6.6-jadval
Ketma-ket hisoblar
|
O’zaro ta’sirlashuvchi xususiy ko’rsatkichlar
|
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining fond qaytimi
|
Oldingi hisobla-shishlar-dan og’ish
|
Og’ish sabablari
|
Fondlar tarkibida mashina va uskunalar ulushi, %
|
Mashina va uskunalar fond qaytimi
|
1- hisob o’tgan yili
|
O’tgan 77,33
|
O’tgan 2062,1
|
O’tgan 1594,8
|
|
|
Birinchi ko’rsatkichni o’rin almashtirish
|
Hisobot 76,92
|
O’tgan 2062,1
|
Shartli №1 1586,2
|
-8,6
|
Mashina va uskunalar ulushi pasayishi
|
Ikkinchi ko’rsatkichni o’rin almashtirish
|
Hisobot 76,92
|
Hisobot 1894,8
|
Hisobot 1457,6
|
-128,6
|
Mashina va uskunalar fond qaytimi pasayishi
|
Fond qaytimining 137,2 so’mga (1457,6 – 1594,8) pasayishi ikki omil, uskunalarning ulushi hamda mashina va uskunalar fond qaytimi kamayishi ta’sirida sodir bo’lgan.
Hisoblashni tekshirish: 1457,6 – 1594,8 = - 8,6 – 128,6
- 137,2 = - 137,2.
6. Uskunalardan foydalanish tahlili
Uskunalardan foydalanishni yaxshilash fond qaytimiga katta ta’sir ko’rsatadi. Uskunalardan foydalanish tahlilida, avvalo, korxonaning uskunalar bilan ta’minlanganligi va ulardan foydalanish to’liqligini tekshirish zarur.
Jami uskunalar mavjud, o’rnatilgan va ishlatilayotgan kabi turlarga ajratiladi.
Mavjud uskunalarga qaerda bo’lishi (tsexlarda, omborda) va qanday ahvolda bo’lishidan qat’iy nazar korxonada mavjud barcha uskunalar kiritiladi.
O’rnatilgan uskunalar – bu tsexlardagi yig’ilgan va ishlatishga tayyorlangan uskunalardir. Shuni ham nazarda tutish lozimki, o’rnatilgan uskunalarning bir qismi zaxirada, konservatsiyada, rejadagi ta’mirda va modernizatsiyada bo’lishi mumkin.
Ishlatilayotgan uskunalar – bu ishlatish vaqtidan qat’iy nazar hisobot davrida haqiqatda ishlatilayotgan barcha uskunalardir. Uskunalardan foydalanish samaradorligini oshirish ikki yo’l bilan ta’minlanadi:
ekstensiv (vaqt bo’yicha)
intensiv ( quvvati bo’yicha)
Uskunalarning ekstensiv yuklama darajasini tavsiflash uchun uni ishlatish vaqtining balansi o’rganiladi. U o’z ichiga quyidagilarni oladi:
kalendar vaqt fondi – uskunalarni ishlatishning maksimal mumkin bo’lgan vaqti (hisobot davridagi kalendar kunlar soni 24 soatga va o’rnatilgan uskunalar birligi miqdoriga ko’paytiriladi);
rejim vaqt fondi – (o’rnatilgan uskunalar birligi miqdori hisobot davridagi kalendar kunlar soniga va smenalilik koeffitsienti hisobga olingan holda kunlik ish soati miqdoriga ko’paytiriladi);
rejaviy fond – reja bo’yicha uskunani ishlatish uskunaning rejaviy ta’mirda va modernizatsiyada bo’lishga oid rejimli vaqtidan farq qiladi;
ishlangan vaqtning haqiqatdagi fondi.
Haqiqatdagi va rejadagi kalendar vaqt fondini taqqoslash uskunani ishga tushirish bo’yicha rejaning muddat va miqdor bo’yicha bajarilish darajasini; kalendar va rejim vaqt fondini taqqoslash – smenalilik koeffitsientini oshirish hisobiga uskunalardan yaxshiroq foydalanish imkoniyatini, rejim va rejaviy vaqt fondini taqqoslash – ta’mirlashga vaqt sarfini qisqartirish hisobiga yuzaga keladigan vaqt zaxiralarini aniqlashga imkon beradi.
Uskunalarni ishlatish vaqtidan foydalanishni tavsiflash uchun quyidagi koeffitsientlar qo’llaniladi:
kalendar vaqt fondi – K k.f. = Tf : Tk
rejim vaqt fondi – K r.f. = Tf : Tr
rejaviy vaqt fondi – K p.f. = Tf : Tp
kalendar fondda turib qolishlarning ulushi : Ud.pr = PR : Tk,
Bu erda
Tf, Tp, Tr, Tk – mos ravishda uskunalar ish vaqtining haqiqatdagi va rejaviy, rejim va kalendar fondlari;
PR – uskunalarning turib qolishlari.
Bir martalik tekshiruv ko’rsatadiki, tahlil qilinayotgan korxonaning birinchi tsexida vaqt bo’yicha uskunalardan foydalanish quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |