Iqtisodiy tahlil



Download 1,13 Mb.
bet87/105
Sana19.04.2022
Hajmi1,13 Mb.
#564255
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   105
Bog'liq
УМК Иқтисодий таҳлил 2016

O’sish sur’ati, %

summa,
mln. so’m

Salmog’i, %

summa, mln. so’m

Salmog’i, %

A

1

2

3

4

5

6

Bino

491,6

10,7

604,7

10,5

113,1

123

Inshootlar

482,4

10,5

512,6

8,9

30.2

106,2

Uzatish qurilmalari

340

7,4

408,9

7,1

68,9

120,2

Mashin va uskunalar

2665

58

3456,1

60

791,1

129,6

Mebel va ofis jihozlari

92

2

115,2

2

23,2

125,2

Kompyuter va hisoblash texnikasi

147

3,2

161,3

2,8

14,3

109,7

Transport vositalari

248,1

5,4

334,1

5,8

86

134,6

Boshqa asosiy vositalar

128,6

2,8

167

2,9

38,4

129,8

Jami

4594,7

100

5759,9

100

1165,2

125,3

Ko’rib chiqilayotgan davr uchun asosiy vositalarning umumiy qiymati 25,3% ga o’sgan. Ularning tarkibida o’zgarish sodir bo’lgan: mashina va uskunalar ulushi yil boshidagi 58% dan yil oxirida 60% gacha o’sib, passiv qism ulushi qisqargan. Bunda mashina va uskunalar o’sishi boshqa asosiy vositalarning o’sish sur’atini ortda qoldirgan.


3. Asosiy vositalar harakati tahlili
Asosiy vositalar harakati tahlili quyidagi ko’rsatkichlar asosida amalga oshiriladi – asosiy vositalar kirimi (joriy qilinishi), yangilash, hisobdan chiqarish, tugatish, kengaytirish koeffitsientlari. Asosiy vositalarning texnik holatini tavsiflash uchun yaroqlilik, eskirish va almashtirish koeffitsientlari hisoblanadi.
Ko’rsatkichlarni hisoblash uchun boshlang’ich axborot manbai moliyaviy hisobot (3-shakl – “Asosiy vositalar harakati haqida hisobot”) hisoblanadi. Yangilash va tugatish koeffitsientlarini hisoblash uchun yangi uskuna keltirilishi va eskirgan uskunalar tugatilishi haqida birlamchi analitik hisob ma’lumotlari talab qilinadi.
Ko’rsatkichlarni hisoblash metodikasini quyida keltirilgan jadval ma’lumotlari misolida ko’rib chiqamiz.
6.4-jadval
Asosiy vositalar mavjudligi va harakati balansi (mln.so’mda)

Ko’rsatkich

Yil boshida mavjud

Kirim qilindi

Chiqarib tashlandi

Yil oxirida mavjud

Boshlang’ich baholashda asosiy vositalar qiymati

4594,7

1608,1

442,9

5759,9

jumladan yangilari




590







Asosiy vositalar eskirishi

1581







2496,5

Asosiy vositalarning qoldiq qiymati

3013,7







3263,4

Asosiy vositalar harakati tahlili uchun quyidagi formulalar bo’yicha yuqorida tilga olingan ko’rsatkichlarni hisoblaymiz:



  • Tushum (joriy qilish) koeffitsienti Kj:

Qayta kirim qilingan asosiy vositalar
Kj=
Davr oxirida asosiy vositalar qiymati


Kj = x 100% = 27,9%.



  • Yangilash koeffitsienti Kya:

Yangi asosiy vositalar qiymati
Kya =
Davr oxirida asosiy vositalar qiymati


Kya = x 100% = 10,2 %.

Yangilash koeffitsienti fondlarning barcha qiymati kabi ularning aktiv qismi bo’yicha ham, shuningdek, uskunalar guruhlari bo’yicha hisoblanadi va odatda qator yillar uchun dinamikada ko’rib chiqiladi. Bizning misolimizda yillik yangilanish koeffitsienti 10,2% ga teng. Uskunalarning yosh tarkibi asosiy vositalarning texnik darajasini ham tavsiflaydi. Bu uning ishga yaroqliligi va almashtirish zarurati haqida mulohaza qilishga, shuningdek, fond qaytimini oshirishning potentsial imkoniyatlarini bilishga imkon beradi. Tahlil uchun amaldagi uskunalar turlari bo’yicha, ularning ichida esa foydalanish davomiyligi bo’yicha guruhlanadi va amaldagi muddatlar normativ, mazkur sanoat uchun umumiy o’rnatilgan xizmat muddatlari bilan taqqoslanadi. Bundan tashqari, foydalanilishi fond qaytimining etarli darajasini ta’minlay olmaydigan eskirgan uskunalarning ulushi aniqlanadi.


Asosiy ishlab chiqarish fondlari kirimi asosan ikki yo’nalishda amalga oshiriladi:

  • yangi qurilish va texnik qayta qurollantirish;

  • amaldagi korxonalar rekonstruktsiyasi.

Mamlakatimizda o’tkazilayotgan islohotlarning eng muhim yo’nalishlaridan biri – bu birinchi navbatda mamlakatning makroiqtisodiy barqarorligini, umuman iqtisodiy o’sishning lokomotivlariga aylanishi lozim bo’lgan ishlab chiqarish, tarmoq va sohalarni jadal rivojlantirishga, demografik xususiyatlar, ish bilan bandlik, aholi daromadlarini oshirish va boshqalar bilan bog’liq O’zbekiston uchun o’ziga xos bo’lgan o’ta muhim muammolarni hal qilishni ta’minlashga yo’naltirilgan iqtisodiyotni tizimli va bosqichli ravishda tuzilmaviy yangilash hisoblanadi.
Bundan tashqari, investitsiya mablag’larining aksariyat qismi korxonalar uskunalarini modernizatsiyalash va texnik qayta qurollantirishga yo’naltirilayotganligi kam xarajatlar bilan yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytirishga zamin yaratadi.



  • Asosiy vositalarni muomaladan chiqarish koeffitsienti Kch:

Muomaladan chiqarilgan asosiy vositalar qiymati
Kch =
Davr boshida asosiy vositalar qiymati

Kch = x 100 = 9,6%.





  • Tugatish koeffitsienti Kt:

Tugatilgan asosiy vositalar qiymati
Kt =
Davr boshida asosiy vositalar qiymati

Hisobot yilida kirim qilingan asosiy vositalar ulushi 27,9% ni tashkil qildi, ulardan yangilari 10,2% . Asosiy vositalarni yangilash maqsadi – uskunalarni saqlash va ishlatish bo’yicha xarajatlarni kamaytirish, uskunalar turib qolishlarini kamaytirish, mehnat unumdorligini yuksaltirish, mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish.



  • Almashtirish koeffitsienti Ka:

Eskirishi natijasida chiqarib tashlangan asosiy vositalar qiymati
Ka =
Qayta kirim qilingan asosiy vositalar qiymati

Ka = x 100 = 27,5%.



  • Mashina va uskunalar parkini kengaytirish koeffitsienti Kkeng:

Kkeng = 1 – Ka.
Ishlab chiqarish jarayonida ishlatilayotgan asosiy vositalar jismoniy va ma’naviy eskiradi. Jismoniy eskirish darajasi amortizatsiya hisoblash jarayonida aniqlanadi. Bu jarayon quyidagilar uchun usul sifatida bir necha jihatdan ko’rib chiqilishi mumkin:

  • asosiy vositalar eskirmagan qismining joriy bahosini aniqlash;

  • asosiy vositalarga bir martalik xarajatlarni tayyor mahsulotga kiritish;

  • ishlab chiqarish jarayonidan chiqarilayotgan asosiy vositalarni o’rin almashtirish uchun yoki yangi ishlab chiqarishga qo’yilmalar uchun moliyaviy resurslar jamg’arish.

Asosiy vositalar holatini aniqlash uchun mos ravishda asosiy vositalarning eskirgan ulushi yoki ishlatish uchun yaroqli qismi ulushini tavsiflovchi eskirish va yaroqlilik koeffitsientlari hisoblanadi:

  • Asosiy vositalar eskirish koeffitsienti Ke:

Asosiy vositalar eskirish qiymati
Ke =
Asosiy vositalar boshlang’ich qiymati

  • Asosiy vositalar yaroqlilik koeffitsienti Kya

Asosiy vositalar qoldiq qiymati
Kya =
Asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati
Ushbu ko’rsatkichlar foizlarda yoki ulush birliklarida o’lchanadi va hisobot davrining boshi uchun ham, oxiri uchun ham hisoblanishi mumkin. Ma’lumki, eskirish koeffitsientining ortishi korxonalar asosiy vositalari holati yomonlashganligini bildiradi. Bunda shuni hisobga olish lozimki, eskirish koeffitsienti asosiy vositalarning haqiqatda eskirishini aks ettirmaydi, yaroqlilik koeffitsienti esa ularning joriy qiymati, masalan, uskunalar vaqtincha ishlatilmayotganda aniq bahosini bera olmaydi. Bu holatda asosiy vositalar jismoniy eskirmaydi, lekin ularning eskirishining umumiy miqdori ortadi. Asosiy vositalarning joriy qiymat bahosi qator omillar, xususan, konyuktura va talab holatiga bog’liq bo’ladi, shuning uchun yaroqlilik koeffitsienti yordamida olingan bahodan farqlanishi mumkin. Asosiy vositalarning eskirish miqdoriga tashkilotda qabul qilingan amortizatsiya hisoblash tizimi eng katta ta’sir ko’rsatadi. Hozirgi vaqtda mavjud hisob va hisobot tizimida eskirish va yaroqlilik koeffitsientlari asosiy vositalar holatining faqatgina shartli bahosini beradi, bu esa ushbu ko’rsatkichlardan tahlil jarayonida qo’llash imkoniyatini jiddiy ravishda cheklab qo’yadi. Endi esa asosiy vositalarning eskirish va yaroqlilik koeffitsientlarini aniqlaymiz:
Ke = 1581 / 4594,7 x 100% = 34,5% - yil boshi uchun
Ke = 2496,5 / 5759,9 x 100 % = 43,4% – yil oxiri uchun
Kya = 3013,7 / 4594,7 x 100% = 65,5 % - yil boshi uchun
Kya = 3263,4 \5759,9 x 100% = 56,6 % - yil oxiri uchun
Yaroqlilik koeffitsienti bir (yoki 100%) va eskirish koeffitsienti o’rtasidagi farq sifatida hisoblab topilishi mumkin Kya = 1– Ke.



Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish