11.4. K.Rodbertusning iqtisodiy g`oyalari
Karl Iogann Rodbertus-Yagesov (1805-1875) Germaniyada, Shimoliy Greyfsvoldda 1805 yilda tug`ildi. Gettingem va Berlin universitetlarida huquqdan tahsil olib, shu mutaxassislik bo`yicha ma'lum vaqt ishladi. Burjua demokratik revoluysiyasi yillarida parlament a'zosi, keyinchalik vazir (ministr) lavozimlarida faoliyat ko`rsatdi. K.Rodbertus Germaniya mayda burjua iqtisodiy ta'limoti vakili bo`lib, Sen-Simon va sotsialist-rikardochilar g`oyalari ta'sirida edi. U xayoliy sotsializm va konservativ reformizm g`oyalari asosida o`zining eklektik konsepsiyasini yaratdi.
1842 yilda K.Rodbertus "Davlat-xo`jalik tizimimizni bilish yo`lida" deb nomlangan kitobini nashrdan chiqardi. Uning asarlari "sotsial xatlar" shaklida yozilgan. U aynan shu kitobida qo`shimcha qiymat nazariyasini ko`rsatib o`tdi. U o`z fikrlarini yakunlab, shunday deb yozadi: "Agar ishlab chiqarish qanchalik yuqori bo`lsa, ishchining yashashi uchun zarur vositalardan tashqari ko`pgina iste'mol buyumlarini yaratishi mumkindir. Bu chegirtma yerga xususiy mulkchilik va kapital mavjud sharoitda renta holiga aylanadi va kishilar tomonidan mehnatsiz o`zlashtiriladi. Boshqacha qilib aytganda, renta olishning asosiy usuli yerga xususiy mulkchilik va kapitaldir" (K.Родбертус “К познанию нашего государственно- хозяйственного строя. Пять теорем”. M.,1935, стр.115). K.Rodbertusning nazariyasi va xulosalariga yuqori baho berish mumkin,
229
chunki u A.Smit va D.Rikardo iqtisodiy ta'limotlar bilan yaqindan tanish va bu ta'limotlarni chuqur ilmiy tahlil qilgan edi.
Shuningdek, olim o`z xatlarining birida qo`shimcha qiymat va uning vujudga kelishini Marksdan oldinroq ko`rsatganligini va aniq qilib tushuntirganligini yozadi. Bu bilan u o`zining qo`shimcha qiymat nazariyasidan Marks ijodiy foydalanganligini va hatto "o`g`irlab" o`ziniki qilganligini isbotlamoqchi bo`ladi. Shuni aytish zarurki, Marks ta'limotiga nisbatan aytilgan bu tanqidlar Marksning o`ziga ham ma'lum edi. Marksning vafotidan keyin nemis kateder-sotsialistlari bu masalani yana qayta ko`tardilar. Ularning asosiy maqsadlari Marks ta'limotini kuchsizlantirish va uning ta'sir doirasini kamaytirish edi. O`z davrida F.Engels bu fikrlar uydirma ekanligini va Rikardoning qiymat nazariyasidan so`lrikardochilar sotsialistik xulosalar uchun K.Rodbertusdan oldinroq ko`rsatib foydalanganliklarini aytdi. Shuningdek u K.Rodbertus qo`shimcha qiymatning foyda va yer rentasiga aylanish qonunini, kapitalistik sinflar o`rtasida qo`shimcha qiymatning taqsimlanishi, qonunni to`liq tushunmay, faqat renta nazariyasi bilan cheklanib qolganligini ham ko`rsatib o`tdi.
Haqiqatan ham, foyda va yer rentasini ishchilarga haq to`lamaslik samarasi deb hisoblash, bu hali qo`shimcha qiymatning ilmiy nazariyasini yaratish degan gap emas edi. Ingliz sotsialist-rikardochilar bu masalada K.Rodbertusdan ancha ilgarilab ketdilar (biz bu haqda keyingi boblarda to`xtalib o`tamiz).
K.Rodbertusning iqtisodiy g`oyalari yuqorida qayd etilgan asosiy asaridan tashqari, katta tomni tashkil etgan to`rtta "ijtimoiy xati"da bayon etilgandir. Unda u qiymatning mehnat nazariyasini sodda ko`rinishda tahlil qildi. qiymat ijtimoiy zaruriy mehnat bilan aniqlanmasdan, balki barcha mehnat harajatlari bilan aniqlanib, bu o`rinda bir xil mehnat xarajatlari har qanday ishlab chiqarishdan qat'i nazar bir xil qiymat hosil qiladi deb ko`rsatiladi. Bundan tashqari, mehnat doimo qiymat vujudga keltirishi alohida ta'kidlanadi. F.Engels "Falsafa qashshoqligi" asarining so`zboshisida K.Rodbertus qarashlaridagi bu holatni keskin tanqid qilib, o`zining qiymat nazariyasida mehnatning ijtimoiy zaruriy xarakterini inkor etadi deb yozadi.
K.Rodbertusning fikricha, mehnat qiymat o`lchovi sifatida oltin va kumushdan yuqori turadi, chunki u ish kunini o`zgarmas o`lchov deb hisoblaydi. Bu o`rinda "mehnat kunlari" ham izohlanadi. Lekin olim xayoliy fikrlarga berilib, kapitalistik tovar xo`jaligi sharoitida pulning
230
zaruriyatini to`g`ri tushuntirib bera olmadi. K.Rodbertus o`zining taqsimot nazariyasida klassik maktab vakillari
Yo`l qo`ygan xatolarni takrorlaydi. Taqsimot nazariyasi quyidagi tartibda tahlil qilinadi va uch bosqichdan iborat bo`ladi. Birinchi bosqichda K.Rodbertus ijtimoiy (milliy) mahsulotni ish haqi va rentaga bo`linishini ko`rib chiqadi. Ikkinchi bosqichda u rentani kapital va yer rentasiga bo`lishga o`tadi. Va nihoyat, uchinchi bosqichda K.Rodbertus barcha foyda va yer rentasining kapitalist va yer egalari o`rtasidagi taqsimotini ko`rib chiqadi. K.Rodbertus ijodiy faoliyatining so`nggi yillari qiymatning mehnat nazariyasidan uzoqlashib mayda ishlab chiqaruvchilar manfaatlariga mos tushuvchi jamiyatni qayta qurish loyihalarini e'lon qilish bilan bog`liq bo`ladi. Kapitalizmni Rodbertuschasiga isloh qilish sinfiy kurashsiz evolyusion yo`l bilan amalga oshirishni ko`zda tutar edi. Bu yo`l keyingi islohotchilik yo`nalishidagi nazariy maktab tomonidan qo`llaniladi. Bu olimning asarlari rus tilida to`la chop etilgan. (К.Родбертус “Экономические сочинения” М.,ОГИЗ.Соц Экгиз, Л.,1936. Стр. 436).
Do'stlaringiz bilan baham: |