatida suyurg`ol).

  1. asrning boshidan XIV asrning 70-yillarigacha bo`lgan davr bu mo`g`ullar istilosi davri bo`lib, ko`p sohalarda orqaga qaytish (regress) bo`ldi. Ammo, bosqinchilar mahalliy xalq urf-odati, madaniyati, tili, dinini, xo`jalik tarzini qabul qilishga va ular bilan aralashib ketishga majbur bo`ldilar. Shu davrda boj, bojxona, bojxona solig`i yuzaga keldi. Hozirgi ruscha "tamojnya" so`zi aslida mo`g`ulcha, keyinchalik turkchadagi "tamg`a" so`zidan olinganligi ma'lum.

Beruniyning iqtisodiy g`oyalari. Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) 150 dan ortiq asar yaratgan bo`lib, ularda mehnat boylikning asosi ekanligi to`g`risidagi g`oya asosiydir. Uning ko`pgina fikr va qarashlari bugungi kun uchun ham ahamiyatini yo`qotmagan.
64
Olim yashagan davrdagi munosabatlar, ishlab chiqarishning yuksalganligi, savdo-sotiqning rivojlanishi, sug`orish inshooatlarining ishga tushirilishi ana shu davr uchun xos edi.
Shu asosda Beruniyda kishilik ehtiyojlarining paydo bo`lishi va uni qondirish asoslari, mehnat va hunarga munosabatlari uyg`unlashib ketadi. Uning fikriga ko`ra, kishilar o`z zaruriy ehtiyojlarini qondirish uchun uyushgan holda yashash va ishlashga majburdirlar. Ehtiyojlar turli-tuman va ko`p bo`lganligi uchun insonlar birlashgan holda turar joy va shaharlar yaratishga intiladilar, deb hisoblaydi. Shuningdek, u davlatning paydo bo`lishini ham ehtiyoj tufayli deb o`ylagan. Eng muhim g`oya shuki, barcha qimmatli narsalar inson mehnati bilan yaratiladi va insonning qadr- qimmati uning avlod-ajdodlarining kim bo`lganligi emas, balki uning mehnati, aqliy va jismoniy mahorati bilan belgilanadi. Har bir davrning urf-odatlari o`ziga xos bo`ladi va inson ahli ularga rioya qilmog`i darkordir, aks holda nizom va bir xillik yo`qolsa, tartib ham yo`q bo`ladi, deb uqtiradi buyuk donishmand.
Olimning fikrlariga tayanib shunday muhim xulosa chiqarish mumkinki, inson yerdagi bunyodkor va yaratuvchi kuchdir. Inson avvalo halol mehnati bilan ulug`lanadi, kishilik jamiyatining asl ibtidosi ham mehnatdandir.
Beruniy qayd etishicha, bilimlarni egallamoq va hunar o`rgan-moq uchun mehnat qilish zarur, bu esa doim davom etadigan va takomillashib boradigan jarayondir. U mehnatni turlarga ajratib, ularning har qaysisi alohida talab va ehtiyojlar asosida vujudga kelishini ko`rsatib berdi. Binokor, ko`mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari mehnatini og`ir mehnat deb biladi. Ilm, ma'rifat zag`matkashlari mehnatiga ta'rif berish, ilm olish, o`qish eng kerakli mehnat ekanligini isbotlaydi. Shunga ko`ra olimlarning mehnatini qadrlash turli ilmlar ko`payishiga olib keladi. Olim jamiyatning asosini moddiy ne'matlar uchun bo`lgan harakatlarda, mehnatda deb biladi.
Qul mehnati, majburiy mehnatdan erkin kishilarning faoliyati usutunligi isbotlab beriladi (erkin bozor munosabatlarining asosi). Mehnatkashlarning xohish-irodasiga qarshi, ularni majburlab ishlatishga qarshi bo`lgan, chunki bunday mehnat samarasi pastdir. Meros bo`lib avloddan avlodga o`tib keladigan hunarlar yuqori baholangan.
Beruniy og`ir jismoniy mehnat qiluvchilar, ya'ni konda ishlovchilar, yer ostida gavhar qidiruvchilar, dehqonlar to`g`risida, ularga berilishi kerak bo`lgan imtiyozlar va ish haqi haqida "Minerologiya" asarida keng mulohaza yuritadi. Ayniqsa, ochiq va yer ostidagi kon
65
ishlariga alohida e'tibor beriladi, yer osti konlarini mustahkamlash (falokat oldini olish uchun), yer osti suvlarini chiqarib tashlash, olingan rudani yuqoriga olib chiqish uchun maxsus moslamalardan foydalanish tavsiya etiladi. Kon atrofida konchilar qishlog`ini barpo etish zarurligi ko`rsatiladi. Yer osti boyliklarini qazib olish ishlari katta jismoniy mehnat, ixtirochilik, aqliy mehnat va bilim sarflashni talab etadi. Bu murakkab va og`ir ishlarni bajarish maxsus maktab, ularda ta'lim-tarbiya berish asosida yo`lga qo`yilmog`i kerak,deydi olim. Xuddi shu o`rinda Beruniy ilm ahllari, olimlar, tarbiyachilarning mehnati jamiyat uchun naqadar kerakli va zarurligini alohida uqtiradi. Beruniy ustalarning ahvoli, shogirdlarning faoliyati, ish haqlari borasida ham qimmatli g`oyalarni ilgari suradi, ish
haqi miqdori samaradorlik bilan bevosita bog`lanadi.
Olimning yozishicha: "Basrada billurdan idish-tovoq va boshqa narsalar yasaydilar. Ish joyida belgilab-o`lchab beruvchi usta bo`lib, uning oldida billurning mayda va katta bo`lakchalari to`plangan. U ana shulardan chiroyli va keraklisini olib, undan eng chiroyli va yaxshi buyum yasashni o`ylab o`lchab belgilab chiqadi. Shundan keyin uni yasovchi hunarmandga beradi, bu birinchi usta aytganidek qilib buyumlarni yasay boshlaydi. Olim shu yerda mehnat taqsimoti va uning ahamiyatini ko`rsatadi.
Olim va mutaxassislar mehnatini mamlakat boshqaruvchilari tomonidan rag`banlantirib turish foydali ekanligi alohida ta'kidlanadi. Bu aslini olganda manfaatdorlik tamoyilining xuddi o`zidir. Uningcha, ayniqsa, yerga ishlov berib, rizq-ro`z yaratuvchilarga mehribon bo`lish kerakligi ko`rsatiladi. Ana shu g`amxo`rlik oqibatida yerga yaxshi ishlov beriladi va yer hosildor bo`ladi, moddiy ne'matlar yaratiladi, ishlovchi va jamiyat manfaatlari bab-baravar himoya qilinadi (bu fikr XVIII asrda Adam Smit tomonidan to`laroq isbotlab berilgan). Moddiy ne'matlar esa tiriklik asosi.
Ana shunday qilinganda hokimiyat ham mustahkam bo`ladi, deydi olim (bu yerda davlatning iqtisodiyot bilan munosabati masalasi ko`tariladi). Agar kishilar to`q bo`lsa, davlat ham kuchlidir. Hukmdorlarning vazifasi yuqori tabaqalar bilan quyi tabaqalar o`rtasida haqiqatni, kuchli bilan kuchsiz o`rtasida tenglikni o`rnatishdan iboratdir, deb uqtiradi olim. Mehnatning ixtiriyligi, ozodligi, erkinligi kishilar o`rtasida hulq-atvor, hurmat-e'tibor uchun muhim va zarurdir. Bozor iqtisodiyotining eng zarur tamoyillaridan biri bu tanlash va tadbirkorlik erkinligi masalasi ilgari surilgan.
Yusuf Xos Hojib. Atoqli davlat arbobi, ilk turkiy dostonna-vis Yusuf Xos Hojib 1020 yili qoraxoniylarning markaziy shaharlaridan biri
66
Bolasog`unda tug`ildi(olamdan o`tgan yili noma'lum). Bo`lajak mutafakkir o`z davridagi barcha bilimlarni, arab va forsiy tillar hamda undagi adabiyotlarni puxta egallaydi.
U 1069-1070 yillar orasida "Qutadg`u bilig"(qutga, ya'ni baxt saodatga erishtiruvchi bilim)asarini turk tilida yozib, qoraxoniylar hukmdori Tabg`ochxon Bug`roxonga taqdim etadi. Xon Yusufga "Xos Hojib" (eshik og`asi ) degan martabani in'om etadi. Bu falsafiy didaktik asarda markazlashgan davlat tuzish, uni mustahkamlash, nizo va adolatga barham berish kabi ma'muriy- xo`jalik hamda ma'rifat, obodonchilik, moddiy-ma'naviy va boshqa adolatli hukmron, davlatni tadbir bilan boshqarish ishini o`rganish, kasb-hunar egallash, xalq g`amini yeyish haqidagi fikrlar ilgari suriladi.
Bizgacha donishmandning faqat bir asari yetib kelgan, ammo bu asarda shunday durdonalar to`planganki, ularga qoyil qolmay iloj yo`q. Asar 13 ming misra (nasriy va nazmiy muqaddimadan tashqari)-73 bobdan iborat. Unda inson tafakkurining barcha jabhalari bo`yicha so`z yuritiladi va nihoyatda qimmatli fikrlar bayon etilgan. Kitobda berilgan bu g`oyalar o`z davri uchun ham, hozirgi davr uchun ham nihoyatda qadrlidir.
Ayniqsa, iqtisodiyot masalalari bo`yicha davlat va raiyat munosabatlari sinchiklab o`rganilgan. Asar 18 oy- bir yarim yilda yozib tugallangan (Bolasog`unda boshlangan va qashqarda nihoyalangan) bo`lsa ham, uni yaratish uchun juda uzoq vaqt tayyorgarlik ko`rilgan. Donishmand fikricha, ezgu orzularga faqat toat-ibodat bilangina yetishib bo`lmaydi. Buning uchun talay ezgu ishlar qilish, foydali faoliyat ko`rsatish kerak, degan fikrni ilgari suradi.
Borliq haqidagi bilimlarga to`qnashib, odam bilishi mumkin bo`lmagan narsa, bilim bilan yechilmaydigan jumboq yo`q, bilim tufayli osmon sari ham yo`l ochiladi, deydi. Bilish uchun esa tinmasdan o`rganish lozim, deb uqtiradi.
Taniqli iqtisodchi Adam Smitning iqtisodiy ta'limotga ko`ra (XVIII asr), mamlakatni iqtisodiy bo`hrondan chiqarish uchun 3 narsa:
1.Tinchlik-osoyishtalik; 2.Me'yoridagi soliqlar va
3.Iqtisodiy erkin faoliyat yuritish imkoni talab etiladi. Ana shu g`oya aslida bizning mutafakkir tomonidan yetti asr avval bayon etilgan.
Xalq, raiyat (soliq to`lovchilar) mamlakat hukmdoridan uch narsani kutadi, deb uqtiradi Yusuf Xos Hojib, bular: 1) pulning qadrini ko`tarish yoki (ushlab turish); 2) xalqqa xususiy mulk huquqini ta'minlovchi qonunlarni joriy etish va; 3) yo`llarni o`g`ri-qaroqchilardan muhofaza
67
qilish. Shoh esa fuqarolardan so-liqni vaqtida to`lashni (hozirgi kunda ham nihoyatda dolzarb), chiqargan farmon qonunlarini bajarish hamda do`stiga do`st, dushmanga dushman bo`lishni talab qiladi, deb yozadi. Ko`rinib turibdiki, bunda jamiyat va siyosiy hokimiyat o`zaro mutanosib bo`lishi zarurligi g`oyasi aniq ifoda etiladi.
Pulning qadrli bo`lishi haqidagi g`oya, aslini olganda inflasiya muammosi bilan chambarchas bog`liq, baholarning mo`'tadilligi ham ta'min etiladi. U o`z navbatida inqirozsiz iqtisodiyot, erkin muomaladagi valuta masalalariga borib taqaladi.
Xususiy mulk huquqini ta'minlash bozor munosabatlarining bosh unsuridir, mulkka egallik hissi taraqqiyot omili sifatida butun jahon rivoji asosida isbotlangan va hozirgi davrda respublikamizda ham jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Davlat, umumxalq mulkiga ommoviy o`tishning salbiy oqibatlarini sobiq sho`rolar davrida boshimizdan kechirganmiz.
Yo`llarni o`g`rilardan muhofaza qilish ichki va ayniqsa tashqi savdo (eksport-import)ni ta'minlash va qo`llab-quvvatlashning o`zginasidir. Bu yerda savdoning xalq xo`jaligi uchun ustuvor ahamiyati to`g`risida gap yuritiladi.
Hozirgi davrda bu g`oyalar mustaqil O`zbekiston iqtisodiy siyosatining asosini tashkil etadi. Bu g`oyalarning amaliy ahamiyati ayniqsa Sohibqiron Amir Temur faoliyatida yorqin namoyon bo`lgan.
Yusuf Xos Hojib barcha imtiyozlardan mahrum kambag`al tabaqalar ahvoliga achinish hissini izhor qiladi. Donishmand hokimlarni quyi tabaqa vakillarini ularga nisbatan mehr shafqatli, insof-adolatli, marhamatli bo`lishiga, ayni paytda raiyatni hokimlarga bo`ysunuvchi, sadoqatli bo`lishiga chaqiradi. Mana shunday kelishtirish yo`li bilan osoyishta hayotga erishishga umid bildiriladi (bu esa iqtisodiy rivoj uchun ham zaruriy shartdir).
Kitobdagi g`oyalar dunyodagi hamma ishlarda qo`l keladi. Unda mulk tutishning siru-asrorlari, mamlakatni idora qilish tartibi, sharti, shuningdek, molu-mulk, el-yurtning mangu qolishi, gullab- yashnashi va uning xarob bo`lish belgilari berilgan.
Mutafakkir ayniqsa kasb-hunar ahlining faoliyatini yuqori baholaydi. "Bir yigitga qirq hunar oz" bobi xuddi shu masalaga bag`ishlangan.
Vazir, qo`mondon, elchi va boshqa hukmdorlarning faoliyat mezonlari diqqatga sazovordir. Masalan, "Vazir ko`zining to`q bo`lishi uni har xil mol-mulk oldida suqlanishdan asraydi. Ko`zi och odam bor olamni yesa ham to`ymaydi", deydi olim.
68
Dehqon, savdogar, chorvador, oddiy mehnatkash ahli to`g`risida nodir fikrlar bildiriladi. "Bular bilan yaqin bo`lgin hamisha, to tomoq tashvishin bilmasdan yasha", deb aytiladi.
Ayniqsa, bilim va aql-idrokka, shu soha sohiblariga katta e'tibor beriladi. "Odamzod naslining ulug`ligi bilimdan. U aql-idrok tufayli ne-ne tugunlarni yechishga qodir", deb yozadi alloma.
Aql-idrok egalarining nafi har doim ko`pchilikka tegib turadi. Bilim egalari esa elda aziz bo`ladi, hurmat qozonadi. Butun ishlar o`quv- idrok bilan amalga oshadi. Barcha murakkab ishlar bilish bilan hal etiladi. Ko`rinib turibdiki, yurtimizda iqtisodiy rivojlanish bo`yicha tanlangan o`z yo`nalishimizda ham yoshlarning bilim olishiga, jahon xalqlari tajribasini o`rganishga keng imkoniyatlar yaratilayotir. Bu tanlangan yo`limizning to`g`riligidan dalolat beradi.


XULOSA


Milliy iqtisodiy tafakkurning shakllanishida Markaziy Osiyodagi donishmandlarning hamda, xalq og`zaki ijodi namunalarining ahamiyati shubhasiz muhim o`rin tutadi. Bunday g`oyalar shakllanishining asosini "Avesto" dagi tarixiy boy manba tashkil etadi. Keyingi bosqichni esa islom ta'limotining O`rta Osiyoga yoyilishi bilan bog`lash mumkin. Jumladan, Markaziy Osiyodagi iqtisodiy g`oyalarning ravnaq topishida Burhoniddin al-Marg`inoniyning "Hidoya" asaridagi iqtisodiy fikrlardir. Keyingi bosqichda esa, IX-X-asrdagi iqtisodiy g`oyalar rivojida muhim hissa qo`shgan qomusiy allomalar Farobiy, Ibn Sino, Beruniy hamda Yusuf Xos Hojibning fikr va qarashlari muhim hisoblanadi. Umuman olganda o`sha davrdagi iqtisodiy g`oyalarning xususiyatlariga quyidagilar kiritish mumkin:



  1. Iqtisodiy qarashlar fikrlar va g`oyalar asosan faylasuflar, diniy arboblar tomonidan bayon etilgan.

  2. Nazariy tadqiqotlar esa cheklangan tor, sodda yondashuvlar asosida umumlashtirilgan.

  3. Takror ishlab chiqarish jarayonida natural xo`jalik munosabatlarining ustunligi egallagan.

  4. Ekstensiv takror ishlab chiqarishning ustunvorligi davom etgan.

  5. Qo`shimcha mahsulot yaratishning vosita usul va shakllarini ijtimoiy hayotga tadbiq etish ta'mirlangan.

Xalq og`zaki ijodida esa mehnat taqsimotining o`rni mol-mulkning ko`payishi uchun asos bo`lib xizmat qilishi ta'kidlangan.
69
Donishmandlarning iqtisodiy g`oyalarida esa, zamonaviy dun- yoqarashning umumbashariy mezonlari qayd etilgan. Shuningdek, mulkdorlikning yuksak ma'naviyat bilan uyg`unlashishi zarurligi bayon etilgan. Hayotga, mehnatga, mulkka hamda yerga bo`lgan munosabatning umumbashariy mezonlarga asoslanishiga undaydi. Har bir shaxs va oila farovonligi jamiyat va davlat kuchli va qudratli bo`lishiga zamin yaratishi asoslanadi.



Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish