Iqtisodiy talimot doc


J.S.Millning iqtisodiy ta'limoti



Download 1,61 Mb.
bet50/123
Sana24.06.2022
Hajmi1,61 Mb.
#700373
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   123
Bog'liq
SodaPDF-converted-6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

J.S.Millning iqtisodiy ta'limoti


Ingliz Jon. Styuart Mill (1806-1873) klassik maktabning so`nggi nomoyondalaridan biri deb qaraladi. Uning otasi Jeyms Mill (1773-1836) ham iqtisodchi bo`lgan va o`g`lining tarbiyasi bilan jiddiy shug`illangan, oqibatda yoshligidaayoq dastlabki tadqiqotlari e'lon qilindi. Ammo 1848 y.bosib chiqarilgan "Siyosiy iqtisod asoslari" (5 jilddan iborat) kitobi unga shuhrat keltirdi. Amaliy hayotda Mill Ost-Indiya kompaniyasi bilan bog`langan edi (1858 y yopilgan). 1865-1868 yy. Parlament a'zosi bo`lgan (D.Rikardoni eslang). So`nggi yillarda Fransiyaning Avinyon shahrida yashab ijod etdi.


204
Tadqiqot predmetida D.Rikardo g`oyalariga yaqin turadi va birinchi o`ringa "ishlab chiqarish qonunlari" ni qo`yadi, bu masalani "Taqsimot qonunlari"ga qarama-qarshi deb biladi. Klassik maktab vakillari kabi, iqtisodiy rivojlanishda "qishloq xo`jaligi imko-niyatlari" bilan hisoblashmaslik mumkin emas deb hisoblaydi.
Tadqiqot usulida pulning "neytrollik" konsepsiyasiga amal qiladi, ammo, pulning miqdoriy nazariyasini ham qo`llaydi. Boylik to`g`risida ancha sodda fikrda bo`lib, boylik bu bozorlarda sotib olinadigan va sotiladigan narsalarning summasi sifatida qaraladi. Bu olimning metodologiyasida 1) ishlab chiqarish qonunlarini 2) taqsimot qonunlariga qarshi qo`yish xarakterlidir. Birinchilari o`zgarmas bo`lib, texnik sharoitlar bilan belgilanadi, bu "fizik haqiqatlar" kabidir, ular "tabiiy fanlar xususiyatlari" xarakteriga ega, ularda inson irodasiga bog`liq hech narsa yo`q. Ikkinchilari esa, ularni "inson intuitsiyasi" boshqargani sababli, ayrim mamlakatlar va davrlarda jamiyatni boshqaradiganlarning fikri va xohishiga bog`liq bo`lib, nihoyatda turlicha bo`ladi.
"Mazkur jamiyat qonun va urf-odatlari" taqsimot qonunlariga bevosita ta'sir etadi va "jamiyatdagi asosiy uch sinflar" o`rtasida daromadlarning taqsimoti mulkning shaxslar o`rtasidagi taqsimotini belgilab beradi. Insoniy qarorlarning taqsimot qonunlari shakllanishidagi ahamiyatidan kelib chiqib, J.S.Mill jamiyatni sotsial jihatdan isloh qilish bo`yicha o`z tak-liflarini ishlab chiqadi. Olimning tadqiqotlarida "statika" va "dinamika" tushunchalari kiritiladi. Avvalgi olimlarda jamiyatning "statsionar va o`zgarmas" iqtisodiy qonunlari o`rganilgan bo`lsa, endilikda statikaga siyosiy iqtisodning dinamikasini qo`shish kerak-ligi aytiladi.
Ammo, M.Blaugning fikricha, Millda "dinamika" tarixiy o`zgarishlarni tahlil sifatida qaraladi, "statika" deganda esa hozirgi satik tahlil tushuniladi. Demak, hozirgi davrdagi dinamik tahlildan keskin farq qiladi, chunki endilikda iqtisodiy munosabatlardagi o`zgarish zamon va makonda, diffensial hisob-kitoblar yordamida matematik modellashtirish orqali amalga oshiriladi.
Millning qiymat nazariyasida "almashuv, iste'mol qiymatlari" , qiymat va boshqalardan tashqari, qiymat (qimmat) bir vaqtda barcha tovarlarda o`sishi mumkin emas degan xulosa chiqariladi, chunki qiymat nisbiy tushunchadir. qiymat mehnat tufayli yuzaga kelishi va birinchi darajali ahamiyatga egaligi ta'kidlanadi.
Pul to`g`ridagi g`oyasida miqdoriy masala birinchi o`ringa qo`yiladi, ya'ni pulning ko`payishi yoki kamayishi tovarlarning nis-biy bahosi o`zgarishiga ta'sir etadi. Boshqa sharoitlar teng bo`lganda "pulning
205
qiymati uning miqdoriga teskari nisbatdadir", pulning har qanday kamayishi esa xuddi shunday proporsiyada uning qadrini oshiradi. Pulning neytralligi to`g`risida fikr yuritilib, pul vaqtni va mehnatni iqtisod qilish uchun hizmat qiladi, deyiladi. Boylik, moddiy ne'matlar faqat unumli mehnat natijasida yaratiladi. Yangilik shundan iboratki, mulkni qo`riqlash malaka orttirishga qaratilgan mehnat ham unumli deb hisoblanishi kerak. Unumli mehnat agar u jamiyat ishlab chiqarish kuchlarini ko`paytirishga olib kelsa, unumli iste'molga ega bo`ladi.
Aholining iqtisodiyotdagi roli to`g`risida so`z yuritilib, Angliyada 1821 y. Keyin 40 yil davomida tirikchilik vositalari ishlab chiqarish sur'atlari aholi o`sishidan yuqori bo`lmagan. Aholi sonini kamaytirish bo`yicha takliflar beriladi (ixtiyoriy tug`ulishni kamaytirish, ayollar emansipatsiyasi). Bu masalada Mill Maltus bilan hamohangdir.
Kapital deganda "avvalgi mehnat bilan ilgari to`plangan mahsulotlar zahira" lari tushuniladi. Kapital jamg`arish investitsiya uchun asos hisoblanadi va bandlikni oshiradi, ishsizlikning oldi olinadi (J.M.Keyns ta'limotiga qarang).
Daromadlar to`g`risida gapirilib, bunda avvalgi olimlar fikri qo`llanadi, uni mehnatga haq deb qaraladi va ishchi kuchiga bo`lgan talab va taklifga bog`liq deyiladi. Minimal ish haqi g`oyasiga amal qilib, "ishchi fondi" doktrinasi ilgari suriladi, unga ko`ra, sinfiy kurash ham, kasaba qo`mitalari ham ish haqini yashash minimumi darajasida saqlashning oldini ola olmaydi. Ammo 1869 yil bu doktrina g`oyasi inkor etiladi va kasaba qo`mitalari haqiqatan ham ish haqiga ta'sir etadi, bu "mehnat bozoridagi raqobat oqibatlari" kabidir. Boshqa sharoitlar teng bo`lganda past jozibali mehnatda ish haqi kamroq bo`ladi. Mill "minimum ish haqi" bilan "fiziologik minimum" ni farqlaydi, birinchisi ikkinchisidan yuqoridir. Ish haqi manbayi sifatida allaqanday "kapital zahira" keltiriladi.
Renta to`g`risidagi fikrda, renta bu yerdan foydalanganlik uchun to`lanadigan kompensatsiya deb qaraladi.
Shu bilan birga, yer uchastkasidan foydalanish shakliga qarab. Bu renta mavjud bo`ladi yoki foydani yo`q qiluvchi xarajat bo`lishi mumkin.
Jamiyatdagi iqtisodiy islohotlar, xususan sotsializm va soysialistik qurilish to`g`risida ham fikr yuritiladi. Sotsial tengsizlikning xususiy mulk bilan bog`liqligini inkor etadi. Masala bunda xususiy mulk bilan bog`liq individualizm va suiste'molchilikka barham berishdir, degan xulosa chiqariladi.
Jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida davlat rolini faol-lashtirish masalalari qarab chiqilgan, bunda davlat markaziy bankining foizlari
206
oshirishga intilishi maqsadga muvofiq deb qaraladi, chunki bu xorij kapitalini mamlakatga kirib kelishini rag`batlantiradi, milliy valuta kursi mustahkamlanadi, oqibatda davlatdan oltin chiqib ketish oldi olinadi. Davlat xarajatlarining ko`payishi tanqid etiladi.
Erkin savdo munosabatlari (laisser faire) ni qo`llash bilan birga, "bozor kuchisiz" ayrim sohalarda (infratuzilma, fan, qonunlarni chiqarish, bekor qilish va b.) davlat aralashuvi kerak deb, hisoblanadi.
Mill ayniqsa, ta'lim sifatida alohida e'tibor qiladi, xususiy maktablar tarafdori (faqat chekka joylardagina umumiy maktabga yo`l beriladi), davlat imtihonlari tizimi yomon o`qiganlar uchun jarima taklif etiladi.
Boshida aytilganidek, bu olim ishlab chiqarish qonunlari o`zgar- tirish mumkin emas, balki taqsimot qonunlarini o`zgartirish kerak degan aqidaga amal qiladi.
Bu olimning katta xatosi bo`lib, aslida ishlab chiqarish va taqsimot bir-biridan alohida-alohida yashay olmaydi; ular bir-birlariga o`zaro va har tomonlama bog`liq.
Millning sotsial islohoti huquqidan uch pazitsiyani o`z ichiga oladi:

  1. kooperativ ishlab chiqarish assotsiatsiyasi yordamida yollanma mehnatni tugatish;

  2. yer solig`i yordamida yer rentasini ijtimoiylashtirish;

  3. merosxo`rlik qonunini cheklash yordamida boylikning tengsizligini cheklash.




    1. Download 1,61 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish