Iqtisodiy talimot doc



Download 1,61 Mb.
bet64/123
Sana24.06.2022
Hajmi1,61 Mb.
#700373
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   123
Bog'liq
SodaPDF-converted-6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

Jon Brey


J.Breyning "Mehnatga nisbatan adolatsizlik va uni bartaraf etish yo`llari" nomli kitobi 1839 yilda nashr qilindi. T.Godskin va J.Greyning pamfletlari kabi Breyning kitobi ham katta shuhrat qozondi. U ham ishchilar orasidan yetishib chiqqan bo`lib, bosmahonada harf teruvchi va muqova qiluvchi bo`lib ishlar edi. O`zining qarashlariga ko`ra J.Brey ham Grey singari ishchilarning sinfiy kurashiga qarshi edi. Uning asosiy kitobi "Xalq xartiyasi hujjatlari" e'lon qilingandan bir yil keyin chiqdi. Xartiyaning asosiy mazmuni Britaniya saylov tizimini demokratlash edi (umumxalq saylov huquqi, yashirin ovoz berish, nomzodlar mulkiy senzlarni bekor qilish va boshqalar). Chartizm harakati ham aynan shu davrdan boshlanib, unga J.Breyning asari chaqiriq sifatida xizmat qildi. Dunyoda adolatsizliklar qayerdan vujudga kelishini, jamiyat va davlat nima ekanligini, mehnatning zaruriyati, kapital jamg`arish va ayirboshlash xususiyatlarini o`rganishga o`z e'tiborini qaratdi. J.Brey shunday deb yozadi: "Adolatli tuzumda hamma mahsulotlarni baholab, ayirboshlash, ishlab chiqazishga sarf qilingan butun harajatning yig`indisi bilan belgilanar edi, boylik teng ayirbosh qilinar edi. Shu bilan birgalikda juda qadimdan jamiyatda yuksak darajada tengsiz ayirboshlash sistemasi hukm


245
surar edi: ishchilar kapitalistlarga yil davomida mehnat qilar edilar va evaziga yarim yillik mehnatning qiymatini olar edilar." Xuddi shu yerdan, aslo taxmin qilinmagan individlarning jismoniy va aqliy kuchlari ichidan boylik va hokimiyatning tengsizligi kelib chiqadi.
Xuddi shu ayirboshlash tengsizligi bir sinfga hech narsa bilan shug`ullanmaslikni va dabdabali yashashni ta'minlaydi, boshqa bir sinfni og`ir mehnatga mahkum etadi.
J.Brey shunday deydi: "Siyosiy iqtisodchilarning tas-diqlashicha har bir ayirboshlash o`zaro manfaatlidir. Aslini olganda esa kapitalist bilan ishchi o`rtasida hech qanday ayirboshlash yo`q! Ishchi kapitalistga o`zining mehnatini beradi, xo`sh, kapitalist unga nima beradi? Kapitalist ayirboshlash uchun yo mehnatni, yo kapitalni berishi mumkin. Kapitalist hech qachon mehnatni bera olmaydi, chunki u mehnat qilmaydi. Shu bilan birga kapitalist kapital ham bermaydi, chunki uning kapitali kamaymaydi, balki ko`payadi. Ishchining mehnati evaziga kapitalist nima beradi? Ishchining bir haftalik mehnati evaziga kapitalist va xususiy mukl egalari unga o`zlarining shu hafta ichida olgan boyliklarining bir qismini beradilar. Boshqacha qilib aytganda, ular ishchidan biron narsa oladilar, ammo o`rniga hech narsa bermaydilar".
"Hech kim dunyoda qandaydir tug`ma yoki tabiiy boylikka ega emas, - deb davom etadi J.Brey, - tabiat insoniyatga nimaiki bersa, bu mehnatga bo`lgan qobiliyatidandir. Demak, agar kimdir hech qachon mehnat qilmasdan boylikka egalik qilsa, bu boylik unga tegishli bo`lishi adolatsizlikdir. U o`zlarining mehnatlari evaziga yuzaga keltirgan insonlarga tegishli bo`lishi kerak, chunki kapital o`z-o`zidan yuzaga kelmaydi. Angliyaning ulkan kapitallari yaratilish prinsipi bo`yicha kapitalistlarga tegishli bo`lishi kerak emas (ular uni o`zlari ishlab chiqarmaydilar). Bu ayirboshlash prinsipi asosida ham bo`lgan emas, ya'ni ular kapitalni o`z mehnatlari evaziga ayir-boshlab olganlari yo`q. Meros huquqi asosida ham emas (bu boyliklarning merosxo`ri yo`q). qaysi eshikka qaramaylik, mehnatkash kishi bilan puldor o`rtasidagi shartnoma adolatsizlik va aldamchilik bilan tugallanadi." J.Brey xulosa qilib, hech qanday siyosiy saylov islohotlari bu tartibni o`zgartirmaydi, deydi. Mavjud tartibdagi ishchilar sinfi qanchalik aqlli, yuqori ma'naviyatli yoki mehnatsevar kuch bo`lishidan qat'i nazar, to`g`rilab bo`lmaydigan qullikka mahkumdirlar. Shuning bilan birgalikda u ishchilar sinfining kurashi kishilarga qarshi emas, balki tuzumga qarshi, u kapitalistlar bilan yoki kapital bilan emas, balki kapitalni qo`llash usuli bilan ekanligini uqtiradi.
246

    1. Download 1,61 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish