Iqtisodiy geografiya



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana13.07.2022
Hajmi0,98 Mb.
#786179
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
yaponiyaning iqtisodiy geografik tavsifnomasi

c) xoʻjaligi 
Yaponiya — iqtisodiy qudrati boʻyicha jahonda AQShdan keyingi oʻrinda 
turadigan yuksak darajada rivojlangan industrialagrar mamlakat. Sanoat ishlab 
chiqarishning umumiy hajmi boʻyicha jahonda oldingi oʻrinlardan birini egallaydi. 
Ulkan korxonalar bilan birga mayda korxonalar ham mavjud (ayniqsa, yengil va 
oziq-ovqat sanoatida). Yaponiya iqtisodiyoti chetdan keltiriladigan xom ashyo va 
yoqilgʻiga asoslangan. Yaponiya jahon bozoriga sanoatning fanga asoslangan 
murakkab tarmoqlari mahsulotlari, zamonaviy konstruksion materiallar yetkazib 
beruvchi mamlakat.
Yaponiya jahon yalpi milliy mahsulotining 13% dan ortigʻini ishlab chiqarish bilan 
birga, yirik xalqaro iqtisodiy, savdo va moliya tashkilotlari hamda "sakkizlik" 
davlatlarida yetakchi mavqega ega. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 38%, 
qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliq ovlashniki 2%, xizmat koʻrsatish tarmogʻiniki 
60% ni tashkil etadi. Yalpi ichki mahsuloti 4,6 trillion AQSH dollariga teng 
(2012). 
Sanoatida iqtisodiy faol aholining 25% band. Energetika, metallurgiya, 
avtomobilsozlik, kemasozlik, kimyo, neft kimyosi, qurilish materiallari sanoati 
kabi tayanch tarmoqlar chetdan olinadigan xom ashyo hamda texnologiyaning eng 



yangi yutuqlari asosida deyarli butunlay yangidan barpo etildi. Energetika sanoati 
ham asosan, chetdan keltirilgan neftga asoslangan. Yiliga oʻrtacha 1,097 trillion 
kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi; uning 706,4 mlrd. kVtsoati issiqlik elektr st-
yalarida, 91,8 mlrd. kVtsoati GESlarda, 295 mlrd. kVtsoati atom elektr st-yalariga 
toʻgʻri keladi (2002). 2003 yil 52 atom elektr st-yasi ishladi. Ishlab chiqarish 
sanoatida qora va rangli metallurgiya rivojlangan. Kon sanoatida koʻmir, gaz, temir 
va mis rudasi, pirit, rux, qoʻrgʻoshinrux, marganets, kumush, oltin, simob, kaolin, 
talk va h.k. qazib olinadi.
Mashinasozlik va kimyo sanoati yuksak taraqqiy etgan. Avtomobillar, maishiy 
texnika, elektron asboblar, aloqa vositalari, kema, poʻlat, sement, plastmassa, 
sintetik tola, robot ishlab chiqarish, neftni qayta ishlash, biotexnologiya mamlakat 
iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor tarmoqlaridandir. Yaponiya sanoati 4 asosiy 
rayon: Keyxin (Tokio, Kanagava), Chukyo (Aychi, Mie), Hanshin (Osaka, Hiogo), 
Kita Kyushu (Fukuoka)ga boʻlingan. Mazkur rayonlarda jami sanoat 
mahsulotining 40% dan ortigʻi ishlab chiqariladi. 
Qishloq xoʻjaligida hosildorlik boʻyicha dunyoda oldingi oʻrinlardan birida boʻlib, 
u yuqori darajada mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan. Iqtisodiy faol 
aholining 4,2% qishloq xo’jaligida band. Hududining 12,9% yoki 4,8 mln. 
gektarida dehqonchilik qilinadi. Dehqonchilikda asosiy ekin — sholi (2002 yil 11 
mln. t sholi yetishtirilgan). Shuningdek, kartoshka, sabzavot, oz miqdorda bugʻdoy 
va dukkakli don ekinlari ekiladi. Mevachilik, bogʻdorchilik, chorbogʻ xoʻjaligi 
rivojlangan. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, parranda boqiladi; pillachilik va 
baliqchilik rivojlangan. Yaponiyada 3000 dan ortiq baliq ovlash portlari boʻlib, 
dunyo boʻyicha ovlanadigan baliq va dengiz jonivorlarining 15% shu portlarga 
toʻgʻri keladi. 

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish