Qand sanoati.
Urushgacha bir necha qand zavodlari faoliyat ko’rsatgan. Urushdan so’nggi ixtisoslashuv o’zgarib, aholi ehtiyoji asosan chetdan keltirilgan qand mahsulotlari hisobiga qondirilgan. Mustaqillikdan keyin tarmoqni rivojlantirishga katta e’tibor berildi. Respublikaning o’zidan qand lavlagi yetishtirish imkoniyatlari kengligi tufayli quriladigan qand-shakar zavodlarida, qand-lavlagi xomashyosidan shakar olish texnologiyasi tanlandi. 1995 yil Turkiya firmalari bilan hamkorlikda Xorazm viloyatida Xozarasp tumanida qand-shakar zavodi qurib bitkazilib, sutkasiga 3000 t qand lavlagi qayta ishlanadi.
Bundan tashqari qand lavlagini qayta ishlovchi zavodlar qurish uchun Fransiya, Xitoy va Misr firmalari bilan shartnomalar imzolangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |