Iqtisodiy geografiya



Download 296,14 Kb.
bet32/137
Sana02.02.2022
Hajmi296,14 Kb.
#425189
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   137
Bog'liq
Iqtisodiy geofrafiya (2)

6-jadval


Dinlar geografiyasining asosiy ko’rsatkichlari.



Din

E’tiqod qiluvchi larning soni
(mln.k)

Tarqalgan mintaqalari va mamlakatlari

Xristianlik Shu jumladan

1259
dan ortio’

Fransiya, Ispaniya, Portugaliya, Italiya, Avstriya, Belgiya, Irlandiya, Polsha, Litva, Ukraina, Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Sloveniya, Xorvatiya, AO’Sh, Kanada, Lotin Amerikasi mamlakatlari, Filippin, Markaziy va Janubiy Afrika mamlakatlari, Kipr, Koreya, Yaponiya,
Xitoy

Katoliklik



800


Protestantlik

350

Shimoliy Yevropa mamlakatlari, Buyuk Britaniya, Germaniya, Niderlandiya, Shveytsariya, Latviya, Estoniya, AQSh, Avstraliya, Yangi Zelandiya, JAR, Markaziy va Janubiy Afrika mamlakatlari,
Koreya, Yaponiya, Xitoy

Pravoslavlik



100


Rossiya, Ukraina, Belorus, Moldova, Gruziya,
Bolgariya, Ruminiya, Serbiya va Chernogoriya Federatsiyasi, Gretsiya, Kipr

Islom Shu jumladan

1000
dan ortio’

Albaniya, Bosniya va Gersogovina, Makedoniya, Rossiya, O’ozoYoiston, Јzbekiston, O’irYoiziston, Tojikiston, Janubi-G’arbiy Osiyo mamlakatlari (Eron, Ozarbayjondan tasho’ari), Shimoliy, G’arbiy va Sharo’iy Afrika mamlakatlari,
Pokiston, Afyooniston, Bangladesh, Malayziya, Indoneziya, Hindiston, Xitoy, Filippin

Sunniylik



900 dan ortio’



Shialik

100 ga yao’in

Eron, Ozarbayjon, Iroq, Yaman

Buddizm va lamaizm

400 dan ortio’

Xitoy, Mo’g’iliston, Yaponiya, Myanma, Tailand, Vetnam, Kambodja, Laos, Malayziya, Shri-Lanka,
Koreya, Rossiya

Induizm

520

Hindiston, Nepal, Shri-Lanka

Konfutsiachilik

180

Xitoy

Sintoizm

70

Yaponiya

Maxalliy an’anaviy dinlar




G’arbiy, Markaziy, Sharqiy, Janubiy Afrika mamlakatlari, Janubiy Amerika, Okeaniya,
Indoneziya

Yevropada xristianlik dinining barcha shakllari keng tarqalgan. Katoliklik asosan qit’a janubida, qisman g’arbi va markazida, Protestantlik shimolida, qisman


g’arbi va markazida, pravoslavlik sharqi va janubi-sharqida. Sobiq ittifoq mamlakatlarida pravoslavlik va islom dinlari keng tarqalgan. Provoslavlikka rus, belorus va ukrainlarning bir qismi, osetiyaliklar, chuvashlar, mordva, morilar, komilar, udmurtlar, yoqutlar, shimol xalqlarining bir qismi sig’inadi. Islom Astraxan tatarlari, Qozon tatarlari, Shimoliy Kavkaz xalqlari, boshqirdlar, Sibir tatarlari orasida keng tarqalgan.
Osiyoda barcha dunyoviy dinlar va yirik milliy dinlar keng tarqalgan. Ayniqsa islom dini katta ro’l o’ynaydi. Islomning sunniylik yo’nalishi Indoneziya (dunyoda eng yirik musulmon mamlakati), Malayziya, Hindiston, Bangladesh, Pokiston, Afg’oniston, Janubi-g’arbiy Osiyodagi barcha arab mamlakatlarida asosiy o’rin egallaydi. Islomning shialik yo’nalishi Eron, Ozarbayjon, qisman Iroq va Yamanda asosiy din sifatida tan olingan. Islom diniga e’tiqod qiluvchilarning katta-katta guruhlari Filippin, Kambodja, Tailand, Myanma, Kipr, Shri-Lanka mamlakatlarida mavjud.
Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida buddizm va lamaizm keng tarqalgan. Induizmga Hindiston va Nepal aholisining ko’pchiligi e’tiqod qiladi. Konfutsiyachilik va daosizim dinlari Xitoyning asosiy dinlari hisoblanadi. Sintoizm Yaponiyada mavjud. Xristianlik dini Osiyoda unchalik tarqalmagan. Filippin, Armeniya va Kiprda bu asosiy din. Livanda 40% aholi, Hindistonda 5-6 mln, Suriya, Xitoy, Yaponiya, Koreya, Indoneziya, Malayziya va boshqa mamlakatlarda ham xristian diniga e’tiqod qiluvchilarning ancha miqdori mavjud.
Afrikaning shimoli, g’arbi va sharqida joylashgan ko’pchilik mamalakatlarda islomning sunniylik yo’nalishi hukmron. Efiopiya, JAR va boshqa qator mamlakatlarda xristian dini muhim ro’l o’ynaydi. Markaziy va Janubiy Afrikada aholining asosiy qismi mahalliy an’anaviy dinlarga e’tiqod qiladi.
Shimoliy Amerikada xristianlikning ikki shakli katolik va protestantlik xukumron. AQShda protestantlar, Kanadada katoliklar ko’proq. Markaziy Amerikada aholining aksariyati katolik diniga e’tiqod qiladi. Xuddi shunday Janubiy Amerikada ham katolik dini hukmronlik qiladi. Umuman olganda, Amerika qit’asiga barcha katoliklarning yarimidan ko’pi to’g’ri keladi. Amerikada islom diniga e’tiqod qiluvchilar AQSh aholisining hamda Karib dengizi havzasidagi ba’zi bir orollar aholisining ichida mavjud.
Avstraliya va Okeaniyada protestantlik va katoliklik keng tarqalgan. Keyingi yillarda xalqaro munosabat, siyosat, iqtisodiyot, madaniyat va mafkurada islom dinining o’rni kengaymoqda va ahamiyati oshmoqda.



    1. Download 296,14 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish