Qurilish materiallari sanoati.
O’zbekistonda ko’p tarmoqli qurilish materiallari sanoatiga ega. Sement, azbest-sement, devorbop materiallar, yumshoq yopg’ich va gidroizolyatsiya materiallari, tabiiy sharoitlardan qoplama materiallari, noruda qurilish materiallari, qurilish keramikasi, issiqlik izolyatsiyasi materiallari, ohak, gips, bog’lovchi materiallar va ulardan buyumlar, sanitariya-gigiena jihozlari, polimer xom-ashyodan qurilish materiallari va buyumlar temir-beton konstruktsiyalari va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari bor. Jami 100 dan ortiq nomdagi asosiy mahsulot turlari tayyorlanadi. O’zbekistonda 1997 yilda 3.3 mln tonna tsement shifyerlari, 5.2 mln kv metr deraza oynalari, 1 mln kv metr linolium ishlab chiqarildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |