Iqtisodiy geografiya



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana13.07.2022
Hajmi0,98 Mb.
#786179
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
yaponiyaning iqtisodiy geografik tavsifnomasi

Maʼmuriy boʻlinish 
Yaponiya prefekturalari 


12 
Yaponiya 
47 ta prefekturalarga
boʻlingandir (ISO 3166-2 tartibi boʻyicha 
koʻrsatilgan): 

Hokkaydo 

Aomori 

Ivate 

Miyagi 

Akita 

Yamagata 

Fukushim


Ibaraki 

Tochigi 

Gumma 

Sayatama 

Chiba 

Tokio 

Kanagava 

Niigata 

Toyama 

Ishikava 

Fukui 

 
Yamanash


Nagano 

Gifu 

Shizuoka 

Aychi 

Mie 

Shiga 

Kioto 

Osaka 

Hyogo 

Nara 

Vakayama 

 
Tottori 

Shimane 

Okayama 

Hiroshima 

Yamaguch


Tokushim


Kagava 

Ehime 

Kochi 

Fukuoka 

Saga 

Nagasaki 

Kumamot


Oita 

Miyazaki 

 
Kagoshim


 
Okinava 



Yaponiya shaharlari
Oʻnta eng yirik shaharlari 
1.Tokio (8 444 531)6
.
Kobe (1 524 463) 
2. 
Iokogama (3 575 515) 7. Kioto (1 469 427) 
3. 
Osaka (2 640 097) 8. Fukuoka (1 402 040) 
4. 
Nagoya (2 214 958) 9. Kavasaki (1 315 865) 
5. 
Sapporo (1 875 862) 10. Saytama (1 185 030) 
 
 


13 
j) iqtisodiyot 
Yuqori texnologiyalar (elektronika, robototexnika) kuchli rivojlangan. Bundan 
tashqari avtomobilsozlik ham yaxshi rivojlangan. Qishloq xo'jaligi davlat 
tomonidan 
subsidiya 
etiladi. 
"Shinkansen" 
tezyurar 
temir yoʻl toʻri 
mavjuddir.Eksport 
tuzulmasi: 
kompyuterlar, 
elektrotexnika, 
avtomobil. 
Import tuzilmasi: ximikatlar, yoqilgʻi, ruda va boshqa xom-ashyo, oziq-ovqat 
mahsulotlari. 
Ish bilan taʼminlanganlik 
Ishsizlik darajasi 
4,35 % (2012). 
Aviasozlik. 
1962 - yil mamlakatda birinchi fuqarolar (tijorat) samolyoti 
qurildi.2003 - yili Yaponiyada aviatsiya sohasini rivojlantirish boʻyicha 428 
million dollarlik hamda 2008- yilgacha moʻljallangan milliy dastur qabul qilindi. 
Ushbu dastur doirasida hukumat „Mitsubishi Heavy Industries― bilan hamkorlikda 
birinchi milliy reaktiv yoʻlovchi avialayneri ustida ish boshladi. 
Atom energetikasi. 
2006- yil koʻrsatkichiga binoan, umumiy elektroenergiya 
ishlab chiqarishning 30 %i Yaponiya AESlari hissasiga toʻgʻri keldi. Mamlakat 
yadro yoqilg'isining 60 %ini Avstraliya va Kanadadan oladi. Yaponiya isteʼmol 
qiladigan uranning umumiy miqdori 8,7 ming tonnani tashkil etadi. 
60% 
38% 
2% 
 Xalq xoʻjaligining asosiy sektorlari 
Hizmatlar sferasi
Sanoat
Qishloq xoʻjaligi


14 
2. O’zbekiston - Yaponiya munosabatlari
 
Ikki davlatning oʻzaro munosabatlari tarixi qadimiy asrlarga borib taqaladi. 
Olimlarning tadqiqoti va oʻzbekyapon arxeologik ekspeditsiyalari natijasiga koʻra, 
Oʻzbekiston hududida mavjud boʻlgan Kushon podsholigining asosiy dinlaridan 
biri boʻlgan buddizm Oʻrta Osiyo xalqlari milliy qadriyatlari va anʼanalari bilan 
boyigan holda VI asrda Xitoy va Koreya orqali Yaponiya orollarida tarqalgan. 
Oʻzbekistonda topilgan qadimiy budda ibodatxonalarining hoz. Yaponiyadagi 
ibodatxonalar bilan mushtarakligi namoyon boʻlmoqda. 
Yaponiyaning 
birinchi 
poytaxti 
Nara 
shahridagi 
Xoruji 
ibodatxonasi 
xazinaxonasida VIII asrda Samarqand va Toshkentda tayyorlangan osoriatiqalar,
IX – X asrlarga oid ud musiqa asbobi saqlanmoqda. Afrosiyobdagi arxeologik 
qazilmalar vaqtida topilgan va XII asrga mansub nafis yapon chinni idishi ham 
oʻzbek va yapon xalqlari oʻrtasida aloqalar boʻlganini koʻrsatadi. Yaponiya XIX 
asrning 2-yarmidan Oʻrta Osiyo regioni bilan jiddiy qiziqa boshlagan. 1880 yilning 
yozida yapon diplomati Nisi Tokujiro (keyinchalik u tashqi ishlar vaziri boʻlgan) 
oʻlkamiz boʻylab sayohat qilgan. U Toshkent, Samarqand, Buxoro shahrilari va 
Fargʻona vodiysida boʻlgan. Buxoroda amir Muzaffar bilan uchrashgan. Bu hodisa 
yaponlarning musulmon oʻlkalari bilan dastlabki rasmiy aloqalaridan biri edi.
1886 - yilda Nisi Tokudzironing "Turkiston sayohatnomasi" kitobi yapon tilida 
bosilib chiqqan. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Oʻrta Osiyoga Yasumashi 
Fukushima, Kazuo Otani, Masaji Inoue, Zuicho Toshibana kabi yapon 
tadqiqotchilari sayohat qilgan. 
Oʻzbekiston Milliy universitetining Ilmiy kutubxonasida 1927—41- yillarda 
Yaponiyada chop etilgan kitob va jur.larning katta fondi mavjud. 1930-y.larda 
Oʻzbekiston bilan Yaponiya oʻrtasida pillachilik va tutchilik sohasida hamkorlik 
oʻrnatilgach, Yaponiyaga borgan bir guruh oʻzbekistonlik mutaxassislar tomonidan 
bu sohadagi ilgʻor yapon tajribasi atroflicha oʻrganilgan va respublikada joriy 
qilingan. Yaponiyadan oʻnlab madaniylashtirilgan serbargli tut navlari va 


15 
mahsuldor pilla qurtining urugʻlari keltirilib mahalliy sharoitlarga moslashtirilgan. 
Bundan tashqari, ipakchilik sanoati ehtiyojlari uchun yapon mashina va uskunalari 
xarid qilingan. 1929- yil Oʻrta Osiyo universiteti prof. E.F.Poyarkov Yaponiyada 
pillachilar anjumanida maʼruza qilgan.Maʼlumotlarga koʻra, 1920-y.larda 
Yaponiyaga borib qolgan Volgaboʻyi tatarlari orasida oʻzbeklar ham boʻlgan. Ular 
Tokio shahrida masjid qurilishi va islom dinini yoyilishida oʻz hissalarini 
qoʻshishgan. 1945- yildagi sovetyapon urushi natijasida asir olingan 24 mingga 
yaqin yapon 1945—50 -yillarda Oʻzbekistonning Andijon, Buxoro, Toshkent va 
Fargʻona viloyatlarida ushlab turildi. Ular koʻplab sanoat korxonalari, q.x., qurilish 
va boshqalar sohalarda mehnat qildilar. Jumladan, Toshkent shahridagi Alisher 
Navoiy nomidagi akademik katta teatr binosi qurilishida 600 ga yaqin yapon 
ishtirok etgan. Oʻzbekistonda vafot etgan 812 yapon fuqarosi respublikamiz 
hududidagi 
13 
qabristonda 
dafn 
etilgan. 
1990- 
yil 
may 
oyida 
ToshkentningYakkasaroy qabristonida 2-jahon urushi (1939—45)dan keyin 
Toshkentda vafot etgan 79 ta yapon harbiy asiri xotirasiga memorial oʻrnatildi. 
1960—80- yillarda Yaponiya Oʻzbekistondan paxta tolasi, chigit, shirinmiya ildizi, 
asal, ipak va boshqalar mahsulotlar xarid qilgan. 1970-yillar boshidan Yaponiya 
yiliga 190 mln. AQSH dollari hajmida paxta tolasi sotib olgan. Xususan, 
Sumitomo kompaniyasi 1971—93 yillar 547,3 mln. AQSH dollariga paxta tolasi 
xarid qilgan. Shu yillar Yaponiyaning qator kompaniyalari Oʻzbekistonning yengil, 
kimyo va neft sanoatini modernizatsiya qilishga jalb etildi. Fargʻona va Chirchiq 
shahrilarida ammiak ishlab chiqarish uchun yapon texnologiyalari oʻrnatildi. 
Toshkent, Samarqand, Buxoro, Margʻilon, Namangan, Shahrisabz va Urganchdagi 
ipakchilik fkalarida Yamato firmasining pilla quritish mashinalari qoʻllandi. 1989 
yil Oʻzbekistonda xorijiy firmalar orasida birinchi boʻlib Yaponiyaning "Chori" 
kompaniyasi oʻz vakolatxonasini ochdi. 
Ilmiy va madaniy sohalarda ham oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyildi. Yapon va 
oʻzbek olimlari tomonidan zilzilani oldindan aniqlash, sanoat mahsulotlarini 
statistik qabul qilish nazorati usullari atroflicha oʻrganildi va amaliyotga tatbiq 


16 
etildi. Ayniqsa, tarix, tilshunoslik va arxeologiya fanlari boʻyicha samarali 
hamkorlik amalga oshirildi. Itaro Kumatsuning yaponlar uchun "Oʻzbek tili" 
qoʻllanmasi (1978), "Oʻzbekcha soʻzlashuv" (1983), "Oʻzbekchayaponcha lugʻat" 
(1980, 1985) kitoblari koʻp ming nusxada nashr etildi. 1950—80- yillarda adabiyot 
sohasida ham salmoqli aloqalar boʻldi. Xususan, 1956- yil Oʻzbekistonga kelgan 
tanikdi yapon yozuvchisi va tarjimoni Man Inoue atoqli shoir Gʻafur Gʻulom bilan 
uchrashgan hamda Yaponiyada chop etilgan "Toshkentda bir oqshom" asarida 
oʻzbek va yapon xalqlari madaniyati, anʼana va turmush tarzidagi mushtaraklik 
haqida hikoya qilgan. Shu davrda Yosie Xotta, Kobo Abe, Yasunari Kavabata, 
Ryunoske Akutagava, Takeo Arishima, Masuji Ibuse va boshqalar mashhur yapon 
ijodkorlarining 30 ga yaqin roman, qissa, sheʼr va hikoyalari oʻzbek tilida chop 
etilgan. Oʻz navbatida, Yaponiyada Alisher Navoiy, Sh. Rashidov, Zulfiya, Ramz 
Bobojon ijodi namunalari, Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" asari 
yapon tiliga tarjima qilinib, bir necha marta nashr qilingan. 
1991- yil Yaponiya OʻzR mustaqilligini tan olib, 1992- yil diplomatiya 
munosabatlari oʻrnatgach, 1992 yilda Yaponiyaning Toshkentdagi elchixonasi, 
1996- yilda esa OʻzRning Tokiodagi elchixonasi oʻz faoliyatini boshladi. Ikki 
mamlakat oʻrtasida teng huquqli aloqalar oʻrnatildi. Oʻtgan 14 yil mobaynida ikki 
davlat oʻrtasida koʻplab rasmiy hujjatlar imzolandi. Shu davr davomida OʻzR 
Prezidenti I.Karimov 2 marta (1994, 2002) rasmiy tashrif bilan Yaponiyada boʻldi. 
Bundan tashqari, ikki davlat tashqi ishlar vazirlari, hukumatning rahbar va masʼul 
xodimlari, Parlament delegatsiyasi va boshqalarning oʻzaro tashriflari amalga 
oshirildi. OʻzR Prezidenti I.Karimovning 1994- yilning mayida Yaponiyaga qilgan 
birinchi tashrifi oʻzaro siyosiy muloqotni faollashtirdi.Ikki mamlakat oʻrtasidagi 
hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarishda OʻzR Prezidenti I.Karimovning 2002- yil 
28—31 -mayda Yaponiyaga qilgan ikkinchi rasmiy tashrifi muhim rol oʻynadi. 
Tashrif chogʻida 14 hujjat imzolandi. Bular qatoriga Oʻzbekiston bilan Yaponiya 
oʻrtasida doʻstlik, strategik sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisida deklaratsiya, 
Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va Oʻzbekistondagi iqtisodiy islohotlarga 


17 
koʻmaklashish haqida qoʻshma bayonot va boshqalar hujjatlar kiradi. Tashrif 
chogʻida I.Karimov Oʻzbekistonning Yaponiya bilan hamkorlik qoʻmitasi va 
Yaponiyaning Oʻzbekiston bilan hamkorlik qoʻmitasini tashkil etish tashabbusi 
bilan chiqsi. Qoʻmitalar tashkil etilib, uning birinchi qoʻshma majlisi 2004 -yil 
iyulda Tokio shahrida oʻtkazildi. 
Bugungi kunda Yaponiyaning mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritilgan moliyaviy 
resurslarining umumiy qiymati 1,9 mlrd. AQSH dollariga yaqinlashdi. Bundan 
tashqari, Oʻzbekistonga 160 mln. AQSH dollari mikdorida begʻaraz va 
insonparvarlik yordami koʻrsatilib, u, asosan, maorif va sogʻliqni saqlash sohasiga 
sarflandi. Yapon sarmoyasi mamlakat iqtisodiyotining yoqilgʻienergetika, transport 
va kommunikatsiya, yengil sanoat tarmoqlarini, kadrlar tayyorlash va boshqalar 
sohalarni yuksaltirish, xususan, respublikaning telekommunikatsiya tizimini 
rivojlantirish, Toshkentdagi t.y. vagonlarini taʼmirlash z-di, Samarqand, Buxoro, 
Urganch shahrilari aeroportlarini modernizatsiya qilishga sarflandi.Yaponiya 
xalqaro hamkorlik bankining imtiyozli qarzlari tufayli Koʻkdumaloq neftgaz 
konini jihozlash, Buxoro viloyatida neftni qayta ishlash z-dini qurish, Fargʻona 
neftni qayta ishlash z-dini modernizatsiyalash, Shoʻrtan gazkimyo majmuasini 
qurish, toʻqimachilik sanoatini rivojlantirish ishlari amalga oshirildi. Gʻuzor— 
Boysun—Qumqoʻrgʻon t.y.ni qurishda ichki resurslar bilan bir qatorda Yaponiya 
sarmoyasi ham qatnashmoqda.1993—2004- yillar qariyb 300 yaponiyalik 
mutaxassis iqtisodiyot, telekommunikatsiya, turizm, transport infratuzilmasi, 
ipakchilik sohalari va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda faoliyat koʻrsatdi. 
1994- yil mayda Toshkentda Oʻzbekyapon iqtisodiy hamkorlik qoʻmitasi, Tokioda 
esa Yaponoʻzbek iqtisodiy hamkorlik qoʻmitasi tashkil etildi. Yaponoʻzbek 
iqtisodiy hamkorlik qoʻmitasi Yaponiyaning 30 ga yaqin yirik kompaniya, firma va 
banklarini birlashtiradi. Hozirgacha qoʻshma qoʻmitalarning 8 majlisi boʻlib, unda 
ikkala mamlakatdagi sanoat korxonalari, moliya muassasalari va tadbirkorlarining 
toʻgʻridantoʻgʻri aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.Ayni 
vaqtda Oʻzbekistonda 10 ta oʻzbekyapon qoʻshma korxonasi, 3 ta 100% Yaponiya 


18 
sarmoyasi hisobidagi korxona, yapon kompaniyalarining 22 vakolatxonasi faoliyat 
koʻrsatmoqda. Ikki mamlakat oʻrtasidagi savdoiqtisodiy aloqalar kengayib, 2004 
yilda tovar ayirboshlash hajmi 102 mln. AQSH dollariga yaqin boʻldi. Oʻzbekiston 
Yaponiyaga paxta va ipak mahsulotlari, gazlama, noorganik kimyo mahsulotlari 
eksport qiladi, turli sayyohlik xizmatlari koʻrsatadi. Yaponiyadan esa elektr va 
mexanik uskunalar, kauchuk va rezina buyumlar va boshqalar oladi. "Oʻzbekiston 
havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi 2001 yildan Toshkent — Osaka, 2002 
yildan Toshkent—Tokio yoʻnalishida doimiy havo qatnovini yoʻlga qoʻydi. 
Yaponiya bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik yoʻnalishlaridan biri 
kadrlar tayyorlashdir. Hozirgacha respublikaning turli vazirlik va idoralaridan 800 
ga yaqin kishi Yaponiyada tajriba orttirib qaytdi, 98 yosh mutaxassis 
Yaponiyaning yetakchi untlarida magistratura kursini bitirdi. 2000 yildan boshlab 
Yaponiya xalqaro hamkorlik markazi stipendiyasi asosida yiliga oʻzbekistonlik 20 
magistrant Yaponiyaga ikki yillik oʻqishga bormoqda. 2001 yil Toshkentda 
Oʻzbekiston — Yaponiya inson resurslarini rivojlantirish markazi tashkil etildi. 
Hozirgacha ushbu markazning biznes, yapon tili va kompyuter kurslarini 1500 dan 
ortiq kishi tugatdi. Umuman markaz oʻtkazgan turli madaniy-maʼrifiy dasturlarda 
100 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi. 
Oʻzbekyapon ilmiy aloqalari ham kengayib bormoqda. Toshkent, Samarqand, 
Buxoro, Fargʻona va boshqalar shaharlardagi oliy oʻquv yurtlarining oʻquv 
dasturiga yapon tilini oʻrganish ham kiritilgan. Oʻzbekiston FAning elektronika, 
seysmologiya, immunologiya, biokimyo, umumiy va noorganik kimyo, fiziologiya 
va biofizika, sharqshunoslik, arxeologiya intlari, "Botanika" ilmiyi.ch. markazi 
bilan Yaponiyaning tegishli unt, in-t va boshqa tashkilotlari oʻrtasida muntazam 
hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Xususan, elektronika in-tida yaratilgan metallurgiya 
sohasiga oid ekologik toza texnologiya Yaponiyaning "Nippon stil korporeyshn" 
firmasi tomonidan litsenziyali shartnoma asosida sotib olingan. 1989—98- yillarda 
Sanʼatshunoslik instituti xodimlari Soka un-ti prof. Kyudzo Kato boshchiligida 


19 
Surxondaryo viloyatining Shoʻrchi tumanida joylashgan Dalvarzintepada buddizm 
yodgorliklarini oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar olib bordilar. 
Ikki mamlakat oʻrtasida madaniy aloqalar ham keng rivojlanmoqda. Xususan, 
Tokiodagi milliy nafis sanʼat va musiqa un-ti bilan hamkorlikda Toshkentda 
Xalqaro madaniyat karvonsaroyining ishga tushirilishi, "Jahon tinchlik 
qoʻngʻirogʻi"ning barpo etilishi, Yaponiyadagi bir qancha ijtimoiy tashkilotlar 
koʻmagida Osaka, Fukusima, Maebasi shahrilarida doimiy faoliyat olib boruvchi 
Oʻzbekiston madaniyat uylarining ochilishi bunga yorqin misoldir. Yaponiya va 
Oʻzbekistonda koʻplab koʻrgazma, takdimot, kinofestival, milliy musiqa va raqs 
guruhlarining konsertlari, shuningdek, 1996- yildan Oʻzbekistonda Yaponiya 
madaniyati kunlari muntazam oʻtkazib kelinmoqda. 
1996- yil OʻzR Prezidenti I.Karimovning "Oʻzbekiston iqtisodiy islohotlarni 
chuqurlashtirish yoʻlida" va 1999 yil "Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: 
xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asarlari 
Yaponiyada yapon tiliga tarjima qilinib chop etildi. Davlatni boshqarish, 
oʻzbekyapon hamkorligini rivojlantirish va mustahkamlashga qoʻshgan ulkan 
hissasi uchun OʻzR Prezidenti Yaponiyadagi Vaseda va Soka untlarining faxriy d-
ri unvoniga sazovor boʻldi. 
Oʻzbekyapon doʻstlik aloqalarini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun 
sanʼatshunos Ikuo Xirayama Oʻzbekiston Respublikasi BAning faxriy xorijiy 
aʼzosi etib saylandi (2002), prof. Kyudzo Kato va Vaseda un-ti prezidenti Takayasi 
Okushima OʻzRning "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan (2002). 2004- yil 
martda Tokiodagi Soka untida buyuk oʻzbek shoiri Alisher Navoiyga haykal 
oʻrnatildi ^haykaltarosh R. Mirtojiyev). 2004- yil Oʻzbekistonga 3000 yapon 
sayyohi kelgan. Ikki tomonlama hamkorlikning rivojlanishiga Yaponiyada 
"YaponiyaOʻzbekiston" 
doʻstlik jamiyati (1998 -yil tashkil etilgan), 
FukusimaOʻzbekiston 
iqtisodiy 
va 
madaniy 
aloqalar 
uyushmasi, 
"FukuokaOʻzbekiston" jamiyati, "OtaToshkent" doʻstlik jamiyati, OʻzRda 


20 
"OʻzbekistonYaponiya" doʻstlik jamiyati (1999 yil tashkil etilgan) munosib hissa 
qoʻshib kelmoqda. 2002- yil aprelda Yaponiya parlamentida mamlakatning nufuzli 
siyosiy arboblari Taro Aso, Yosiro Mori va boshqalar tashabbusi bilan "Yaponiya 
liberaldemokratik partiyasi — Oʻzbekiston" doʻstlik ligasi tashkil etilgan. 

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish