Dunyo siyosiy xaritasining asosiy ob’ektlari
Dunyo siyosiy xaritasining asosiy ob’ektlari – mustaqil davlatlardir. 1900 yilda Yer sharida jami 55 mustaqil davlat bo’lgan. U paytda g’oyat katta Britaniya imperiyasi, unga nisbatan miqyosi kichik Fransiya imperiyasi mavjud bo’lgan. Ular birinchi jahon urushidan keyin ham o’z mustamlakalarini saqlab qolganlar. Ayni paytda Yaponiya, AQSh, Niderlandiya, Belgiya, Portugaliya, Ispaniya, Rossiya mamlakatlari ham mustamlakaga ega bo’lganlar. Ikkinchi jahon urushidan keyin imperializm mustamlakachilik tizimining barbod bo’lishi, milliy ozodlik harakatlarining tobora kuchayishi, xalqlarning mustaqillik uchun kurashlari DSXni tubdan o’zgartirdi. Ikkinchi jahon urushi arafasida dunyoda 71 mustaqil davlat bo’lgan bo’lsa, 1947 yilda ularning soni 81 taga, 1959 yilda –92, 1990 yilda –171, 1995 yilda – 180taga va 1998 yilda esa 190taga yetdi.
Mustaqil davlatlar bilan bir qatorda hozirgi zamonda 38dan 42 tagacha boshqa mamlakatlar bor. Ulardan 30 tadan ko’prog’i o’z-o’zini boshqarmaydigan hududlar bo’lsa, qolganlari turli huquqiy mavqega ega. Mazkur miqdoriy ko’rsatkichlardagi farqlar dunyo boshqaruv tizimida turli holatlarning mavjudligi bilan izohlanadi. Masalan, sharqiy Timor BMT tomonidan mustamlaka deb hisoblanadi, Indoneziya esa uni o’z hududi deb hisoblaydi. Falastin davlati e’lon qilinishini (1988 yil) ko’p davlatlar tan olganlar, ayni paytda tan olmaydigan davlatlar ham bor. Aksariyat hollarda Okeaniyadagi oro’llar o’zlarini alohida yoki birgalikda hisoblaydilar. G’arbiy Saxroyi Kabir (Sobiq Ispaniya mustamlakasi) statusi ham hanuzgacha noaniq. Bu mamlakatlarni shartli uch guruhga bo’lish mumkin:
BMT rasmiy ro’yxatiga kiritilgan mustamlakalar (mustaqillik berilishi talab qilingan hududlar ro’yxati);
BMT ro’yxatiga kiritilmagan, lekin amalda mustamlaka bo’lgan oro’l hududlar. Chunki ularni boshqaruvchi davlatlarning da’volariga ko’ra hududlar "dengiz orti departamentlari", "erkin asotsiatsiyalashgan davlatlar" hisoblanadi;
Taqdiri aniq belgilangan mustamlakalar;
Gongkong (Syangan, Britaniya) va Aomin (Makao, Portugaliya). Ularni birinchisi 1997 yilda Xitoy suverinetiga kiritildi, ikkinchisi – 2000 yilda shu statusga o’tdi.
Deyarli barcha mustamlakalarning maydoni kichik, aholisi kam. Bundan faqat Puerto-Riko (AQSh mustamlakasi) istisno (3.7 mln kishi).
Barcha mustamlakalarga mustaqillik berish masalasi murakkab muammodir. Ularning ko’pchiligi metropoliyalar uchun harbiy – strategik ob’ekt sifatida yoki boshqa maqsadlarda ahamiyatga ega. Masalan, AQShning o’nlab harbiy-dengiz va harbiy-havo bazalari Tinch va Atlantika okeanlaridagi oro’llardagi oro’l mustamlakalarda joylashgan.
Davlatlarning tashkil topishi va rivojlanishi g’oyat murakkab tarixiy jarayon bo’lib, ko’plab ichki va tashqi omillar- siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hamda etnik xususiyatlar bilan belgilanadi.
Xalqaro muammolar bo’yicha mutaxasislar dunyoda 300ga yaqin punktlar bo’yicha hududiy, etnik, chegara baxslari, shu jumladan ularning 100dan ko’prog’i bo’yicha g’oyat jiddiy janjalli vaziyat mavjudligini aniqlaganlar.
Masalan, o’nlab yillar mobaynida Ispaniya va Buyuk Britaniya Gibraltar suvereniteti to’g’risida baxslashmoqda. Folklend (Malvin) oro’llari uchun Buyuk Britaniya va Argentina o’rtasida 1282 yilda harbiy mojaro sodir bo’ldi. 1947 yildan buyon Isroil davlati chegaralari to’g’risida va Falastin davlatini tuzish xususida shartnoma tuzish bo’yicha muzokaralar davom etmoqda. Boshqa bir misol, Iroq - Eron o’rtasida sakkiz yil davom etgan (1980-1988) qonli urush ham 508 kv km hudud to’g’risidagi baxslar orqali boshlangan. Mutaxasislar hisoblariga ko’ra ikkinchi jahon urushidan keyin to 1990 yilgacha ikki yoki ko’proq mamlakat ishtirok etgan turli miqiyosdagi 450ga yaqin quro’lli harbiy mojaro’lar sodir bo’lgan, yoki yiliga o’rtacha 10ta mojaro to’g’ri kelgan. Mojaro’larning sabablari ko’p va chuqur, ular hozirgi zamon siyosiy muhitining o’zgaruvchanligi, ziddiyatli ekanligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |