Iqtisodiy tahlil nazariyasi I bob. Iqtisodiy tahlilning mazmuni, predmeti va vazifalari



Download 372,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/19
Sana11.06.2022
Hajmi372,79 Kb.
#654038
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil nazariyasi I bob. Iqtisodiy tahlilning mazmuni,

«Iqtisodiy tahlil» fanining predmeti deb – turli mulk shaklidagi 
firma, uyushma, birlashmalarning (xo‘jalik yurituvchi subyektlar-
ning) moliyaviy-xo‘jalik jarayonlarini sodir bo‘lishi, rivojlanishi va 
o‘zgarishini ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi hamda moliyaviy 
barqarorligi, to‘lov qobiliyati, raqobatga chidamli bo‘lib faoliyat 
ko‘rsatishi uchun zarur texnik, tashkiliy, moddiy, moliyaviy, 
innovatsion boyliklardan oqilona foydalanayotganligiga baho 
berishga aytiladi. Bunday o‘rganishda jamiyatda amal qilayotgan 
obyektiv va subyektiv qonunlarga tayanadi hamda ko‘pgina axborot 
manbalaridan foydalanadi».
Fanning predmeti ta’rifidan shu narsa ko‘rinadiki, iqtisodiy tahlil 
korxonalarning xo‘jalik jarayonlari va boshqa faoliyatlari hamda ular-
ning yakuniy moliyaviy natijalarini o‘rganadi. Korxonalardagi xo‘jalik 
jarayonlari asosiy faoliyat, ularni tashkil etish hamda yuritish bilan 
bog‘liq bo‘lgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni qamrab oladi. 
Korxonaning boshqa faoliyatlarini xo‘jalik jarayonlari bilan birgalikda 
amalga oshiriladigan moliyaviy hamda investitsiya faoliyatini, soliq 
to‘lovlari kabi munosabatlar tashkil etadi. Iqtisodiy tahlilda korxona 
iqtisodi faqat dinamik holatda emas, balki statik tarzda ham o‘rganiladi. 
Korxona faoliyatida obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida yuzaga 
kelgan xo‘jalik jarayonlari mazmuni quyidagicha izohlanadi. Tahlilning 
predmetini o‘rganishda faqat sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlar bilan cheklanib qolish yetarli bo‘lmas edi. Tahlildan maqsad 
mavjud natijaga odilona baho berish bilan birgalikda yo‘l qo‘yilgan 
kamchiliklarni kelgusida bartaraf etish va shu orqali tahlil qilinayotgan 
obyektning iqtisodiy va moliyaviy ahvolini yaxshilashdan iboratdir. 
Korxonalar faoliyatiga baho berishda o‘rganilayotgan iqtisodiy 


35
hodisa va jarayonlarga bog‘liq bo‘lgan subyektiv omillarni ham e’tibor-
ga olib tahlil qilinadi. Subyektiv (ichki) omil deyilganda korxonalarning 
amaliy faoliyati bilan yuqori samaradorlikka erishish, ya’ni mehnat, 
moddiy va asosiy fondlardan oqilona foydalanish hisobiga ko‘proq 
mahsulotlar ishlab chiqarishda hamda yuqori foyda olish evaziga 
korxonalar faoliyatini yaxshilash mumkinligini ham o‘rganadi. 
Obyektiv (tashqi) omillar deyilganda, korxona faoliyatiga mutlaqo 
bog‘liq bo‘lmagan omillar tushuniladi, ya’ni davlat siyosatining o‘zgarib 
turishi, bozordagi talab va taklifning o‘zgarishi, baho, tabiiy omillar va 
hokazolar. 
Iqtisodiy manbalardan foydalanib o‘rganish deyilganda esa buxgal-
teriya, statistik, tezkor hisob ma’lumotlaridan foydalangan holda kor-
xona va firma faoliyati aniq raqamlar bilan o‘rganiladi va umum-
lashtiriladi. Chunki, iqtisodiy manbalar korxonalarda sodir bo‘layotgan 
hodisa va jarayonlarni aniq o‘lchaydi, aks ettiradi va baho beradi. 
Har qanday fanning obyekti bo‘lishi lozim, ammo, «Iqtisodiy tahlil» 
fanining nazariyasiga bag‘ishlangan eng so‘nggi adabiyotlarda ham bu 
masalaga yetarlicha e’tibor qaratilmagan. Shu tufayli fanning predmeti 
bilan obyekti ko‘p hollarda bir xil tushunchalar deb qaraladi. Bu esa, o‘z 
navbatida, nazariy jihatdan asossiz, chalkash xulosalarga olib kelishi 
mumkin. 
Har qanday fanning obyekti uning predmeti qayerlarda amalga 
oshishini ko‘rsatib beradi. «Iqtisodiy tahlil» fanining predmeti hozirgi 
bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda ko‘p mulkchilikka 
asoslangan barcha yuridik va jismoniy shaxslarning xo‘jalik faoliyatida 
mujassam. Shu tufayli, tahlil fanining obyektiga davlat, jamiyat tashki-
lotlari, uyushmalar, trestlar, birjalar, korxonalar, tashkilotlar va boshqa 
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xo‘jalik jarayonlari kiradi. Bu obyekt-
lar iqtisodiy asosi jihatidan davlat, jamoa, aksiyadorlik, xususiy, xorijiy 
va aralash kabi mulk shaklida faoliyat ko‘rsatadigan obyektlarga bo‘linadi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘ziga xos va mos iqtisodiy taraqqiyot 
yo‘lini tanladi. Bu mustaqil yo‘l bilan hamma sohada, xususan, milliy 
hisoblar tizimida ham jahon andozalariga bosqichma-bosqich o‘tish 
ko‘zda tutilgan. Bu esa, o‘z navbatida, mulk shaklidan qat’iy nazar, 
tahlilning bir xil metodologik usulini yoritishni taqozo etadi. 
Obyektning va davrning qanday bo‘lishidan qat’iy nazar ushbu fan 
predmetining mohiyati o‘zgarmasligi, obyekt esa tahlilning qaysi ma-
konda o‘tkazilishiga qarab o‘zgarib turishi mumkin. Shu jihatdan uning 


36
predmeti obyektidan mazmun va mohiyati jihatidan tubdan farq qiladi. 
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida «Iqtisodiy tahlil»ning sub-
yektlari tahlil obyektini kim tomonidan o‘rganilishiga qarab belgilanadi, 
ya’ni hozirgi vaqtda xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini juda ko‘p 
mutaxassislar, mulkdorlar, davlat idoralari xodimlari tahlil qiladilar. 
Tahlil ishlarini amalga oshiruvchi tahlil subyektlari tarkibiga 
korxona (firma), tashkilot va uyushmalarning oddiy xodimidan rahbar 
xodimigacha bo‘lgan barcha xodimlari, buxgalterlar, iqtisodchilar, 
menejerlar, boshqaruv idorasi xodimlari, statistika idoralari xodimlari, 
auditorlar, moliya tashkilotlari xodimlari, texnik xizmati xodimlari, 
mehnat birjasi xodimlari, atrofni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari, 
marketing xizmati xodimlari, bank va birjalar xodimlari kiradi. 

Download 372,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish