Iqtisodiy tahlil nazariyasi I bob. Iqtisodiy tahlilning mazmuni, predmeti va vazifalari


Iqtisodiy tahlil fanining asosiy vazifalari



Download 372,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/19
Sana11.06.2022
Hajmi372,79 Kb.
#654038
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil nazariyasi I bob. Iqtisodiy tahlilning mazmuni,

1.5. Iqtisodiy tahlil fanining asosiy vazifalari 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarni boshqarishda iqtisodiy 
tahlilning roli keskin oshmoqda, chunki, boshqaruv tizimida oldingi 
ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan voz kechilib, yangi, erkin iqtisodiy 
mexanizmlar orqali boshqarish tizimi shakllanmoqda. Sobiq ittifoq 
davrida tahlil, asosan, reja ko‘rsatkichlarini asoslashga, uning bajarili-
shini ta’minlashga qaratilgan edi. Endilikda esa har bir xo‘jalik subyekti, 
mulk shaklidan qat’iy nazar o‘z faoliyatini yuqoridan berilgan buyruqni 
bajarishga qaratmasdan, balki, mustaqil ravishda o‘zining iqtisodiy 
qudratini takomillashtirish maqsadida erkin boshqarishga qaratadi. Bu 
esa, o‘z navbatida, iqtisodiy tahlilning rolini yanada oshiradi. Iqtisodiy 
tahlil orqali har bir subyektda mavjud bo‘lgan ichki va tashqi imkoni-
yatlar aniqlanadi, ularni amaliyotga safarbar qilish chora-tadbirlari 
ishlab chiqiladi. 
Har bir fanning vazifasi iqtisodiy shart-sharoitga qarab belgilanib 
boriladi, lekin u oldiga qo‘yilgan vazifalarni to‘liq va keng hal etish 
uchun qator uslublarni qo‘llaydi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faoliyatini tahlil 
etishda iqtisodiy tahlilning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
·
o‘rganilayotgan obyektga (hodisaga) to‘g‘ri va xolisona baho berish; 
·
korxonaning biznes-rejasini tuzish uchun tegishli axborotlar bilan 
ta’minlash; 
·
tuzilgan biznes-rejalarning to‘g‘ri va ilmiy asoslanganligiga baho 
berish; 


37
·
har bir yo‘nalishga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ularning 
ta’sirini hisoblash va shu omillarni ishning samaradorligini oshirishga 
safarbar qilish; 
·
biznes-rejaning bajarilishi natijasida korxonaning moliyaviy 
barqarorligini ta’minlanishi, uning iqtisodiy qudratini yaxshilanishi, har 
bir xo‘jalik subyektining raqobatbardoshliligini oshirilishi uchun mavjud 
ichki va tashqi imkoniyatlarni o‘rganish; 
·
moddiy, mehnat va moliyaviy boyliklardan samarali va oqilona 
foydalanganlikka baho berish; 
·
korxonaning iqtisodiy va moliyaviy potensialiga, uning to‘lovga 
qobiliyatliligiga baho berish hamda bu natijaga tezkor chora-tadbirlarni 
qo‘llash yo‘llarini ishlab chiqish; 
·
xo‘jalik hisobi tamoyillariga, tijorat hisob-kitoblariga amal 
qilishlikni muntazam tekshirib turish; 
·
korxonalarda mavjud bo‘lgan samaradorlikni oshirish yo‘lida 
ularning imkoniyatlarini aniqlash; 
·
korxonaning tijorat sirini saqlagan holda uning moliyaviy ah-
volini keng jamoatchilikka ko‘rsata bilish va tashqi investorlarni 
korxona faoliyatini yaxshilashga jalb etish; 
·
korxonani boshqarishning eng qulay va nafli usullarini ishlab 
chiqish, ilg‘or g‘oya va tajribalarni o‘rganilayotgan hodisaga qo‘llash 
yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatib berish, tegishli axborotlar manbayini yetkazib 
berish; 
·
eng to‘g‘ri va oqilona, kelgusida ish yuritish va korxonalarni 
boshqarish bo‘yicha xulosalar berish; 
·
korxonalarni rivojlantirishning joriy va istiqbolli rejalarini tuzish 
uchun iqtisodiy ko‘rsatkichlar asosini aniqlash; 
·
rejaning bajarilishiga obyektiv baho berish hamda uni bajarishda 
korxonalarga bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bo‘lmagan omillar va 
sabablarni bir-biridan ajratgan holda aniqlash; 
·
korxonalarning xo‘jalik faoliyati jarayonida erishishi mumkin 
bo‘lgan natijalarni oldindan aniqlash; 
·
korxonalarni rivojlantirishga asos bo‘ladigan innovatsion 
g‘oyalarni iqtisodiy jihatdan asoslash; 
·
korxonaning istiqbolli rejalarini tuzish uchun iqtisodiy
ko‘rsatkichlar asosini aniqlash; 
·
qabul qilingan boshqaruv qarorlarini maqbulligini o‘rganish 
(boshqaruvning iyerarxik tuzilishidagi barcha bosqichlar bo‘yicha). 


38
Bozor iqtisodiyoti sharoitida «Iqtisodiy tahlil»ning vazifasi ushbu 
yuqorida ta’kidlangan vazifalar bilan cheklanmaydi. Bozor sharoitida 
korxonalar faoliyati shu darajada serqirraki, tahlil jarayonida uning 
hamma jihatlarini o‘rganish lozim bo‘ladi. Shu sababli ham, iqtisodiy 
tahlilning vazifasi ham ko‘p qirralidir. Biz esa shu kabi vazifalarning 
ayrimlarini sanab o‘tdik xolos. Ko‘rinib turibdiki, iqtisodiy tahlilning 
vazifasi bozor munosabatlari shakllanayotgan bugungi sharoitda ham, 
kelajakda ham korxonalar xo‘jalik faoliyatini uzluksiz yaxshilab borishi 
uchun iqtisodiy dastak sifatida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. 

Download 372,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish