Iqtisodiy statistika



Download 27,89 Mb.
bet66/203
Sana01.09.2022
Hajmi27,89 Mb.
#848017
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   203
Bog'liq
Iqtisodiy statistika (H.Nabiyev, D.Nabiyev)

Ishlagan kishi-kunlari 84430
K un bo'vi to'xtab turishlar -
Ishlanm agan kishi-kunlar soni jam i 13970
S h u jumladan:
- navbatdagi mehnat ta’tili 6080
- o'qish ta’tili 340
- hom iladorlik ta ’tili 1640
- kasallik 4715
- qonun bo'yicha ishga kelmaslik 470
- administratsiya ruxsati bilan 680
- progullar 45
Bayram va dam olish kunlari 31160
Jam i ishlangan va ishlanmagan kishi-kunlar 129560


Ish vaqti balansini tuzing va tahlil qiling.
Buning uchun quyidagi ko'rsatkichlami hisoblang:
1) kalendar ish vaqtidan foydalanish koeffitsiyenti.
2) tabel ish vaqti fondidan foydalanish koeffitsiyenti.
3) maksimal imkoniyatli ish vaqti fondidan foydalanish koeffitsiyenti.


n


www.ziyouz.com kutubxonasi

VI bob. MILLIY HISOBLAR TIZIMIDAGI MILLIY BOYLIK STATISTIKASI

l- § . Milliy boylik tushunchasi, hajmi va tarkibi




Milliy boylik muhim ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo'lib, u ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining boshlang'ich va ya- kuniy holatini ifodalaydi. Milliy boylik hajmining ortishi iqtiso­ diy o'sishning muhim omili hisoblanadi. Shu bilan birga milliy boylikda ishlab chiqarish jarayonining natijalari mujassamla- nadi. U ishlab chiqarilgan mahsulot hisobiga to'ldiriladi va yangilanadi. Milliy boylik hajmi, uning tarkibi, dinamikasi va ulardan foydalanish darajasi davlat va xalqaro statistikada mam­ lakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim yakunlovchi ko‘rsatkichlari sifatida qaraladi. Milliy boylik hajmi va tarkibi- ning o'zgarishiga qarab takror ishlab chiqarish va jamg‘arish jarayonining tendensiyalari haqida fikr yuritiladi.
Milliy hisoblar tizimi (1993-y.) doirasida milliy boylik asosida iqtisodiy aktivlar tushunchasi yotadi.
Iqtisodiy aktivlar xususiy yoki jamoa mulki bo'lib, ularga egalik qilish yoki ulardan foydalanish natijasida mulk egalari iqtisodiy jihatdan manfaatdor bo'lishlari mumkin. Har bir iqtisodiyot aktiv qiymatga ega bo'lib, vaqt o'tishi bilan uning qiymati o'zgaradi. Har xil aktivlar o'z egasiga har xil manfaat keltiradi:
imorat, mashina, uskunalar ishlab chiqarish jarayonida foydalanishdan daromad keltiradi;
moliyaviy aktivlar va yer o'z egalariga mulkdan olingan


daromad sifatida manfaat keltiradi (foizlar, dividendlar, renta);
har qaysi aktivga qiymat zaxirasi sifatida ega bo‘lishdan olingan manfaat yoki uni xohlagan vaqtda sotib yuborishi mumkin.
Ba’zi aktivlarga egalik qilish davri, ulardan manfaat olish tu- gagungacha boMgan davmi o‘z ichiga oladi. Ikkinchi xil aktivlarga egalik qilish shu davr kelgunga qadar ular sotib yuboriladi va kela- jakda olinishi mumkin boMgan daromad oldinroq olinadi. Uchin- chilari (masalan, qimmatbaho metallardan, toshlardan qilingan buyumlar va h.k.) sof holda qiymat zaxirasi sifatida hech qanday boshqa manfaat ko'rsatmasdan faqat yigMlgan boyliklarni asrash va sotish sifatida saqlanishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan ta’riflarga asosan iqtisodiy aktivlar bo'yicha uchta holatni ajratish mumkin:
obyekt qandaydir mulk egasida boMishi lozim (davlat, xususiy yoki boshqa formada);
mulk egasi obyektga egalik qilish va undan foydala- nishdan qandaydir manfaat olishi lozim;
obyektni aktivlarga kiritishning muhim sharti uni xoh­ lagan vaqtda boshqa institutsion birliklarga sotib yuborish mumkin.
Bu xususiyatlarga faqat inson mehnati tufayli yaratilgan material boyliklar (asosiy fondlar, material aylanma mablagMar va zaxiralar) emas, balki moliyaviy instmmentlar (depozitlar, aksiyalar va h.k.) yoki tabiiy hosil boMgan obyektlar: yer va yer osti, o'rmonlar va boshqa o'simlik resurslari, yow oyi hayvonlar ham boMishi mumkin. MHTga asosan tabiiy resurslar mam- lakatlarning iqtisodiy aktivlariga ularning egalari (davlat, tash- kilot, muassasalar va h.k.) ulardan real daromad olish uchun foydalanilgan taqdirda kiritiladi.
Atrof-muhit muhofazasi obyektlari (osm on bo'shligM,


ochiq suv havzalari) kimningdir mulki bo‘laolmaydi yoki o ‘z egasiga qandaydir manfaat keltirmaydi (masalan, foydali qazilma zaxiralaridan hozirgi texnik darajada yoki hozirgi bahoda manfaat kelmaydi). Shuning uchun, ular iqtisodiy aktivlarga kiritilmaydi. Iqtisodiy aktivlarga yana uy xo'jaliklari tomonidan sotib olingan uzoq muddat davomida foydalaniladigan buyumlar ham kiritilmaydi.




Milliy hisoblar tizimi (1993-y.)da iqtisodiy aktivlami tas- niflash


Iqtisodiy aktivlami tasniflashda aw alo, ular ikki sinfga ajratiladi: m oliyaviy va nomoliyaviy aktivlar.
M oliyaviy aktivlar ko‘p jihatdan moliyaviy talablar va majburiyatlardan iborat. Bunda ikki institutsion birliklar ora- sida tuzilgan bitimga asosan biri mablag' (kapital) beradi. M H Tda moliyaviy talab aktiv hisoblanib, uning egasi (kredi- tor) boshqa institutsion birlik (debitordan) tuzilgan birlikka
asosan to ‘la yoki bir necha to'lovlarni oladi. Binobarin,


kreditor faqat o'zi bergan qarz mablag‘nigina emas, balki yana mulk egasi sifatida foizlar, daromadlar ham oladi. Bir institutsion birlik tomonidan shunday talabning mavjudligi, boshqa bir institutsion birlik tomonidan majburiyat bo'lishini taqozo qiladi. Moliyaviy talablar (majburiyatlar) har xil ko'rinishga ega bo'lishi, moliyaviy aktivlarning har xil ko'rinishida yuzaga keladi.
1. Monetar oltin bu davlatning pul-kredit muassa-
salarida markazlashgan holda saqlanuvchi slitka yoki moneta shaklidagi oltin zaxiralari. Ular sotib olish qobiliyatini oshirish maqsadida sotib olinadi.
2. О‘mini bosuvchi huquqiga ega bo‘Igan maxsus mab- Iag‘Iar (O'BHEBMM) xalqaro valuta fondi tomonidan tashkil etilgan xalqaro rezerv va to'lov mablag'lari, shu fondga a'zo bo'lgan davlatlar orasida taqsimlanadi. O 'BHEBM M dunyo pul mablag'lari bo'lib, ular xalqaro pul­ siz hisob-kitob ishlarini XVF maxsus hisoblarida amalga oshiradilar. Ular faqat hukumatlar darajasida markaziy bank- lar va xalqaro tashkilotlar orqali xalqaro qarz yo'qotuvchi mablag' sifatida ishlatiladi.
3. Mavjud pullar (valuta) — hisob-kitob qilish uchun ish- latiladigan muomaladagi banknot va tangalar. Muomalaga chiqarilgan mavjud pullar uni chiqargan muassasa (odatda, Markaziy bank) uchun majburiy hisoblanadi.
4. Depozitlar - banklarga asrab berish uchun o'tkazilgan pul mablag'lari. Bu moliyaviy «aktiv»ga banklaming fondlar bilan qaytarib berish majburiyati bo'lgan mablag'larga qarshi turadi. Depozitlar (pul mablag'lari kabi) milliy yoki xorij valutalarida bo'lishi mumkin, ular rezident-muassasalarning yoki qolgan dunyoning majburiyati bo'lishi mumkin.
5. Qimmatbaho qog‘ozlar (aksiyalardan tashqari)
ularni chiqargan shaxsga nisbatan, ularning egasi tomonidan
*


mulkiy huquq beradigan pullik hujjatlar. O'zining mohiyatiga ko‘ra, ular qarz majburiyatlari hisoblanadi.
Bularga veksellar, obligatsiyalar, depozit sertifikatlar, pri- vatizatsion cheklar va boshqalar kiradi.
6. Ssudalar kreditor tomonidan bevosita qarz oluv- chiga beriladigan moliyaviy instrument hisoblanadi. Bu ope- ratsiya odatda hujjat bilan tasdiqlanadi va bu hujjatni birovga berish mumkin emas. Bularga banklar tomonidan korxonalar yoki uy xo‘jaliklariga berilgan ssudalar misol bo‘laoladi (uzoq muddatga sotib olishga kredit, iste’molchi krediti, moliyaviy lizing).
7. Texnik sug‘urta rezervlari — sug'urta imkoniyatlarini o'tkazish texnikasi taqozo etishi natijasida yaratilgan moli­ yaviy aktivlar sug‘urta to'lovlari va sug'urta yig'imlari orasi­ dagi vaqt sug'urta tashkilotlarida texnik rezerv sifatida katta hajmdagi summani yig‘ish imkoniyatini yaratadi. Ularni yaratish sug‘urta kompaniyalari uchun zarur hisoblanadi, chunki ular sug'urta qilayotganlar uchun vakolat b o‘lishlari kerak. M HTda texnik sug'urta rezervlari ikki guruhga bo‘linadi:
uy xo'jaliklarining rezervdagi sof aktivlari qiymati hayotni va nafaqa fondini sug'urtalash;
sug‘urtalashning boshqa turlari bo'yicha (hayotni sug'urtalashdan tashqari) to'lov rezervlari va tartibsiz talab- larning rezervlari.

Download 27,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish