Iqtisodiy o’sish tushunchasining nazariy va ilmiy asoslari


-2020-yillarda YaIMning joriy narxlarda hisoblangan qiymati5



Download 0,66 Mb.
bet13/21
Sana31.12.2021
Hajmi0,66 Mb.
#250091
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
2 5271969895100190479 (2)

2016-2020-yillarda YaIMning joriy narxlarda hisoblangan qiymati5

2-jadval


Yillar

2016

2017

2018

2019

2020

Joriy narxlarda ishlab chiqarish usulida

hisoblangan yalpi ichki mahsulot, milliy

valyutada, mlrd. so`m



242 495,5



302 536,8



406 648,5



510 117,2



580 203,2

Tarmoqlarning yalpi qo'shilgan qiymati

220 064,0


267 744,8


361 072,7


464 854,5


535 831,0



Qishloq, o`rmon va baliqchilik xo`jaligi

74 779,0

90 983,9

113 660,7


130 306,9


151 251,0



Sanoat

45 397,9

59 570,4

95 803,9

136 103,2

152 728,0

Ishlab chiqaradigan sanoat

34 875,4

43 861,9

68 971,8

94 749,7

116 839,3



Qurilish

13 148,0

15 228,6

22 101,1

30 595,4

37 488,5

Mahsulotlarga sof soliqlar

22 431,5

34 792,0

45 575,8

45 262,7

44 372,2

Jadval ma’lumotlaridan quyidagicha xulosaga kelishimiz mumkin, 2016-yilda YaIM 242495,5 mlrd so’mni tashkil qilgan bo’lsa, 2020-yilga kelib esa 580203,2 mlrd so’mni tashkil qilgan. Tarmoqlar bo’yicha qaraydigan bo’lsak, 2020-yilda sanoat ulushi eng yuqori bo’lgan.



O’zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotning rivojlanishi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning o’sish dinamikasi

3-jadval


Ko’rsatkichlar

O’tgan yilga nisbatan o’sish suratlari, %




2002

2007

2010

2015

2017

2018

2019

2020

YaIM (ishlab chiqarilgan)

103,8

107,0

109,0

108,0

105,3

105,1

105.6

101.6

Iqtisodiyotning tarmoqlari

























Sanoat

105,9

107,3

112,7

108,8

104,6

114,4

105.0

100.7

Qishloq xo’jaligi

103,1

106,2

104,5

106,8

102,0

100,3

103.1

103.0

Asosiy kapitalga sarmoyalar

100,9

107,0

128,3

116,6

105,0

118,1

138.1

91.8

Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi

32,3

16,0

14,0

12,0

12,0

14,0

14.0

14.0

Ishsizlik darajasi

0,4

0,3

0,4

0,1

0,2

0.1

0.3

0.5

2020-yilda dunyo mamlakatlarida yuzaga kelgan, shu jumladan O’zbekistonni ham chetlab o’tmagan pandemiya sharoitida iqtisodiy o’sishni saqlab qolish, aholi salomatligini saqlash, yashash sharoitini yaxshilash va shu kabi muammolarni bartaraf etish bo’yicha bir qancha qonun qarorlar qabul qilindi, hamda ularni ijrosi ta’minlandi. Xususan, “2020-2021-yillarda iqtisodiy o‘sishni tiklash va iqtisodiyot tarmoqlari hamda sohalarida tizimli tarkibiy islohotlarni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”6gi qarorda ham pandemiya sharoitida bajarilgan ishlar hamda kelgusi yilda bajarilishi lozim bo’lgan ishlar berilgan. 2020-yilning 1-iyul holatiga, Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 5,6 trillion so‘m mablag‘ sarflangan bo‘lib, shundan tashxis-test tizimlari, reaktivlar va himoya vositalarini sotib olish, sanitariya-epidemiologiya ishlarini amalga oshirish hamda tibbiyot xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga 724 milliard so‘m sarflandi. 328,8 mingta mikrofirma va kichik korxonalar (1,68 million ishchi) uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizga (662 milliard so‘m) kamaytirildi. 239 mingta yakka tartibdagi tadbirkorlarga eng kam ijtimoiy soliq miqdori bazaviy hisoblangan summaning 50 foizigacha (155 milliard so‘mdan ortiq) kamaytirildi. 4022 ta eksport qiluvchi, tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha debitorlik qarzlari mavjud korxonalarga 1,7 trillion so‘m miqdoridagi jarimalarni qo‘llash to‘xtatildi. Tijorat banklari tomonidan 23,9 trillion so‘mlik kreditlar prolongatsiya qilindi.

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘laridan aholini, ayniqsa, kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ishsizlarni jamoat ishlariga jalb etish uchun 621 milliard so‘m ajratildi. Ijtimoiy nafaqalar oluvchi oilalar soni 595 mingdan 799 minggacha yoki 34 foizga ko‘paydi. Pensiya jamg‘armasi tomonidan ortiqcha to‘langan pensiyalar bo‘yicha 12,9 ming nafaqa oluvchilarning 20 milliard so‘mdan ortiq qarzlari hisobdan chiqarib tashlandi. Birinchi marta kambag‘allar bilan manzilli ishlar boshlandi. Uyma-uy o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 583 mingta moddiy yordamga muhtoj “kambag‘al oilalar” aniqlandi. Ularni qashshoqlikdan chiqarish va bandligini ta’minlash bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish boshlandi. Xususan, “Saxovat va ko‘mak” umummilliy harakati doirasida ularga 307 milliard so‘mdan ortiq miqdorda moddiy yordam ko‘rsatildi. Xususan, turizm bilan shug‘ullanuvchi 3 167 ta yakka tartibdagi tadbirkor uchun jismoniy shaxslar daromadlariga solinadigan daromad solig‘ini hisoblash to‘xtatildi (3,1 milliard so‘m). 2020-yilning oxiriga qadar 3 704 ta sayyohlik, mehmonxona xizmati va aviatsiya sohasi subyektlari yer solig‘i va mulk solig‘idan ozod qilindi, shuningdek, ular uchun ijtimoiy soliq xajmi 12 foizdan 1 foizga pasaytirildi (154,5 milliard so‘mdan ortiq). tibbiy asbob-uskunalarni import qilishda, 2,8 milliard so‘mlik bojxona to‘lovlaridan ozod qilish maqsadida imtiyozlar berildi. Umumiy ovqatlanish va alkogol mahsulotlari savdosi sohasi bilan shug‘ullanuvchi 11,2 mingdan ortiq korxonalar uchun ajratmalar (5 foizdan 3 foizgacha) va yig‘imlar miqdori (25 foizga) kamaytirildi, bu esa ularga 17,1 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘larni o‘z ixtiyorida qoldirishga imkon yaratdi.

O‘zbekiston Respublikasi hududlari bo‘yicha iqtisodiy faol aholi, bandlar va ishsizlar soni7

4-jadval


2020-yilda ishsizlik darajasi o’tgan yillarga nisbatan yuqori bo’ldi. Bunga asosiy sabab pandemiya. Bundan tashqari migrantlarning davlatimizga qaytib kelganligi. Jadvalda ishsizlik darajasi viloyatlar kesimida berilgan. Ishsizlikning eng yuqori darajasi Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyatida.

Iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyatini ta’minlash maqsadida Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2 166 milliard so‘m ajratildi. Bundan tashqari, sog‘liqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash, irrigatsiya va meliorativ obyektlari, ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlari uchun 3,7 trillion so‘mlik qo‘shimcha 2 424 ta infratuzilma loyihalari ro‘yxati shakllantirildi va mazkur loyihalar uchun Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan 1,1 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘lar ajratildi. 83 mingta qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga qo‘shimcha yordam sifatida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq miqdori 50 foizga kamaytirilib, 814 milliard so‘mdan oshdi. Biroq, tabiiy ofatlar ro‘y bergani sababli, shu yilning aprel oyida Qashqadaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlarida 16,6 ming gektar ekin maydonlari, shuningdek, Farg‘ona vodiysining bir qator maydonlaridagi bog‘lar zarar ko‘rdi. Sardoba tumanidagi suv omborining qulashi tufayli 21 ming gektardan ortiq ekin maydonlari muomaladan chiqarildi. Natijada, 2020-yilning I yarim yilligida yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotining o‘sishi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 102,8 foizni tashkil qildi (prognoz —102,4 foiz).

Alohida e’tibor pandemiya tufayli aholining, ayniqsa, mamlakatga qaytgan mehnat muhojirlari orasida ishsiz qolganlarning muammolariga qaratilmoqda. Xususan, 231,9 ming kishi jamoat ishlariga jalb qilinishi uchun Jamg‘armadan 165,7 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘lar ajratildi. Xususiy xo‘jaliklar va kooperativlarga 30,7 mingdan ortiq fuqaro ishga jalb etilgan, shuningdek, bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan ajratilgan subsidiyalar hisobidan tadbirkorlik faoliyatini boshlagan. Qabul qilingan chora-tadbirlar O‘zbekistonga joriy yilning may oyi boshida sanoat pasayishining eng past nuqtasini bartaraf etish va 2020-yilning iyun oyi o‘rtalariga kelib, xizmat ko‘rsatish sohalaridagi eng past pasayish nuqtasini bartaraf etish imkonini berdi.

Karantin davrida aholi bandligining qisqarishi va tashqi mehnat migratsiyasidan keladigan daromadlarning kamayishi aholining xarid qobiliyatini pasaytirdi hamda ichki iste’mol bozori imkoniyatlarini sustlashtirdi. Eksportni cheklash bilan bir qatorda, iste’mol mahsulotlari, birinchi navbatda, nooziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning pasayishiga sabab bo‘ldi. Ichki to‘lov qobiliyatiga ega talabning tiklanishi va kengayishi mehnatga layoqatli fuqarolarning bandligini oshirish va daromad olishlari bo‘yicha amalga oshirilgan choralar bilan bog‘liq. Ushbu maqsadlar uchun 2020-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida ajratilgan kreditlar hajmi 4 trillion so‘mni tashkil etdi. Aholini ish bilan ta’minlash, oilaviy biznesni qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatini qayta tiklash, uy-joy, ijtimoiy infratuzilmani qurish va rekonstruksiya qilish, yangi qishloq xo‘jaligi yerlarini foydalanishga topshirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar yil oxiriga qadar 810,6 mingta doimiy ish o‘rinlari tiklanishiga, 302,8 mingta doimiy va 662,8 mingta vaqtinchalik hamda mavsumiy ish o‘rinlarini yaratilishiga imkoniyat berdi. Jumladan, “Yagona milliy mehnat tizimi” orqali 265,2 ming nafar ishsizlar bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirildi, 301 ming kishi jamoat ishlariga jalb qilindi, 53,6 ming kishi tadbirkorlik va uy-joy maydonlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik hamda tikuvchilik kooperativlarida a’zolik uchun subsidiyalar bilan ta’minlandi, 42,8 ming kishi bepul tarzda kasb-hunarga o‘qitildi. Ish o‘rinlarini izlash va ishga joylashtirish uchun “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy ta’minot vositasi (my.mehnat.uz) joriy etilib, unda joriy yilning boshidan buyon 385 ming korxonalar qamrab olindi, 3,5 milliondan ortiq ishchilarga elektron mehnat daftarchalari yuritila boshlandi.

2020-yil 1-yarim yilligida o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 84,8 trillion so‘m (prognoz — 104 trillion so‘m) yoki o‘tgan yil mos davriga nisbatan 87,2 foizni tashkil etdi. Xarajatlarni optimallashtirish natijasida markazlashgan mablag‘lar hisobiga investitsiyalarni o‘zlashtirish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 35,4 foizga, aholi mablag‘lari esa — 25,7 foizga qisqaradi.

Global inqirozning respublikamiz ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta’sirlarini yumshatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz xolatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora - tadbirlar to‘g‘risida” va “Kornovirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab – quvvatlashga doir qo‘shimcha chora - tadbirlar to‘g‘risida” gi farmonlari qabul qilindi va amaliyotda joriy etilmoqda. Farmonda ko‘rsatib o‘tilgandek jahon miqyosida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda respublikamizda insonlarning harakatlanishiga cheklovlar kiritish va korxonalar faoliyatini to‘xtatish orqali misli ko‘rilmagan choralar ko‘rilmoqda. Global iqtisodiyot tizimining bir qismi bo‘lgan O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham mazkur omillar ta’sir qilmoqda, bu esa o‘z navbatida ushbu holatning salbiy ta’sirlarini yumshatish bo‘yicha samarali oldini oluvchi choralar ko‘rishni talab qiladi. Bunda turizm, transport, farmatsevtika va to‘qimachilik sanoati kabi respublika iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlarini qo‘llab -quvvatlash va ularning barqarorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish zarur8.


Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish