Iqtisodiy talimot doc


Klassik maktab ta'limoti va hozirgi zamon



Download 1,61 Mb.
bet52/123
Sana24.06.2022
Hajmi1,61 Mb.
#700373
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   123
Bog'liq
SodaPDF-converted-6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

10.3. Klassik maktab ta'limoti va hozirgi zamon


A.Smit va D.Rikardo Angliya klassik iqtisodiyotining eng buyuk va eng so`nggi namoyandalari edilar, ularning g`oyalari Sey, Sismondi Bastiya, Sismondi Senior, Keri va qisman Maltus tomonidan davom ettirildi, ammo bu g`oyalarga katta biror yangilik kiritilmadi. Buni keyingi boblarda ko`ramiz. Agar klassik maktab g`oyalari Angliya va Fransiyada qo`llab-quvvatlanib progressiv rol o`ynagan bo`lsa, feodal munosabatlari hali ustun, kapitalistik rivojlanish endigina rivojlanayotgan davlatlarda bu g`oyalar ta'siri tobora ortib bordi (Germaniya, Avstriya, Italiya, Ispaniya va nihoyat Rossiya). Ma'lumotlarga ko`ra, Ispaniyada Smitning kitobi dastlab inkvizitsiya tomonidan taqiqlangan. Germaniyada esa reaksion professorlar uni tan olishni istashmagan. Shunga qaramasdan, ularning asarlarida klassik iqtisodiy maktab eng yuksak cho`qqiga ko`tarildi va jahon iqtisodiy tafakkuriga katta ijobiy ta'sir ko`rsatdi. Undan keyingi iqtisodchilar ilmiy bo`lmagan apologetik maqsadlarni qo`ydilar.


Klassik iqtisodiy maktab uchun shu narsa xarakterliki, unda mantiqiy abstraksiya uslubi yordamida iqtisodiy voqealar va jarayonlar mohiyatiga yetish uchun harakat qilindi. Olimlar mavjud voqealarni imkoni boricha katta obyektivlik va holislik bilan tahlil etdilar va o`sha davrdagi tizimni ataylab ongli maqtash bilan shug`ullanmadilar. Klassiklar mulohazalarining asosida inson xohishiga bog`liq bo`lmagan obyektiv iqtisodiy qonunlar mavjudligi to`g`risidagi tushunchalar yotar edi. Bu qonunlar iqtisodiy tizimda tabiiy turg`unlikni ta'minlashga qodir bo`lib, o`z-o`zini tartibga solish tendensiyasi ularga xosdir. Shu sababli bu ta'limot a'zolari davlatning iqtisodiyotni, savdoni har qanday cheklashlariga doimo qarshi bo`ldilar.
Klassik iqtisodiyotning poydevori qiymatning mehnat nazariyasi asosiga qurilgan. Bu ta'limot daromadlarni taqsimlash nazariyasiga ham
212
asos deb qaralgan. Bu maktab birinchi marta o`sha davrdagi ilg`or burjua jamiyatining sinfiy tuzilishini to`g`ri yoritib berdi, kapitalistlar va yer egalari daromad manbalari yollanma ishchilarni ekspluatatsiya qilish ekanligi ochib berildi, ammo qo`shimcha qiymatning asl tabiati aniqlanmadi.
Ijtimoiy kapitalning takror ishlab chiqarish mexanizmini tadqiq qilishda muhim yutuqlar qo`lga kiritildi. Ammo doimiy kapitalning yalpi mahsulot qiymati elementi ekanligi aniqlab berilmadi. Klassiklar asosiy iqtisodiy muammo sifatida kapital jamg`arilishini ilgari surdilar va u bilan bog`liq bo`lgan ziddiyatlarni yetarlicha baholay olmadilar, umumiy ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari bo`lishi mumkinligini inkor etdilar.
Bu olimlar haqida gap borganda ularni odatda siyosiy iqtisod asoschilari deb ko`rsatiladi. Ammo, bu ibora Monkretyen tomonidan birinchi bor qo`llanilgan (1615 y.) va siyosiy iqtisodga Kantilyonning "Esse" asarida, F.Kenye maqolalarida, Turgoning kitoblarida asos solinganini aytib o`tish kerak.
A.Smit o`z asarida iqtisodiyot fanini har tomonlama to`la tahlil etib, hozirgi davr tili bilan aytganda bozor iqtisodiyoti va uning amal qilish tamoyillarini to`g`ri ko`rsatib berdi. Ular ta'limotining mohiyati qisqacha quyidagilardan iborat:

  1. Tanlov va tadbirkorlik erkinligi;

  2. Baholarning erkinligi (ya'ni bahoning bozorda talab va taklif asosida shakllanishi);

  3. Erkin raqobat;

  4. Mulk shakllarining turli-tumanligi va ularning qonun oldida baravarligi (ya'ni davlat, jamoa, xususiy va boshqa mulklarning hayotiyligi); xususiy mulk afzalligi;

  5. Davlatning imkoni boricha iqtisodiyot masalalariga kam aralashuvi (yoki iqtisodiyotning "lassez faire" tamoyili bo`yicha o`z yo`liga ko`ra rivoji) va boshqalar.

Ularda bozor tizimi kapitalizmning asosiy falsafasiga aylanib qoldi. Bu tamoyillar nazariy jihatdan buyuk kashfiyot edi va muhimi yangi jamiyatning iqtisodiy siyosatida keng qo`llanilib samarali natijalar berdi. Bu nazariy asos hozirgi davrda ham o`z kuchini yo`qotgan emas. Keyingi rivojlanish davrida bu tamoyillarning evolutsiyasini ko`ramiz. Ayniqsa, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi masalasi bo`yicha turlicha fikrlar bor, ma'lum davrda davlat aralashuvi uchun ham sharoit yuzaga kelar ekan (buni keyingi boblarda ko`rib chiqamiz). Faqat shuni eslatib o`tmoqchimizki, sotsialistik rivojlanish g`oyalarining mualliflari
213
sotsialistik deb atalgan davlat klassik iqtisodiy maktabning bir qancha muhim tamoyillarini inkor etib (masalan xususiy mulkni bekor qilish, davlat-umumxalq mulkining hissasini oshirish, qat'iy rejalashtirish, qat'iy baholar o`rnatish, iqtisodiyotda erkinlikni bo`g`ish, davlat tomonidan ma'muriy-buyruqbozlik usullarining keng qo`llanilishi va boshqalar), katta xatoga yo`l qo`yganliklari tarixda isbotlandi.
Shunisi xarakterliki, Smitning bosh asari yozilgan 1776 yilda AQSHda "Mustaqillik deklaratsiyasi" ham e'lon qilindi. Bu ikkala hujjatning qay biri ko`proq ahamiyatga ega degan savolga javob berish qiyin, chunki "Deklaratsiya" "Hayot, Erkinlik va Baxtga intilish" bilan bog`liq jamiyatni barpo qilishga chaqirib tursa, "Xalqlar boyligi..." asari bu jamiyat qanday ishlashi va yashashi kerakligini tushuntirib berdi, demak, ikkala hujjat ham bir-birini mantiqan to`ldirdi.
Klassik maktab vakillari erkin bozor munosabatlariga katta ishonch bildirgan holda jamiyatning institutsional tarkibini takomillashtirishga ham alohida ahamiyat berganlar.
Smit erkin bozorning ijobiy tomonlari bilan birga uning ayrim nuqsonlarini ham ko`rsatib berdi. "Ko`rinmas qo`l" har doim ham bekamu ko`st ishlay olmaydi, masalan, bozor tizimi ("Ko`rinmas qo`l") jamiyatga umumiy holda sotiladigan va sotib olinishi mumkin bo`lmagan milliy xavfsizlik yoki qonuniylik jamiyat osoyishtaligi va barqarorligini ta'minlab berishga qodir emas. Bunday imkoniyatlar davlat tomonidan yaratilishi va berilishi kerak. Undan tashqari bozor jamiyatning axloqiy va estetik mezonlariga har doim ham javob beravermaydi, bozor ishlab chiqarish uchun foydali va qulay, ammo iste'molchi uchun ziyon keltiradigan tovarlarni taklif etishi mumkin. Shu bilan birga bozor tizimi jamiyatning talab-ehtiyojlarini doimo qondiruvchi buyuk vosita ekanligi ochib berildi. Undan tashqari bu tizim o`zini-o`zi tartibga soluvchi mexanizmga ega. Bu yerda buyuk bir paradoks, ya'ni jumboqqa duch kelamiz. Bozor iqtisodiy erkinlikning eng oliy timsoli bo`lgani holda iqtisodiyotning eng qat'iy nazoratchisi hamdir. Masalan, qayerdadir baho, ish haqi yoki foyda ma'lum mo’tadil darajadan oshib ketsa, raqobat kuchi ularni siqib chiqaradi yoki boshqacha qilib aytganda, qiroldan iltifot yoki marhamat so`rash mumkin, ammo bozor shafqatsizdir.
"Tabiiy erkinlik" bozor tabiiy rivojlanish asosida tobora o`sib boradi, bunda xalqning farovonligi doimo yuksaladi. Bu o`sishning asosi nima? Buning bosh sababi rag`batlantiruvchi kuchlardir, har kimning o`z sharoitini yaxshilashga intilishi, foyda ketidan quvish, "pul qilish istagi" pirovard natijada har bir ishlab chiqaruvchi o`z kapitalini, korxona
214
boyligini doimo oshirishga intiladi, bu esa har bir ishlab chiqaruvchini ko`proq foyda olish ilinjida tovarlarni sotish imkoniyatlarini izlashga majbur qiladi.
Hozirgi davrda klassik maktab asosida neoklassik (yangi klassik) qarashlar mavjud bo`lib, o`sha davrdagi asosiy g`oyalar saqlangan holda ularning ayrim tomonlari zamonga mos ravishda to`ldiriladi (bu haqda keyinroq gapiriladi).


XULOSA





    1. asr oxiri va ayniqsa XIX asr o`rtalarida klassik iqtisodiy maktabga muqobil iqtisodiy g`oyalar paydo bo`la boshladi va hozirgacha davom etmoqda. Bunday bo`lishining birinchi sababi dialektik rivojlanish bo`lsa, ikkinchidan klassik maktab g`oyalari ham, ya'ni bozor iqtisodiyoti tamoyillarining bekamu ko`st emasligida, shart-sharoitga qarab u yoki bu tamoyilning amaliy ta'siri har xil bo`lishidadir.

Ayniqsa sanoat to`ntarilishi tufayli (sanoat o`sdi, ishlab chiqarish rivoj topdi, mamlakat boyligi ortdi, ammo barchaning iqtisodiy farovonligi har xil bo`lib, sinfiy differensiatsiya kuchaydi) kutilgan natijalarga erishilmadi, iqtisodiy inqirozlar, noroziliklar kuchaydi. Shular tufayli klassik maktabni taftish qilish, iqtisodiyotning ayrim unsurlarinigina olib, barcha jarayonlarni tushuntirishga intilish boshlandi, sinflarning manfaatlarini ko`r-ko`rona himoya qilish (apologetika) ro`y berdi). Iqtisodiyotda yangi tushunchalar kiritildi, qiymat, qimmat, foydalilik bilan almashtiriladi, boshladi qiymatning mehnat nazariyasiga hujum boshlandi.
Shu davrdagi iqtisodchilarda birinchi navbatda sinflar o`rtasidagi iqtisodiy mulkiy munosabatlar katta qiziqish uygotdi. Ular turli yo`llar bilan sinflar, mehnat va kapital o`rtasida hech qanday antagonizm yo`q, "iqtisodiy uyg`unlik" mavjud degan g`oyani isbotlashga urindilar. Oqibatda har qanday ekspluatatsiya inkor etildi, ish soatlarining uzunligi "isbotlab berildi" ("so`nggi soat" nazariyasi). Kapitalist o`z kapitali bilan ishlab chiqarishga yo`l ochadi va qonuniy foydasini, ishchi - ish haqini, yer egasi - rentani to`g`ri oladi, ular o`rtasida hech qanday kelishmovchilik, anglashilmovchilik yo`q degan g`oya ilgari suriladi. "Manfaatlar uyg`unligi", "Kompensatsiya nazariyasi" va boshqalar shular jumlasiga kiradi.
Ayrim olimlar bo`layotgan qiyinchiliklarga aholining o`zi aybdor, chunki uning ko`payishi tez, tirikchilik vositalari esa sekin o`sishi tabiiy bir hol, deydilar (Maltusning "Nufuz nazariyasi"). Bu fikr boshqa g`oya -
215
"tuproq unumdorligining pasayib borishi" nazariyasiga olib keldi. O`z g`oyalariga teskari "uchinchi shaxslar" nazariyasi vujudga keldi, ishlab chiqarmaydigan sinflar ravnaq asosi qilib ko`rsatiladi.
Ko`pchilik olimlar proteksionizmni inkor etib, fritrederlikni taklif etishsa (Sey, Mill, Bastia), ba'zan unga butunlay teskari fikr ham bildiriladi (Keri). Kapitalizmning bekamu ko`stligi haqida ko`p kayg`uriladi, vaholanki bu illatlar shundoqqina ko`rinib turibdi.
Shu davrda iqtisodiyotda matematik usullar ishlab chiqildi (Kurno, Tyunen), bu usullar ayniqsa hozirgi davr iqtisodiyotida yetakchi rol o`ynamoqda.



Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish