Iqtisodiy tahlil



Download 1,13 Mb.
bet94/105
Sana19.04.2022
Hajmi1,13 Mb.
#564255
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   105
Bog'liq
УМК Иқтисодий таҳлил 2016

Ko’rsatkichlar

Bazis yil

Hisobot yili

Og’ish,
(+ -)

O’zgarish sur’ati

1. Mahsulot (ish, xizmat) hajmi, mln. so’m

2300

2470,6







2. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha yillik qiymati, mln. so’m

1821,2

1867,6







3.Fond qaytimi













4.Fond sig’imi













Quyidagilarni hisoblagan holda asosiy vositalar tahlilini amalga oshiring:

  • Kirim koeffitsienti (Kk)

  • Yangilash koeffitsienti (Kya)

  • Hisobdan chiqarish koeffitsienti (Kh)

  • Tugatish koeffitsienti (Klik)

  • Almashtirish koeffitsienti (Ka)

  • Mashina va uskunalar parkini kengaytirish koeffitsienti (Kk)

  • Eskirish koeffitsienti (Ke). Xulosalarni ifodalang.




Ko’rsatkichlar

Yil boshida mavjud

Kirim qilindi

Chiqarib tashlandi

Yil oxirida mavjud

Boshlang’ich baholashda asosiy vositalar qiymati

2966

1670,2

9.2

4627

jumladan yangilari




1231,6







Asosiy vositalar eskirishi

889,8







956,8

Asosiy vositalarning qoldiq qiymati

2076,2







3670,2

Glossariy



O’zbek tilida

Rus tilida

Ingliz tilida

Mazmuni


Asosiy vositalar

Основные средства

fixed assets

moddiy ishlab chiqarish sohasida hamda noishlab chiqarish sohasida uzoq vaqt mobaynida (bir yildan ortiq) ishlatiladigan, shuningdek ijaraga berish uchun ham foydalaniladigan moddiy aktivlar


Boshlang’ich qiymat

Первоначальная стоимость

Initial cost

to’langan va qoplanmaydigan soliqlarni (yig’imlarni), shuningdek aktivni undan mo’ljal bo’yicha foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog’liq bo’lgan etkazib berish va montaj qilish, o’rnatish, ishga tushirish va istalgan boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda, asosiy vositalarni tiklash (qurish va qurib bitkazish) yoki xarid qilish bo’yicha qilingan xarajatlarning qiymati


Tiklanish qiymati

Восстановительная стоимость

replacement value

belgilangan narx indeksi, tiklanish qiymati aniqlab bo’lingan o’xshash turdagi mahsulotlar narxi, narx o’zgarishlarining yiriklashtirilgan koeffitsientlari yordamida aniqlanadi. Asosiy vositalar qiymatini ishlab chiqarishning o’zgargan iqtisodiy va texnik shart-sharoitlariga mutanosiblikka keltirish uchun davriy ravishda asosiy vositalarni qayta baholash amalga oshiriladi


Joriy qiymat

Текущая стоимость

present value

ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo’yicha asosiy vositalarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, mustaqil taraflar o’rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun etarli bo’lgan summa


Qoldiq qiymat

Остаточная стоимость

residual value

jamlangan amortizatsiya summasini chegirgan holda asosiy vositalarning boshlang’ich (tiklash) qiymati


Tugatish qiymati

Ликвидационная стоимость

Liquidation value

asosiy vositalarning chiqib ketishi bo’yicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy vositalarni tugatish chog’ida olinadigan aktivlarning faraz qilinayotgan summasi


Fond qaytimi

Фондоотдача

capital productivity

asosiy ishlab chiqarish fondlarining 1 so’m (1000 so’m)iga to’g’ri keladigan bir yilda (yoki boshqa davr) ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi


Fond sig’imi

Фондоемкость

capital intensity

asosiy vositalar o’rtacha qiymatini mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati bilan aniqlanadi


Mavjud uskunalar

оборудование в наличии



Equipment available

qaerda bo’lishi (tsexlarda, omborda) va qanday ahvolda bo’lishidan qat’iy nazar korxonada mavjud barcha uskunalar kiritiladi


O’rnatilgan uskunalar

Установленное оборудование

installed equipment

bu tsexlardagi yig’ilgan va ishlatishga tayyorlangan uskunalardir. Shuni ham nazarda tutish lozimki, o’rnatilgan uskunalarning bir qismi zaxirada, konservatsiyada, rejadagi ta’mirda va modernizatsiyada bo’lishi mumkin


Ishlatilayotgan uskunalar

Оборудование находящиеся в эксплуатации

Equipment in operation

bu ishlatish vaqtidan qat’iy nazar hisobot davrida haqiqatda ishlatilayotgan barcha uskunalar


Kalendar vaqt fondi

Календарный фонд времени

Calendar time fund

uskunalarni ishlatishning maksimal mumkin bo’lgan vaqti (hisobot davridagi kalendar kunlar soni 24 soatga va o’rnatilgan uskunalar birligi miqdoriga ko’paytiriladi)


Rejim vaqt fondi

Режимный фонд времени

Regime-time fund

o’rnatilgan uskunalar birligi miqdori hisobot davridagi kalendar kunlar soniga va smenalilik koeffitsienti hisobga olingan holda kunlik ish soati miqdoriga ko’paytiriladi


Rejaviy fond

Плановый фонд

Target fund

reja bo’yicha uskunani ishlatish uskunaning rejaviy ta’mirda va modernizatsiyada bo’lishga oid rejimli vaqtidan farq qiladi



Taqdimot (elektron shaklda)


7-dars. Moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik va ulardan foydalanish tahlili
1. Moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik hamda ulardan foydalanish samaradorligi tahlilining vazifalari va axborot ta’minoti
2. Moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik tahlili
3. Ombor zaxiralari holati tahlili
4.Material resurslardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar
5. Material resurslardan foydalanish tahlili


1. Moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik hamda ulardan foydalanish samaradorligi tahlilining vazifalari va axborot ta’minoti
Ishlab chiqarish jarayoni mehnat vositalari va mehnat predmetlarining uzluksiz doiraviy aylanishini o’zida aks ettiradi. Buning natijasida ular shaxsiy iste’mol predmetlariga aylanadi va ishlab chiqarish sohasini tark etadi yoki ishlab chiqarishning yangi vositalari sifatida yana uning tarkibiga qo’shiladi.
Uzluksiz ishlab chiqarish jarayonida korxonani mehnat predmetlari bilan ta’minotini tashkil qilish samaradorligi, ulardan ishlab chiqarish jarayonida oqilona foydalanish ulkan ahamiyat kasb etadi.
Mehnat predmetlariga quyidagilar kiritiladi: xom ashyo va materiallar, qo’shimcha materiallar, yonilg’i va energiya, ta’mir uchun ehtiyot qismlar va boshqalar. Moddiy resurslarni iste’mol qilish jarayonida ularning moddiy xarajatlarga o’zgarishi sodir bo’ladi, shuning uchun xom ashyo, materiallar, yonilg’i va energiyadan tejamkor foydalanish mahsulot tannarxini pasaytiradi.
Material sig’imi, mehnat sig’imi, fond sig’imi, kapital qo’yilmalar darajasi, mahsulot tannarxi va korxona foydasi o’rtasida o’zaro chambarchas aloqa mavjud. Boshlang’ich tanavor materiallarning material sig’imi kamayganda chiqindilar kamayishi hisobiga jonli mehnat tejamkorligi vujudga keladi, mahsulot tayyorlash mehnat sig’imi kamayadi.
Ayni vaqtda material sig’imining kamayishi bir xil dastgohda bir xil miqdordagi materillardan foydalangan holda vaqt birligida ko’proq miqdorda tayyor mahsulot olishga imkon beradi. Bu esa mehnat unumdorligi, fond qaytimi ortishiga, fond sig’imi kamayishiga olib keladi. O’z navbatida, muayyan hajmdagi mahsulot yaratish uchun fond sig’imini kamaytirish korxonalarda kapital qo’yilmalar hajmini nisbatan qisqarishini keltirib chiqaradi.
Mahsulotlar tannarxini kamaytirgan holda moddiy resurslardan oqilona foydalanish rentabellik va foyda o’sishi omili sanaladi. Lekin oddiy resurslardan tejamli foydalanish faqatgina ishlab chiqarish samaradorligini tavsiflovchi iqtisodiy ko’rsatkichlar oshishiga olib kelmaydi. Mavjud texnologik tizimlarda inson ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarish hajmining o’sishi shunga olib keldiki, tabiiy resurslar ning tugash sur’ati va atrof-muhitning ifloslanish darajasi yo’l qo’yib bo’lmaydigan chegaraga etib qoldi2.
Atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha yirik mutaxassislar E. fon Vaytszekker, Eymari B. Lovins, L. Xanter Lovins texnologik tizimlarning rivojlanish tendentsiyalari tahlili asosida quyidagi xulosaga keldilar:
… Resurslar mahsuldorligini to’rt karra oshirish mumkin va shunday qilish lozim. Boshqacha aytganda, tabiiy resurslarni qayta ishlash hisobiga olinayotgan boyliklar to’rt karra oshishi darkor. Shuning evaziga biz ikki hissa yaxshi yashab, ikki hissa kamroq sarflashimiz mumkin bo’ladi3.
Moddiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni tejash variantlarini izlash tahlilning asosiy mazmunini tashkil qiladi.
Moddiy resurslar tahlilining asosiy bosqichlari:
– moddiy resurslardan foydalanish samaradorligini baholash;
– moddiy resurslardan foydalanish samaradorligining moddiy sarflar miqdoriga ta’sirini baholash;
– korxonaning moddiy resurslar bilan ta’minlanganligini tahlil qilish;
– materiallarni sarflash me’yorlari asoslanganligini tahlil qilish;
– moddiy resurslarga optimal ehtiyojni asoslash.
Moddiy resurslar tahlili uchun axborot manbalari sifatida moddiy resurslar mavjudligi va ulardan foydalanish haqida va ishlab chiqarish xarajatlari haqida statistik hisobot, ta’minot bo’limining tezkor ma’lumotlari, moddiy resurslar kirimi, sarfi va qoldig’i haqida analitik buxgalteriya hisobi ma’lumotlari, shuningdek, moddiy-texnik ta’minot rejalari, xom ashyo va materiallar etkazib berish shartnomalari kabilar xizmat qiladi.



Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish