R = T i - T 0
bunda, R — banklarning ishlab chiqarish hajmi;
Ti — m ablag'lam i jalb qilgani va joylagani uchun
xaridorlaming banklarga to‘lagan foizlari;
To — banklar tomonidan ozod moliyaviy resurslarni jalb etgani uchun banklarning xaridorlarga to ‘lagan foizlari.
Demak, banklar resurslarni saqlovchilar bilan investorlar orasidagi vositachi rolini o‘ynaydilar. Aytish lozimki moliyaviy vositalarning ishlab chiqarish hajmiga xaridorlaming quyidagi xizmatlar uchun to‘lovlari: boyliklarni seyflarda saqlash, inves- titsiyalash bo'yicha berilgan maslahatlar, valuta almashtirish va
h.k. ham qo'shiladi.
Sug'urta kompaniyalar mahsulot hajmi quyidagicha aniqlanadi:
P =R -K +Q -N
bunda, R — sug'urta kompaniyalarga to'langan sug'urta m u- kofotlari;
К — sug'urta kompaniyalari to'lagan sug‘urta to ‘lovlari;
Q — sug'urta kompaniyalari tom onidan texnik zaxira- larni qimmatbaho qog'ozlarni va boshqa moliyaviy m ab- lag'lam i investitsiyalashdan olingan foizlar;
N — sug'urtalangan texnik zaxiralar hajmining o r
tishi.
Oraliq iste’mol — ishlab chiqarish jarayonida sarflangan tovar va xizmatlar qiymati, masalan, ishlab chiqarishda sarf langan xomashyo, materiallar, yoqilg'i, energiya, asbob- uskunalar qiymati, shuningdek, reklama agentliklari, yuridik konsultatsiyalar, transport agentliklari va h.k. xizmatlari uchun to'lovlar va h.k.
Imoratlar, uskunalar va mashinalar ijarasi uchun to 'lovlar ham oraliq iste’molning muhim moddasi hisoblanadi. Lekin asosiy kapital iste’moli oraliq iste’mol hisoblanmaydi. Oraliq iste’mol qiymati oxirgi foydalanish bahosida hisoblanadi va
unga barcha savdo-transport ustamalari ham qo'shiladi.
Shunbqayd qilish lozimki, oraliq iste’mol sotib olingan vaqtidagi baho bilan emas, balki ishlab chiqarishda foy- dalanilgan vaqtdagi baho bilan o'lchanadi.
Yalpi qo‘shiIgan qiymat (YaQQ) — iqtisodiy faoliyatning muhim ko'rsatkichi bo'lib, u ishlab chiqarish hisoblamasining balanslashtiaivchi moddasi hisoblanadi va ishlab chiqarish bilan oraliq iste’mol orasidagi farq sifatida aniqlanadi. Agar ishlab chiqarish asosiy baholarda (mahsulotlarga subsidiyalar qo'shilib, soliqlar ayrilgan holda) baholangan bo'Isa, YaQQ ham shu baholarda baholanadi, agar u ishlab chiqaruvchi ba hosida baholangan bo'Isa (mahsulotlarga soliqlar qo'shilib, lekin qo'shilgan qiymat soliqlari, subsidiyalarni hisobga ol- magan holda) YaQQ ham shu baholarda baholanadi. Keng m a’noda barcha sektor va tarmoqlar YaQQ yig'indisi Yalpi ichki mahsulotga teng. Ammo amalda YalM va YaQQni ba- holashdagi o'ziga xos xususiyatlarni e’tiborga olib, ular orasi dagi bog'lanishni quyidagicha izohlash mumkin:
G D P=V A +N -S
bunda, G D P — yalpi ichki mahsulot;
VA — asosiy baholarda hisoblangan iqtisodiy barcha sektorlaming yalpi qo'shilgan qiymati;
N — m ahsulotlarga bo'lgan barcha soliqlar sum
masi;
S — mahsulotlarga bo'lgan subsidiyalar.
Agar YaQQ ishlab chiqaruvchi bahosida baholangan bo'lsa, YaQQ va YalM orasidagi bog'lanish quyidagicha bo'ladi:
GDP=VA+VAT+V
bunda, VA — ishlab chiqaruvchilar bahosida hisoblangan iqtisodiyotning barcha sektorlari yalpi qo'shilgan qiymati;
VAT — qo'shilgan qiymat solig'i;
V — im port solig'i — import subsidiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |