O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NABIYEV H.G‘., NABIYEV D.H.
IQTISODIY STATISTIKA
О ‘zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta ’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida
tavsiya etilgan
TOSHKENT - 2008
www.ziyouz.com kutubxonasi
H .G ‘.Nabiyev, D.H.Nabiyev. Iqtisodiy statistika. T
«Aloqachi» nashriyoti, 2008, 512 bet.
0 ‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi S .S .G ‘ULOM OV umumiy tahriri ostida
Taqrizchilar: N.M .SOATOV — iqtisod fanlari doktori,
0 ‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor;
YO.A.ABDULLAYEV - iqtisod fanlari doktori,
0 ‘zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi, professor
IS B N 978 -9943 -236 -31 -6
© «Aloqachi» nashriyoti, 2008-y.
SO ‘Z B O SH I
Iqtisodiy statistika — ko'p qirrali ijtimoiy statistika fani- ning muhim qismi bo'lib, u ommaviy iqtisodiy va ijtimoiy voqea va jarayonlarning miqdor tomonini sifat tomonidan ajratmagan holda o'rganadi. U statistik ko'rsatkichlar tizimi orqali bozor iqtisodiyoti faoliyatining shartlari, jarayonlari va natijalarini aks ettiradi, jamiyat taraqqiyoti qonunlarini mut- loq va nisbiy miqdorlarda ifodalaydi va rivojlanish tendensi- yalarini tahlil qiladi.
Darslik, xo'jalik yuritishni bozor iqtisodiyoti tizimining quyidagi bo'limlarini: bozor, uning turlari va tarkibi, bozor faoliyatini amalga oshirishning iqtisodiy mexanizmi, qurollari va bunda davlatning roli, tadbirkorlik va mulk formalari, 0 ‘zbekistonda bozor iqtisodiyoti va tadbirkorlikning o ‘ziga xos xususiyatlarini yoritishdan boshlanadi.
Milliy hisoblar tizimi — makroiqtisodiy statistikaning asosiy uslubi, asosiy markaziy bo'limi sifatida qaralgan. Asosiy hisoblamalar tizimini tuzish tamoyillari, ulardan makroiqtisodiy tahlil va bashoratlash maqsadida foydalanish usullari ko'rsatilgan. Muhim milliy hisoblamalar va makroiq tisodiy ko'rsatkichlar orasidagi bog'lanishlar tahlil qilingan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo'jalik yurituvchi subyektlarni asosiy kuzatish birligi sifatida qayd etilib, ularni iqtisodiy sektorlar va tarmoqlar bo'yicha tasniflangan.
M amlakatning asosiy boyligi va ishlab chiqaruvchi kuchi bo'lgan aholi statistikasida: aholi haqidagi m a’lum otlar m an-
balari, aholining soni va tarkibi ko'rsatkichlari, aholi tabiiy
va mexanik harakatlarini ifodalovchi ko'rsatkichlar, aholining kelajakdagi sonini bashoratlash algoritmi keltirilgan.
M ehnat bozori statistikasida aholining iqtisodiy faol va nofaol qismi, mehnat resurslari balansi, band bo'lganlar soni va tarkibi, ish kuchidan foydalanish ko'rsatkichlari va ularn ing mohiyati ifoda qilingan.
Asosiy e'tibor ish vaqti balansi va undan foydalanish ko'rsatkichlariga qaratilgan.
Milliy hisoblar tizimida milliy boylik hajmi va uning tarkibi kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun muhim ahamiyatga ega. Uning mohiyati, iqti sodiy aktivlar, milliy boylik hajmini aniqlashning me- todologiyasi to 'liq ko'rib chiqilgan. Milliy boylik va milliy mulk tarkibi, ularni baholash usullari, harakati, holati, to'liq va qoldiq qiymati bo'yicha balansi hamda ulardan foydalan ish darajasiga katta e ’tibor berilgan.
Agar birinchi uchta blok ko'rsatkichlar ishlab chiqarish omillari: mehnat, kapital, yer va tadbirkorlikni statistik ko'rsatkichlariga qaratilgan bo'lsa, ulardan keyingi blok ish lab chiqarish jarayonining natijalariga bag'ishlangan. Bunda aw alo, ishlab chiqarish jarayoni, ularni bozor va nobozor qismlari bir-biridan ajratilgan.
Iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalaydigan statistik ko'rsatkichlar tizimi, ularning tarkibi, ular orasidagi bog'lanishlar yoritilgan. Bu ko'rsatkichlar orasida yalpi ichki mahsulot ko'rsatkichi (YalM ) markaziy o'rinni egallaydi, chunki u mamlakatlarning iqtisodiy qudratini aks ettiradi. Uning hajmini aniqlashning: ishlab chiqarish, taqsimlash va oxirgi foydalanish usullari, nominal va real YallVTni, YalM deflyatorini aniqlash usullari ko'rsatilgan. Milliy iqtisodiyot ning ayrim tarm oqlari mahsuloti hajmini aniqlashning o'ziga
xos xususiyatlari yoritilgan.
Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni iste'molchilarga yet- kazish bo'yicha xizmatlarni xarakterlash uchun savdo (muomala) statistikasi ko'rsatkichlari: tovar aylanish hajmi, tarkibi, tezligi, zaxiralari ko'rsatkichlaridan foydalanilgan.
Tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun har qanday ishlab chiqaruvchi ma'lum xarajatlarni amalga oshiradi. Key- ingi blok ko'rsatkichlar shu xarajatlarning hajmi. tarkibi, da rajasi va dinamikasini aks ettiradi. Foyda va rentabellik ko'rsatkichlari shu xarajatlar hajmi bilan bog'liq bo'lib, ular korxonalar moliyaviy holatini ifodalaydi.
Milliy hisoblar tizimidagi milliy darom ad va boshqa daromad ko'rsatkichlari statistikasi bo’limida davlat budjeti daromadlari va xarajatlari ko'rsatkichlariga, budjet kamo- madi, bank, sug'urta, pul muomalasi, inflyatsiya va kredit statistikasining asosiy ko'rsatkichlari keltirilgan.
Investitsiyalar va investitsion faoliyat statistikasida inves titsiyalar tarkibi, kapital qo'yilmalar, moliyaviy va nom oli yaviy aktivlarga jalb etilgan investitsiyalar va ularning sama- radorligini o'rganishga alohida e’tibor berilgan.
Yuqorida bayon etilgan ko'rsatkichlar tizimi mamlakat ning makroiqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalasa, ijtimoiy faoliyat natijalarini ijtimoiy rivojlanish va aholining turmush darajasi ko'rsatkichlari orqali hisoblanadi. Bu blokka aholi ning daromadlari, turmush darajasi, uning dinamikasi, ijti moiy infratuzilma ko'rsatkichlari, aholining har xil material boyliklar va xizmatlardan foydalanish darajasi, uning tarkibi, aholining ta ’lim va madaniy darajasi, salomatlik darajasi ham da boshqa aholi turmush darajasini ifodalovchi ko'rsatkichlar tizimi, aholining daromadlari va xarajatlarining balansi bayon qilingan.
Mualliflar — yangi avlod iqtisodchi kadrlarni statistik
yo'nalishda tayyorlash bo'yicha yangi-yangi uslubiyotlarni
taklif etganlar. Fanni o‘qitish jarayonida ilg'or pedagogik va informatsion texnologiyalardan foydalaniladi.
Shu bilan birga, muallif darslikni tayyorlashda taqrizcxi- lar i.f.d., prof. Soatov N.M ., i.f.d., prof. Abdullayev Yo.A., TD IU «Statistika» kafedrasi a’zolari o'z hissalarini qo'shganlarini ta’kidlab o'tishni lozim deb topadi.
Har bir bob xulosa, savol, test va masalalar bilan tugal- langan va bunday usul o'quvchilarga materiallarni yaxshi o'zlashtirish imkoniyatini beradi.
Darslik barcha iqtisodiy oliy o'quv yurtlari fakultetlari- ning «Statistika» ta ’lim yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan bakalavr darajasi talablariga mo'ljallangan. Undan aspirant- lar, magistrlar va boshqa talabalar, shuningdek, davlat va mahalliy boshqaruv organlari xodimlari ham foydalanishlari mumkin.
Ushbu darslik «Statistika» ta’lim yo'nalishi uchun yozil- gan ilk darslik bo'lgani uchun kamchiliklardan xoli emas- ligini mualliflar oldindan e ’tirof etib,. uning mazmuni bo'yicha qilingan xolisona taklif va maslahatlarni bajonidil qabul qilishlarini bildiradilar va sezgir kitobxonlar (hamkas- blar) o 'z fikrlarini quyidagi manzilgohga yuboradilar deb umid qiladilar: Toshkent-700151, Uchtepa tumani,
A.Tojiyev ko'chasi 28-uy.
I bob. XO'JALIK YURITISHNING BOZOR IQTISODIYOTI TIZIMI
l -
Do'stlaringiz bilan baham: |